Sistema parametrlari. Tekshirilayotgan jism nixoyat ko'p mikrozarralar (atom va molekulalar) yig'indisidan tashkil topgan. Binobarin, molekulyar fizikadan jism mikrozarralar sistemasi yoki oddiygina sistema deb ataladi. Sistema xossalarini tekshirish uchun tajribalarda bevosita ulchanadigan kattaliklardan foydalanish lozim. Sistema holatini ifodalaydigan bu kattaliklarni sistema parametrlari deb ataladi. 1. Xajm. qattiq va suyuk holatlarda moddani tashkil etgan molekulalarning tortishishi anchagina kuchli bo'lganligi sababli jismlar uzlarining xajmini, qattiq jismlar esa o'z shaklini saklaydi. Gazsimon holatdagi modda molekulalari orasidagi o'zaro tortishish kuchlari ancha zaif. Shuning uchun gazsimon holatdagi jism (sistema) o'zi solingan idish xajmini butunlay egallaydi. Sistema xajmi deganda idishning xajmini tushunishimiz lozim. SI da xajm metr kub (m3) larda ulchanadi. Xajmning SI birliklari bilan baravar foydalaniladigan litr deb ataluvchi sistemadan tashqari birligi xam mavjud: Xajmning ulchamligi - L3. 2. Temperatura. SI da temperaturalarning absolyut termodinamik shkalasi (Kelvin shkalasi) dan foydalaniladi: Suvning uchlanma nuqtasini (uchlanma nuqta deganda ayni bir moddaning qattiq, suyuk va gazsimon fazalari o'zaro muvozanatda buladigan temperatura tushuniladi) xarakterlovchi termodinamik temperaturaning 1273,16 ulushi 1 kelvin (K) deb kabul qilingan. SI da shved fizigining nomi bilan ataladigan Tselsiy shkalasi xam kullaniladi: normal bosim ostidagi muzning erish temperaturasi va normal bosim ostidagi suvning kaynash temperaturasining farqi 100 teng kismga bulingan va unga (yani shkalaning 0,01 kismiga) Tselsiy gradusi (°S) deb nom berilgan. Tselsiy gradusi miqdoriy jihatdan kelvinga teng. Suv uchlanma nuqtasining temperaturasini 273,15 K ga teng deb olindi va uni absolyut shkalaning etalon nuqtasi sifatida kabul kilindi. Mazkur shkalada muzning erish va suvning kaynash normal nuqtalari mos ravishda 273,15 K va 373,15 K ga teng. Demak, bunda sistemaning Kelvin shkalasi bo'yicha ulchangan temperaturasi T xarfi bilan, Tselsiy shkalasi bo'yicha ulchangan temperaturasi esa t xarfi bilan belgilanadi. 3. Bosim - yuz birligiga normal ravishda ta'sir etuvchi kuch bilan xarakterlanuvchi kattalik. Bosimning SI dagi o'lchov birligi - paskal (Pa) va uning boshqa birliklar bilan munosabati haqidagi ma'lumotlar. 4. SI da modda miqdorini o'lchash uchun asosiy birlik sifatida mol kabul qilingan: 1 mol - uglerod-12 ning massasidagi atomlar soniga teng strukturaviy element (masalan, atom, molekula, ion, ) lardan tashkil topgan moddaning miqdoridir. 1 mol moddadagi molekulalar miqdorini Avogardo soni deb ataladi va, odatda, Na deb belgilanadi. Tajribalar asosida ekanligi aniqlangan. Biror jismda mujassamlashgan modda miqdori necha mol ekanligini aniqlash uchun mazkur jismdagi molekulalar soni (N) ni Avogadro soniga nisbatini topish kerak: Agar bir dona molekulaning kilogrammlarda ifodalangan massasi mM kg bulsa, bir mol gazning massasi (molyar massa) bo'ladi. Molekulalar massasi 10-27 - 10- chamasida. Shuning uchun, odatda, atom va ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.66 KB
Ko'rishlar soni
427 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.66 KB
Ko'rishlar soni
427 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:11 ]
Arxiv ichida: docx