Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar

Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar

O'quvchilarga / Fizika
Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNI MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi Fizika kursi tinglovchisi ABDIGAPPAROVA KAMOLANING Mutaxassislik fanlari blokidan tayyorlangan Mustaqil ishi Mavzu:Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar. Darsning maqsadlari: Ta'limiy maqsadi: Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar va ularning tuzilishi mavzusi yuzasidan kerakli malaka va ko'nikma hosil qilish, oddiy mexanzmlarning kundalik hayotda va amaliyotda qo'llanilishi haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsad : O'quvchilarga fanga va vatanga bo'lgan xurmat va mehrni tarbiyalash,fizika fanihissa qo'shgan olimlar haqida tushuncha berish. Ularda estetik va ekalogik tarbiyani o'stirish Rivojlantiruvchi maqsad: Fanlararo bo'g'lanishni rivojlantirish. Mavzudan olgan bilimlarni hayotda qo'llashni o'stirish va rivojlantirish. Tayanchkompetensiya:Fizikadagi qonun qoidalarni tushunadi va tushuntirib bera oladi. Fanga oid kompetensiya: Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar oid ma'lumotlarni tushunadi, mavzuga doir masalalarni yecha oladi. Dars turi: Ma'ruza , savol-javob Dars metodi: Noan'anaviy va rivojlantiruvchi, interfaol Darsning jihozlari: Darslik,ko'char va ko'chmas blok va oddiy mexanizmlarning rasmlari, ko'rgazmali va didaktik materiallar, kompyuter, proyektor, mavzuga doir slayd va boshqa adabiyotlar Darsning blok-chizmasi . Darsning borishi: 1.tashkiliy qism va o'quvchilarni faollashtirish 1. Salomlashish. 2. Siyosiy daqiqani o'tkazish. 3. O'tilgan mavzuni takrorlash. 4. Davomotni aniqlash. 5. Uy vazifalarini tekshirib olish. 6. O'quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirib olish. 2.Yangi mavzu bayoni: 6-sinfda Siz oddiy mexanizmlardan richag, qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas bloklar, chig'iriq va lebyodka bilan tanishgansiz. Ularning ishlashiga e'tibor berilsa, barchasida aylanish o'qlari mavjud bo'ladi.Bunday jismlarning muvozanatda bo'lishi uchun ularga ta'sir etayotgan kuchlarning vektor yig'indisi nolga teng bo'lishi yetarli emasligi ham aytilgan edi. Bunda kuch qo'yilgan nuqtaning, aylanish o'qidan qanday uzoqlikda bo'lishiga ham bog'liq bo'ladi. Kuch qo'yilgan nuqtadan, aylanish o'qigacha bo'lgan eng qisqa masofaga kuch yelkasi deb ataladi. Bunda, kuch va yelka har doim o'zaro perpendikulyar bo'ladi. Kuch momenti birligi [M] = 1 N · m.Jism kuch momenti ta'sirida aylanish o'qi atrofi da buriladi. Bunda jismga ta'sir etayotgan kuch momenti, juft kuch ta'siriga o'xshash4.6-rasm. bo'ladi. Juft kuch deyilganda, yo'nalishi qarama-qarshi, kattaliklari teng, lekin bir o'qda yotmaydigan kuchlar tushuniladi. Bunga misol tariqasida avtomobil rulining burilishini keltirish mumkin (4.6-rasm). Aylanish o'qi rulning o'rtasida bo'lib, unga juft F1 kuchlar ta'sir etadi. Natijaviy kuch momenti rulni bir tomonga burovchi momentlarni o'zaro qo'shib topiladi: . Agar aylanish o'qiga ega bo'lgan jismga bir nechta kuchlar ta'sir etayotgan bo'lsa, bu kuchlarning momentlarini o'zaro qo'shish orqali natijaviy moment topiladi. Bunda jismni soat strelkasi yo'nalishida aylantiruvchi kuch momentlarini musbat ishorada, soat strelkasi yo'nalishiga qarama-qarshi yo'nalishda aylantiruvchi kuch momentlarini manfi y ishorada olinadi. 4.7-rasm. 4.7-rasmda masshtabli chizg'ichning O nuqtasidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 847.66 KB
Ko'rishlar soni 317 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 847.66 KB
Ko'rishlar soni 317 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga