Mexanikaning fizik asoslari

Mexanikaning fizik asoslari

O'quvchilarga / Fizika
Mexanikaning fizik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Mexanikaning fizik asoslari Reja: 1.Mexanik harakat va uning nisbiyligi. Sanoq sistemasi. Moddiy nuqta. 2.Tezlik. Tezlanish. 3.Inertsial sanoq sistemalari. N'yuton qonunlari. 4.Impul'sning saqlanish qonuni. Reaktiv harakat. 5.Mexanik ish. Quvvat. 6.Energiya. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni. 1.Mexanik harakat va uning nisbiyligi. Sanoq sistemasi. Moddiy nuqta. Mexanik harakatining eng sodda turi mehanik harakatdir. Jismlarning yoki jism qismlarining fazoda bir-biriga nisbatan vaqt o'tishi bilan siljishi mehanik harakat deb ataladi. Mexanik harakatda bir jismning vaziyati boshqa jismlarga nisbatan o'zgaradi. Masalan, parohod qirgoqqa nisbatan, poezd temir yo'l iziga nisbatan, tramvay, trolleybus, avtobuslar darahtlarga nisbatan harakat qiladi va hakozo. Ammo qirgoq, temir yo'l rel'si va darahtlarning o'zi ham yer bilan birga harakatlanib turadi. Tabiatda multaqo harakatsiz jism yo'q. Tabiatdagi hamma jismlar harakatda bo'lganligidan har qanday tinchlik nisbiydir. Har qanday tinchlik nisbiy bo'lgani kabi, har qanday harakat ham nisbiydir. Fizikaning jismlar mehanik harakatini va nisbiy tinchlik sharoitlarini o'rganadigan bo'limi mehanika deyiladi. Mexanika uch qismga bo'linadi: kinematika, dinamika va statika. Mexanikaning mehanik harakatni uni yuzaga keltirgan sabablarga bog'liq bo'lmagan holda o'rganadigan bo'limiga kinematika deyiladi. Mexanikaning jismlarning harakat qonunlarini harakatlanayotgan jism massalariga va ta'sir etuvchi kuchlarga bog'liq holda o'rganadigan bo'limiga dinamika deyiladi. Mexanikada jismni mehanik harakatga keltira oladigan kuchlar mavjud bo'lganda ham kuzatilayotgan jism o'zining nisbiy tinch yoki muvozanat holatini saqlaydigan hodisalar ham o'rganiladi. Mexanikaning kuch ta'sirida jismlarning muvozanat holatlarini saqlash shartlarini o'rganadigan bo'limiga statika deyiladi. Bir harakatning o'zi turli jismlarga nisbatan qaralsa. Turlicha bo'lib ko'rinishi mumkin. Misol uchun harakatdagi avtobus salonida o'tirgan passajir haqida konduktor passajir harakatsiz o'tiribdi,-deb aytadi. O'tib ketayotgan avtobusni kuzatuvchi esa, passajir mendan uzoqlashib bormoqda,-deydi. Passajir harakatsiz o'tiribdi, deb aytayotgan konduktor passajirning vaziyatini salondagi narsalarga nisbatan qaraydi, kuzatuvchi esa passajirning vaziyatini o'ziga nisbatan yoki yonida turgan jismlarga nisbatan kuzatadi. Ikkala kuzatuvchi passajirning vaziyatini boshqa-boshqa ikki jismga nisbatan kuzatayotgani uchun turlicha hulosaga keladilar. Aslini olganda, ularning ikkalasi ham haqlidir. Shuning uchun jismning harakatini tasvirlashda, ya'ni uning vaziyatining o'zgarishini ko'rsatishda, berilgan jismning harakati qaysi jismga yoki jismlar sistemasiga nisbatan qaralishini tanlab olish kerak. 1-rasm. Mazkur jismning harakati qanday jism yoki jismlar sistemasiga nisbatan qaralayotgan bo'lsa, o'sha jism yoki jismlar sistemasi sanoq boshi sistemasi yoki sanoq sistemasi deb ataladi. yerda jismlarning harakatini tekshirganda sanoq sistemasi qilib odatda yer yoki yerga nisbatan harakatsiz bo'lgan turli jismlar olinadi. Sanoq sistemasi qilib olingan jismga biror koordinatalar sistemasi boglanadi va bunga nisbatan jismlar harakati o'rganiladi. Odatda to'gri burchakli Dekart koordinatalar sistemasi qo'llaniladi. Bu holda jism turgan A nuqtaning vaqtning istalgan paytidagi vaziyati biror shartlashib olingan masshtabda OH o'q bo'yicha o'lchangan x, OY o'q ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 139.17 KB
Ko'rishlar soni 289 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:48 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 139.17 KB
Ko'rishlar soni 289 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga