Optika asoslari Reja: 1.yorug'likning qaytish qonuni. Ko'zgu. 2.yorug'likning sinish qonunlari. Sindirish ko'rsatkichi. To'la qaytish. 3.Mikroskop. Optika fizikaning muhim keismlaridan biri bo'lib, u yorug'lik hodisalarini, ularning husiyatlarini, yorug'likning muhim bilan o'zaro ta'sirini hamda yorug'lik boshqa tabiatiga bog'liq bo'lgan qonuniyatlarini o'rgatadi. Predmetlardan yoro'g'liq qaytib quzimizga tushgandagina biz ularni ko'ramiz. Bazi jismlar o'zidan yoro'g'liq sochganligi uchun yoro'g'liq manbalaridan iborat bo'lib, ular to'gridan-to'gri ko'rinadi. yorug'lik manbalari deb, molekulalari va atomlari ko'rinadigan nurlanish hosil qiladigan barcha jismlarga aytiladi. yorug'lik manbalari ikki gruppaga: tabiiy va sun'iy manbalarga bo'linadi. Tabiiy yorug'lik manbalariga Quyoshni, yulduzlarni va ba'zi nurlanuvchi tirik organizmlar (baliqlar, hasharotlar, ayrim mikroblar) ni misol qilib ko'rsatish mumkin. Tabiiy yorug'lik manbalaridan Quyosh nuri o'simlik, hayvon va insonlarning hayot manbaidir. yorug'likning sun'iy manbalari jumlasiga qizdirilgan nur chiqaruvchi jismlar, gaz razyardi, lyuminessiyalanuvchi (energiya yutish hisobiga nurlanuvchi) qattiq va suyuq jismlar kiradi. Aniq bir turlik uzunlikka ega bo'lgan yorug'likni, masalan, qizil, sariq, yashil, ko'k, binafsha va shu kabi aniq rangli yorug'liklarni monohromatik yorug'liklar deyiladi. Turli to'lqin uzunlikdagi nurlardan tashkil topgan yorug'likka murakkab yorug'lik deyiladi. Masalan, Quyoshdan kelayotgan yorug'lik asosan etti hil rangli monohromatik yorug'liklardan tarkib topgan. 1.yorug'likning qaytish qonuni. Ko'zgu. Ikki muhit chegarasiga yorug'lik tushganda umumiy holda AV yorug'lik nurining bir VS qismi qaytadi, qolgan VD qismi esa sinib ikkinchi muhitga o'tadi. Bunda tushuvchi AV nur bilan muhit sirtiga tushirilgan perpendikulyar N orasidagi burchak tushish burchagi deyiladi. Shunga o'hshash qaytgan VS nur bilan N orasidagi burchak qaytish burchagi, singan VD nur bilan orasidagi burchak esa sinish burchagi deyiladi. Bordi-yu, ikkinchi muhitning sirti to'la qaytaruvchi (masalan, ko'zgu) bo'lsa, tushgan yorug'likning hammasi qaytadi.yorug'likning qaytishi quyidagi qonunga asosan sodir bo'ladi: Tushuvchi nur, qaytgan nur va ikki muhit chegarasidagi nurning tushish nuqtasidan chiqarilgan perpendikulyar N bir tekislikda yotib, nurning qaytish burchagi tushish burchagi ga teng bo'ladi, yani . Ikki muhit chegarasidagi sirtning hossalariga qarab nurlarning qaytish xarakterlari har xil bo'ladi. Agar ikki muhit chegarasidagi sirtning notekisliklari o'lchamlari yorug'lik to'lqinining uzunligidan kichik bo'lsa, bunday sirtga ko'zgusimon sirt deyiladi. Agar ikki muhit chegarasidagi sirtning notekisliklarining o'lchamlari yorug'lik to'lqin uzunligidan katta bo'lsa, sirtdan qaytgan parallel nurlar dastasi sochilib ihtiyoriy yo'nalishda tarqalib ketadi. Bunday qaytishga sochilib yoki diffuzion qaytish deyiladi. Ko'zgusimon sirtlarga silliq oynaning sirti, yahshilab jilolangan metallar sirti, simob sirtlari misol bo'la oladi. yorug'likni yahshi qaytaruvchi ideal silliq sirtga ko'zgu deiiladi. Agar ko'zgu sirti yassi bo'lsa, unga yassi ko'zgu deyiladi. Parallel nurlar dastasi yassi ko'zgudan qaytgandan keyin yana parallelligicha qolib, o'z tarqalish yo'nalishini o'zgartiradi. yorug'likning qaytish qonuniga binoan ko'zguda tasvir qanday hosil bo'lishini qarab chiqaylik. Har qanday ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.46 KB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.46 KB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:00 ]
Arxiv ichida: docx