Murakkab qarshilik Reja. 1. Qiyshiq egilish 2. Fazoviy egilish 3. Markaziy bo'lmagan cho'zilish yoki siqilish. 4. Egilish bilan buralishning birgalikdagi ta'siri. Oddiy cho'zilish yoki siqilish, siljish, buralish va tekis egilish deformatsiyalari deformatsiyaning sodda hollari bo'lib, tashqi kuchlar shunday ta'sir etadiki, fakat cho'zilish yoki siqilish yoki buralish yoki egilish yoki siljish deformatsiyalari hosil bo'ladi. Ammo, amalda bundan murakkab hollar ko'p uchraydi, masalan sterjenning ko'ndalang kesimlarida bir necha zo'riqish kuchlari birdaniga hosil bo'lishi mumkin. Bunday sterjenlarni mustahkamligini hisoblashda barcha zo'riqish kuchi faktorlaridan hosil bo'lgan kuchlanishlar hisoblanib, mustahkamlik nazariyalarini o'rinlicha tadbiq etish kerak bo'ladi. Bir necha vaqtda bir necha zo'riqishlarga qarshilik ko'rsatuvchi sterjenlar murakkab qarshilik holatida bo'lib, bu holdagi deformatsiya murakkab deformatsiya deyiladi. Murakkab deformatsiya jumlasiga qiyshiq egilish, egilish bilan cho'zilish, egilish bilan buralishning birgalikdagi ta'siri, markaziy bo'lmagan cho'zilish yoki siqilish va boshqalar kiradi. Murakkab deformatsiya holatida kuchlarning mustaqillik prinsipi qo'llanilib, har qaysi alohida deformatsiyaga ko'ra kuchlanishlar hisoblanib, to'la yoki ekvivalent kuchlanishlar hisoblanadi va mustahkamlikka tekshiriladi. Qiyshiq egilish Bir uchi qistirilib mahkamlangan brus birorta ham bosh tekisliklarda (simmetriya tekisligida) yotmaydigan juft kuchlar ta'sirida bo'lsin (29-chizma). Juft kuch ta'sirida ko'ndalang kesimlarda fakat eguvchi momentlar hosil bo'lib, egilish bir tekislikda bo'lmagani uchun bunday egilish qiyshiq egilish deyiladi. M - momentni u,z -o'klarga proetsiyalab Mz,My - eguvchi momentlar hisoblanadi. 29-shakl (93) Bunda - M juft kuch tekisligi bilan u o'qi orasidagi burchak. Har qaysi eguvchi momentlar ta'sirida normal ta'siridan normal kuchlanishlar hisoblab, to'la normal kuchlanish hisoblanadi. . (94) Jy, Jz- o'qlarga nisbatan inertsiya momentlari. Bu normal kuchlanishlar bir vaqtda cho'zuvchi yoki bir vaqtda siquvchi bo'lganda (bir xil ishorali) to'la kuchlanish eng katta qiymatga erishadi. Mustahkamlik sharti esa qo'yidagicha bo'ladi. (95) to'la kuchlanish neytral qatlamda nolga tenglik shartidan neytral chiziqning tenglamasi olinadi. (96) Neytral chiziq hamma vaqt ham kuch tekisligiga perpendikulyar bo'lmaydi. FAZOVIY EGILISh Brusga M juft kuch o'rniga ixtiyoriy F kuch ta'sir etsin. F kuch x o'qiga perpendikulyar bo'lib, z o'qi bilan a burchak tashkil etsa, ko'ndalang kesimlarda Mz, My eguvchi momentlardan tashqari, Qz, Qy ko'ndalang kuchlar ham hosil bo'ladi ( 30-chizma). Bu kuchlar ta'siridan hosil bo'ladigan urinma kuchlanishlar Juravskiy formulasidan hisoblanadi. Lekin ko'p hollarda egilishda urinma kuchlanishlardan cheklaniladi. (97) 30-shakl. Bu holda mustahkamlik sharti (95) tengsizlik kabi bo'ladi. Agar F kuch simmetriya markazidan o'tib, x o'ki bilan 900 burchak tashkil etsa ko'ndalang kesimda N normal kuch ham hosil bo'ladi. Bu holda mustahkamlik sharti qo'yidagicha bo'ladi. (98) Nazorat savollari. Qiyshiq egilish deb nimaga aytiladi? Neytral o'qning holati qanday aniqlanadi? Mustahkamlik shartlarini yozing. ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
77.26 KB
Ko'rishlar soni
296 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:53
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
77.26 KB
Ko'rishlar soni
296 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:53 ]
Arxiv ichida: docx