Past kuchlanish uskunalari va avtomatlari

Past kuchlanish uskunalari va avtomatlari

O'quvchilarga / Fizika
Past kuchlanish uskunalari va avtomatlari - rasmi

Material tavsifi

Past kuchlanish uskunalari va avtomatlari 600 V gacha bo'lgan elektr tarmoqlarida ishlatiladigan tuzilmalar past kuchlanishli apparatlar va avtomatlar qatoriga kiradi. Rubilniklar. Sodda, qo'l bilan boshqariladigan kommutatsiya apparatlari rubilnik deb ataladi. Rubilniklar bir, ikki va uch polyuslik bo'lishi mumkin. Ularning asosiy elementlari (1.76-rasm) kontaktlar, yoy o'chiruvchi va uzatmadan iborat bo'ladi. Rubilnikning kontakt pichog'i (4) pastki kontaktida (1) sharnir holatda burila oladi. Uni ulaganda prujinali plastinkada (2) qisilib turadi. Rubilniklar markazli yoki yonida qo'l dastasi bo'lgan (3) (izolator jismdan ishlangan) yoki richagli, uzatmali bo'lishi mumkin. Yoyni o'chirish uchun yoy o'chiruvchi kontaktlar (5) va maxsus yoy o'chiruvchi kameralar bo'ladi. Paketli o'chirgichlar. Paketli o'chirgich tuzilmalar kuchlanishi 380 V dan oshmagan va toklari esa 100 A gacha bo'lgan bir necha elektr zanjirlarni boshqa zanjirlarga baravar o'tkazish yoki ulash, o'chirish uchun ishlatiladi (1.77-rasm). Ular bir necha bir qutbli o'chirgichlardan (3) tuziladi. Ular bitta o'qqa (2) joylashtirilgan, birining ustiga biri o'rnatiladi va qo'l dasta bilan boshqariladi (1). Bir yuzada suriluvchi kontaktlar (5) bilan fibrali yoy o'chiruvchi shayba joylashtiriladi, u kontaktlar bilan birga aylanadi. Aylantiruvchi mexanizm dastani burganda suriluvchi kontaktlarni bir muayyan holatdan boshqa holatga o'tkazib qo'zg'almas kontaktlar (4) bilan ulaydi yoki ularni bir-biridan ajratadi. Saqlagich (predoxranitel)lar. Elektr tarmoqlarni qisqa tutashish va iste'molchilarning me'yordan ortib ketishidan himoya qilish uchun saqlagich tuzilmalar ishlatiladi. Saqlagichlarda elektr zanjirni o'chiruvchi bo'lib (plavka vstavka) sim yoki metall plastinka xizmat qiladi. Elektr zanjiridan xavfli katta tok o'tganda saqlagichdagi sim erib ketadi. Zanjirni ulash uchun yangi sim qo'yish kerak bo'ladi. 1.78-rasmda bo'linadigan naychali saqlagichning tuzilishi ko'rsatilgan. Saqlagich karnay (2) fibra bilan buraladigan qopqoqlardan (1), kontaktli pichoqlardan (4) iborat. Karnayning ichida pichoqlarga eruvchi saqlagichlar (3) ulangan. Saqlagich kuyib ketganda, yuqori harorat ta'sirida fibraning ozgina qismi eriydi va korpusning (nayning) ichida bosim 100 atmosferagacha ko'tariladi hamda hosil bo'lgan yoy tez o'chadi. Saqlagichlarning boshqa turlarida saqlagich korpusning ichiga joylashtiriladi, uni kvars qumi bilan to'ldiriladi, bu yoyning tez o'chishiga imkoniyat yaratadi. Odatda saqlagichning ichiga har xil nominal toklarga mo'ljallangan eruvchi simlar yoki temir plastinalarni qo'yish mumkin. Zanjir uzilgandan keyin kuyib ketgan saqlagichlar almashtiriladi. Past kuchlanish saqlagichlarini milliamperdan ming amperlargacha va kuchlanishi 600 V gacha tayyorlanadi. Havoli avtomat o'chirgichlar (avtomatlar) Elektr zanjirlarni ularda qisqa tutashish yoki ishlash qoidalari buzilganda va har xil xavfli hodisalar bo'lganda avtomat ravishda o'chiradi. 1.79-rasmda maksimal tok avtomati tuzilishi sxemasi ko'rsatilgan. Avtomatlarda yoyni o'chirishning samarali sistemalari, ya'ni yoy o'chirish g'altagi va panjarasi bor. Avtomatlarni masofadan, qo'l bilan ulash va o'chirish mumkin. Avtomatdan o'tayotgan ishchi tok I miqdori me'yoridan ortib ketsa, elektromagnit (6) yakorni (5) tortib, qarama-qarshilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 115.82 KB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 115.82 KB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga