Sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash. Ishning maqsadi: tabiatdagi ishqalanish turlarini o'rganish, sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini tajribada aniqlash. Kerakli asbob va qurilma: qiya tekislik, sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti tekshiradigan jism (yog'och, metal, rezina), chizg'ich. Nazariy qism. Mexanik jarayonlarda doimo mexanik harakatning materiya harakatining boshqa ko'rinishlariga ozmi-ko'pmi aylanishlari ro'y beradi, ayniqsa., harakatning issiqlik ko'rinishiga aylanishi ko'proq sodir bo'ladi .Bunday hollarda jismlar yoki jism qismlari orasidagi ta'sirlar ishqalanish kuchlari deb nomlanadi . Sirtlari tegib turgan ikkita jism bir-biriga nisbatan ko'chgan vaqtda yuzaga keladigan ishqalanish kuchlari tashqi ishqalanish kuchlari deyiladi .Bitta yaxlit jismning (M: gazning yoki suyuqlikning ) qismlari orasidagi o'zaro ishqalaninsh kuchi ichki ishqalanish kuchi deyiladi. Tashqi ishqalanish ikki ko'rinishga ajratiladi : kinematik ishqalanish - bir-biriga nisbatan harakatda bo'lgan jismlar orasida yuzaga keladi , stastik ishqalanish - o'zaro tinch turgan jismlar orasida kuzatiladi . Shuningdek, bunday ishqalanishlar tinch holatdagi ishqalanish , sirpanish ishqalanish va dumalash ishqalanish ko'rinishida mavjud bo'ladi . Jism nisbiy tinchlikda turganda ishqalanish kuchi uni bir joyda ushlab turadi .Bu kuch jismning joyidan qo'zg'lishiga to'sqinlik qiladi va uni tinchlikdagi ishqalanish kuchi deb ataladi.Bunday ishqalanish kuchining kattaligi va yo'nalishi jismning sirpanishini yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan tashqi kuchning kattaligi va yo'nalishi bilan aniqlanadi. Tinchlikdagi ishqalanish kuchi turli kattalikka ega bo'lishi va bir-biriga tegib turuvchi sirtlarda turli yonalishlarni olishi mumkin , biroq kattaligi bo'yicha tinchlikdagi maksimal ishqalanish kuchi deb ataladigan kuchdan katta bo'la olmaydi . Tashqi kuch tinchlikdagi maksimal ishqalanish kuchidan katta bo'lmaguncha jismning sirpanishi yuzaga kelmaydi . G. Amonton va Sh. Kulon stastik ishqalanishga oid tajribalari natijasida quyidagi xulosalarga olib keldi: 1. Tichlikdagi maksimal ishqalanish kuchi jismlarning ishqalanuvchi sirtlarning kattaligiga bog'liq emas. 2. Maksimal ishqalanish kuchi ishqlaniyotgan sirtlarni bir-biriga siqib turuvchi normal bosim kuchiga mutanosib bo'ladi , ya'ni ; (1) k- statik ishqlanish koeffitsiyenti ( yoki tinchlikdagi ishqalanish koeffitsiyenti) deyilib, jismning kimyoviy tabiatiga, holatiga bog'liq bo'ladi va uning son qiymati nol bilan bir orasida yotadi . ; Sirpanish - ishqalanish koeffitsiyenti Amonton - Kulon qonuni yordamida quyidagicha aniqlaymiz. Qiya tekislikda jism harakatini o'rgansak, (1-rasm ) bunda jismga rasmda ko'rsatilgan kuchlar ta'sir etadi .Bu yerda Fn va Ft lar og'irlik kuchining normal va tangentsional tashkil etuvchilari bo'lib, qiyidagi formulalar bilan topiladi : , (3) α - tekislikning gorizontga qiyalik burchagi bo'lib , uning kichik qiymatlarida jismni harakatlantiruvchi kuch tinchlikdagi maksimal ishqalanish kuchidan kichik bo'ladi va jism qiya tekislik sirtida tinch holatda bo'ladi . α burchak orttib borilsa, Ft kuch ham ortib boradi va biror α 0 bur chakda (4) munosabatdan foydalanib, tinchlikdagi ishqalanish kooffitsienti α 0 bilan ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.71 KB
Ko'rishlar soni
228 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.71 KB
Ko'rishlar soni
228 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:11 ]
Arxiv ichida: docx