O'tkazgichlarni ketma-ket ulash Darsning maqsad: O'quvchilarga sodda elektr zanjirdan murakkab elektr zanjirlari tuzish, murakkab zanjirlarda iste'molchilar ketma-ket ulanganda kuchi, kuchlanish va umumiy qarshilikni hisoblash formulalarini keltirib chiqarish haqida bilimlar berish. Vazifalari: O'quvchilarga nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasini hosil qilish, mustaqil fizik asboblar bilan ishlashni o'rgatish va fizik qonunlarni o'rgatish orqali fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirish. Darsda kerakli jihozlar: 8-sinf fizika darsligi, tarqatma savollar, elekrt lampochkalar, tok manbayi, kalit, o'tkazgich simlar, ampermetr, rag'bat kartochkalar, rezistor, reostat, kompyuter texnikasi, videoproyektor, ekran Asosiy atamalar va tushunchalar: - elektr toki elektr qarshiligi kuchlanish ketma-ket ulash - ampermetr Dars turi: Aralash Darsda qo'llaniladigan metod: Faol ma'ruza, guruhlar bilan ishlash Darsning borishi I. Darsning tashkil etilishi: (1 minut) salomlashish davomatni aniqlash v) sinf xonasi va o'quvchilarning darsga tayorgarligini tekshirish. II. O'tilgan mavzuni so'rash (3 минут) Darsni guruhlar o'rtasida musobaqa usulida olib borish uchun sinf 2 guruhga bo'linadi. 1- guruh Ampermetr 2- guruhni Voltmetr O'quvchilar har bir bergan to'g'ri javobi uchun rag'bat kartochkalarini olasiz. O'tilgan mavzu bo'yicha quyidagi topshiriqlar beriladi. O'quvchilarga vatman qog'oz va markerlar beriladi, ular sxemalarni chizib, tushuntirib beradilar. guruh uchun topshiriq 1.Reostat haqida nima bilasiz? 2.Reostat qatnashgan elektr zanjir sxemasini chizing va tushuntiring 2-guruh uchun topshiriq. 1.Rezistor qanday tayyorlanadi? 2.Reostatdan potensiometr sifatida foydalanish uchun elektr zanjir sxemasini chizing va tushuntiring. Guruhlar taqdimoti ( 10 minut) Guruhlar javoblariga qarab, ball beriladi. II. Yangi mavzu bayoni ( 10 minut) Elektr zanjiriga turmushda va texnikada bitta emas, balki bir nechta iste'molchilar ulanadi. Masalan: elektr lampochka, radio, magnitafon, televizor, muzlatkich va boshqalar. O'qituvchi tomonidan slayd orqali elektr zanjir sxemasi katta ekranga chiqarib, o'quvchilarga havola etiladi va sxemada nimalar mavjud, bu asboblar iste'molchiga qanday ulangan. Bu haqida nima deysiz? O'quvchlar o'tilagan mavzular asosida javob beradilar.Bu zanjirda ampermetr iste'molchiga ketma-ket ulangan, voltmetr parallel ulangan. Bugungi yangi mavzu: O'tkagichilarni ketma-ket ulash O'tkazgichning oxirini, ikkinchi o'tkazgichning boshiga ulansa, bunday ulashni ketma-ket ulash deyiladi. Misol: Archaga osilgan rangli lampochkalar marjonini olish mumkin. Quyida elektr zanjirini hohlagan o'quvchilar o'qituvchi yordamida yig'adilar. Ampermetrning ko'rsatishini yozib olinadi: J=0,2A 2-holda ampermetrni ikkala lampochka o'rtasiga ulab. ampermet ko'rsatishi yozib olinadi: Endi, ampermetrni ikkala lampochkadan keyin ulanadi va ampermet ko'rsatishi yozib olinadi. Olingan natijalarga qarab qanday xulosaga kelamiz? O'quvchilar fikrlari eshitiladi. Ketme-ket ulashda barcha iste'molchilarda tok kuchi bir xil bo'lar ekan: Quyida elektr zanjirini o'quvchilar o'qituvchi yordamida yig'adilar. O'quvchilardan chizmaga qarab, natijalardan qanday xulosa chiqarish mumkinligi so'raladi. Ketme-ket ulansa: qonuniga ko'ra bo'lgani uchun : Agar zanjirda bir xil qarshilikka ega bo'lgan N ta o'tkazgich ulangan bo'lsa, Ketma ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
126 KB
Ko'rishlar soni
381 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
126 KB
Ko'rishlar soni
381 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:01 ]
Arxiv ichida: docx