Og'irlik kuchi tezlanishini jismning erkin tushishidan aniqlash

Og'irlik kuchi tezlanishini jismning erkin tushishidan aniqlash

O'quvchilarga / Fizika
Og'irlik kuchi tezlanishini jismning erkin tushishidan aniqlash - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI Umumiy fizika kafedrasi Umumiy fizika kursiga doir laboratoriya ishini o'tkazish bo'yicha yo'riqnoma Laboratoriya ishi Og'irlik kuchi tezlanishini jismning erkin tushishidan aniqlash Tuzuvchi - T.D.Jo'rayev - t.f.n.,professor 2010-2011 o'quv yili Og'irlik kuchi tezlanishini jismning erkin tushishidan aniqlash Kerakli asbob va anjomlar: Devorga o'rnatilgan tik uzun shtativ, elektromagnit, elektrosekundomer, rele. Ishning maqsadi: jismlarning erkin tushishi hodisasidan foydalanib yer tortish kuchining tezlanishini aniqlash. ISH TO'G'RISIDA NAZARIY TUSHUNCHA Ushbu laboratoriya ishida og'irlik kuchining tezlanishini jismni ma'lum balandlikdan tushish vaqtiga qarab topiladi. Tajriba boshlanishida po'lat sharcha M elektromagnit yordamida tushishdan saqlab turiladi. Elektr zanjiri tarkibiga kiruvchi K kalitni ulash bilan (9.1-rasm) rele ishga tushadi va M elektromagnitni tokdan ajratib S elektrosekundomerni ishga tushiradi. Elektromagnitdan ajralgan sharcha sharnirli bog'langan P plastinka sirtiga tushib elektrosekundomerni tarmoqdan uzadi va to'xtatadi. Bunday sxema tushish vaqtini kichik bo'lishiga qaramasdan o'lchashga imkon beradi va oddiy sekundomerlardan foydalanganda yo'l qo'yiladigan subyektiv xatolarning oldini oladi. Bu usul o'zining oddiyligi va ko'rgazmaliligi bilan boshqa usullardan farq qiladi, ammo sharchaning tushish vaqtini aniqlashda yuzaga keluvchi xatoliklar tufayli og'irlik kuchi tezlanishini juda yuqori aniqlikda o'lchashga imkon bermaydi. Xatoliklarni ro'y berishini asosiy sabablari sifatida elektrosekundomerning elektr zanjiriga ulanganligi va elektromagnitni zanjirdan uzilishini bir vaqtda ro'y bermasligi, elektrosekundomer yurishining notekisligi hamda sharchaning P plastinkaga tushishi bilan elektrosekundomerni zanjirdan uzilishi vaqtini cho'zilib qolishini ko'rsatish mumkin. P plastinkaning zanjirdan uzilishi unga sharcha kelib urilgan zahotiyoq emas, balki uning markazi bir necha millimetr masofani o'tganidan keyin ro'y beradi. Plastinka sharni tushishiga nisbatan sekin harakatlangani uchun ham uning siljishi uchun biroz vaqt sarflanadi. O'LCHASHLAR VA NATIJALARNI HISOBLASH Qurilmaning konstruksiyasi va uning alohida qismlarining ishlashi bilan tanishing. Oddiy sekundomer yordamida elektrosekundomerni to'g'ri yurayotganligiga amin bo'ling. Elektromagnitni vertikal sterjen bo'ylab siljitish yo'li bilan P plastinkadan biror h balandlikda o'rnating va 5-7 marta sharchani tushish vaqtini aniqlab oling. Olingan natijalar yordamida og'irlik kuchi tezlanishini quyidagi ifodalar yordamida aniqlang: Olingan natijalarni jadvalda g uchun berilgan ma'lumotlarga 5-10% dan oshmagan xatolik bilan mos kelishiga ishonch hosil qiling (agar xatolik katta bo'lsa asosiy o'lchashlarga o'tishdan oldin uning sabablarini aniqlab, qurilmadagi kamchiliklarni o'qiituvchi bilan birgalikda oldini oling.) 3. h balandlikni 6-8 marta o'zgartirib sharchaning tushish vaqtini o'lchang (har bir balandlik uchun tajribani bir necha marta takrorlang) va har gal g ning miqdorini 2 punktdagi usul bilan aniqlang. Tajriba natijalarini (, t ) grafigida tasvirlang. Grafikda nuqtalar bir to'g'ri chiziqda yotganligiga ishonch hosil qiling. Olingan to'g'ri chiziq yordamida og'irlik kuchi tezlanishi g ni aniqlang. Vaqtni aniqlashdagi xatolikning doimiy miqdorini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.81 KB
Ko'rishlar soni 293 marta
Ko'chirishlar soni 46 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:59 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.81 KB
Ko'rishlar soni 293 marta
Ko'chirishlar soni 46 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga