Plank formulasi

Plank formulasi

O'quvchilarga / Fizika
Plank formulasi - rasmi

Material tavsifi

Plank formulasi Klassik fizika nazariy tushunchalari asosida absolyut qora jism issiqlik nurlanishining to'liq spektrini tushuntirishga bo'lgan urinishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Bunday urinishlardagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda 1900-yilda Maks Plank issiqlik nurlanishi to'liq spektrida energiyaning taqsimlanishini kvant mexanikasi nuqtai nazaridan tushuntirdi. Plank klassik nazariyaga zid bo'lgan o'zining quyidagi gipotezasini ilgari surdi: Absolyut qora jism ossillyatorlari uzluksiz ravishda energiya nurlanmaydi. Nurlanish faqat ossillyatorlar tebranishi amplitudasining o'zgarganida sodir bo'ladi, ya'ni ossillyator yuqori amplitudali tebranishdan kichik amplitudali tebranishga o'tganda nurlanish chiqaradi yoki aksincha, past amplitudali tebranishdan yuqori amplitudali tebranishga o'tganda ossillyator energiya yutadi. Tebranish amplitudasi yuqori holatdan kichik holatga o'tganda ossillyator energiya nurlaydi, amplituda kichik holatdan yuqori holatga o'tganda ossillyator energiya yutadi. Ossillyator istalgan energiya qiymatiga ega bo'la olmaydi, balki faqat diskret energiyalar to'plamiga ega bo'ladi. Ossillyator energiyani alohida-alohida ulushlar (kvantlar) sifatida chiqaradi yoki yutadi. Bu ulushlarning (kvantlarning) har birining energiyasi diskret bo'lib, E=hv (1.17) kattalikka teng. U vaqtda ossillyator nurlanishining energiyasi bu kattalikka karrali bo'lishi kerak, ya'ni ossillyator energiyasi energiyaning diskret to'plamiga teng: En=nhν(n=0,1,2,3,…) (1.18)Bunda ossillyatorning o'rtacha energiyasi Plank o'z gipotezasi asosida absolyut qora jism issiqlik nurlanishining to'liq spektrida energiya taqsimlanishining zichligini ifodalaydigan interpolyasion formulasini taklif qildi: doimiysi bo'lib, h=6,62×10-34J×s. n - ossillyator tebranishining chastotasi. hνkT bo'lganda (yuqori chastotalarda) Vin formulasiga aylanadi. Plank formulasi tajriba natijalari bilan mos keladi, ya'ni Plank formulasidan hosil qilingan nazariy natijalar chiziqlariga mos keladi (1.4-rasm). Plank formulasi absolyut qora jism issiqlik nurlanishining Kovak devorlari materialining atomlari ossillyatorlar deb modellashtirilganligi sababli quyidagi xulosalarga kelish mumkin: atomlarning ichki energiyasi uzluksiz o'zgara olmaydi, balki sakrab o'zgaradi, ya'ni atom faqat diskret energiya qiymatlarigagina ega bo'ladi yoki buni quyidagicha ifodalash mumkin: atom energiyasi kvantlanadi, agar atom holati uning energiyasi bilan xarakterlansa, atom holati diskret deb aytish mumkin. Shunday qilib, Plank gipotezasiga asosan nurlanish jism bilan o'zaro ta'sirlashganda, nurlanish energiyasining jismda yutilishi uzluksiz bo'lmasdan, balki energiyasi hn bo'lgan kvantlar shaklida yutiladi (porsiya-porsiya shaklida) yoki qizigan jismlar issiqlik nurlanishini kvantlar shaklida chiqaradi. Plank tomonidan kiritilgan kvantlar tushunchasi energiyaning diskret porsiyalari bo'lib, har bir porsiya energiyasi E=hn formula bilan aniqlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.03 KB
Ko'rishlar soni 466 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.03 KB
Ko'rishlar soni 466 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga