Segnetoelektriklar

Segnetoelektriklar

O'quvchilarga / Fizika
Segnetoelektriklar - rasmi

Material tavsifi

Segnetoelektriklar Dielektriklarning shunday alohida turlari borki, ular tashqi elektr maydoni bo'lmaganda ham, o'z - o'zidan to'yunish darajasigacha qutblangan elementar hajm (domenlar)ga bo'lingan bo'ladi (4.3-rasm). Domenlar dipol momenti vektori tartibsiz yo'nalganligi sababli, segnetoelektrik jism dipol momentining algebraik yig'indisi nolga teng bo'ladi. Elektr maydoniga kiritilgan segnetoelektriklar qator xossalari bilan dielektriklardan farq qiladi: 1) Normal sharoitda segnetoelektriklarning dielektrik singdiruvchanligi dielektriknikidan 104-marta katta bo'ladi; 2) Segnetoelektriklarning dielektrik singdiruvchanligi ularning nafaqat kimyoviy tabiati, balki temperaturasi hamda qutblanish darajasiga ham bog'liq bo'ladi; 3) Segnetoelektriklar gisterezis xossasiga egadir. 4.3-rasm Dastlab segnetoelektriklar tashqi elektr maydonida P1-to'yinish darajasigacha qutblanadi. Tashqi maydon kuchlanishi (E) kamayishi bilan qutblanish P sekin-asta kamayib, E=0 da P0-qoldiq qutblanishni vujudga keltiradi (4.4-rasm). 4.4-rasm Qoldiq qutblanishni yo'qotish uchun jismga teskari yo'nalishda kuchlanish berilishi lozim. Qoldiq qutblanish nolga teng bo'lganda segnetoelektrikka qo'yilgan teskari kuchlanishning qiymati konservativ kuch deb yuritiladi. 4) Elektr maydonining gisterezis sirtmog'i bo'yicha davriy o'zgarishida energiyaning yutilishi kuzatiladi. (Bu yo'qotilgan energiya segnetoelektrikni qizdirish uchun sarflanadi). 5) Har bir segnetoelektrik uchun o'ziga xos temperatura Tk-mavjud bo'lib, u Kyuri nuqtasi deb yuritiladi. TK-dan yuqori temperaturada segnetoelektriklar o'z xususiyatlarini yo'qotib, qutbli dielektriklar kabi bo'lib qoladi. Quyida ba'zi segnetoelektriklarning Kyuri-temperaturasi ko'rsatilgan: 4.1-jadval ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 83.55 KB
Ko'rishlar soni 406 marta
Ko'chirishlar soni 80 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 83.55 KB
Ko'rishlar soni 406 marta
Ko'chirishlar soni 80 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga