Alfa-zarralarning sochilish nazariyasi. Rezerford formulasi Rezerford alfa -zarralar sochilishining miqdoriy nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyada alfa -zarraning yadro bilan o'zaro ta'sirlashuvi Kulon qonuni asosida bo'ladi. Alfa-zarra va u bilan ta'sirlashadigan yadro orasidagi o'zaro ta'sir kuchi ular orasidagi 81 masofaning kvadratiga teskari proporsional deb faraz qilinadi. Bu albatta gipoteza, chunki alfa-zarra yadroga 10-12sm masofada yaqinlasha oladi. Bunday masofalar uchun Kulon qonuni tajribada tekshirilmagan. Alfa -zarralarning yadro maydonidagi harakati Rezerford tomonidan klassik mexanika nuqtai nazaridan qaralgan. Sochadigan yadro massasi alfa-zarra massasiga nisbatan shunchalik katta deb faraz qilinadiki, yadroni qo'zg'almas deb qarash mumkin. Lekin haqiqatda yadro harakatsiz emas, shuning uchun alfa-zarra massasini keltirilgan massa bilan almashtirib yadro harakatini hisobga olish mumkin. Rezerfordning ko'rsatishi bo'yicha -zarraning atomda sochilishi uchun atom ichida kichik hajmga (radiusi 10-14m) to'plangan katta massa bilan bog'liq bo'lgan musbat zaryad hosil qilgan kuchli elektr maydoni bo'lishi kerak. Bunday tasavvurlar asosida Rezerford -zarralar sochilishining miqdoriy nazariyasini rivojlantirdi. Rezerford tajribasida qalinligi 10-5-10-4sm bo'lgan metall folgalar ishlatilgan. Bunday holda katta burchaklarda sochilishda alfa-zarralarning yadro bilan ko'p marta to'qnashishlarini hisobga olmaslik mumkin. Ikki va undan ko'p marta to'qnashishda katta burchaklarga sochilish ehtimoliyati juda kichik. Elektronlar massasi kichik bo'lganligi tufayli alfa-zarralarning elektronlarda katta burchaklarda sochilish ehtimoliyati ham juda kichik. U vaqtda alfa-zarralar-ning faqat bitta yadro bilan o'zaro ta'siri hisobga olinadi. Alfa-zarra bitta yadro bilan o'zaro ta'sirlashib, boshqa yadrolardan uzoqdan uchib o'tadi. Alfa-zarralarning atom yadrosida sochilishi 4.4-rasmda tasvirlangan. Shunday qilib, Rezerford 82 nazariyasi faqat bitta yadro elektr maydoni ta'sirida bo'ladigan katta burchakdagi sochilishlar uchun o'rinli bo'ladi. Bunday sochilish Rezerford sochilishi deyiladi. Bu sochilish elastik sochilishhisoblanadi, chunki sochilish natijasida alfa-zarraning kinetik energiyasi o'zgarmaydi. Yuqorida qaralgan masala Quyosh atrofida planetalar harakati to'g'risidagi Kepler masalasiga o'xshaydi. Har ikki masalada ham jismlarning o'zaro ta'sir kuchi markaziy bo'lib, ta'sirlashuvchi jismlar orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional ravishda o'zgaradi. Planetalar holida qaralsa, bu kuch tortishish kuchidir, zarralar holida esa bu kuch itarishish kuchidir. Bunday hol planetalar ellips va giperbola bo'yicha, alfa-zarralar esa faqat giperbola bo'yicha harakat qilishida ko'rinadi. Rezerford -zarralar sochilishini quyidagi sxema orqali tushuntirdi: 0 nuqtaga sochadigan yadro joylashtirilgan bo'lsin. Yadro zaryadi +Ze va -zarra zaryadi +2e ga teng. Yadroning massasi -zarra massasiga nisbatan shunchalik kattaki, yadroni qo'zg'almas deb qaraladi. Lekin haqiqatda yadro harakatsiz emas, shuning uchun -zarra massasini keltirilgan massa bilan almashtirib yadro harakatini hisobga olish mumkin. Yadroga tomon uchib kelayotgan -zarra va yadro orasidagi o'zaro itarishish kuchi Kulon qonuniga bo'ysunadi deb faraz qilinadi. Bu kuch -zarra va yadro orasidagi masofa kvadratiga teskari proporsional. Klassik mexanika ko'rsatadiki, -zarra 0 nuqtadagi yadroga nisbatan ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41 KB
Ko'rishlar soni
340 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41 KB
Ko'rishlar soni
340 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:09 ]
Arxiv ichida: docx