Yer va uning tuzilishi

Yer va uning tuzilishi

O'quvchilarga / Fizika
Yer va uning tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Yer va uning tuzilishi Yerning shakli va о'lchamlari tо'g'risida hozirgi davrdagi ilmiy tasavvurlar birdaniga paydo bо'lgan emas. Qadimgi hindlar yerni fil ustida joylashgan tekislik kо'rinishida tasavvur qilganlar. Yunonlar esa yerni dengiz bilan о'ralgan dumalok baland tog'lik kо'rinishida tasavvur qilishgan va bu tog'likni qattiq tо'ntarilgan osmonga tiralib turadi deb hisoblaganlar. Yer, shar shakliga ega degan xulosani birinchi bо'lib qadimgi yunon olimi Pifagor (eramizgacha bо'lgan 580-500-yillar) aytib о'tgan. Aristotel esa eramizdan oldingi IV asrda bu xulosani ilmiy asosda isbot qilib berdi. Qadimgi yunon olimi Eratosfen Kirenskiy esa (eramizgacha II- asr) birinchi bо'lib bir muncha aniqlikda yer sharining radiusini aniqladi. XVII-XVII asr (1643-1727) oralig'ida angliyalik olim Isaak Nyuton yerning aniq shar shaklida emas ekanligini isbot qildi. Nyutonning hisoblari bо'yicha yerning о'z о'qi atrofida aylanishi oqibatida, uning ekvatorida rivojlanadigan markazdan qochirma kuchning og'irlik kuchidan kattaligi hisobiga, yer qutbda siqilgan ellipsoid shaklini egallaydi. I.B.Listing (1873 yil) yerning shaklini geoid deb atashni taklif qildi. Geoidning yuzasi Dunyo okeanining mutloq tinch holatdagi yuzasi bilan mos tushadi. Materiklarda esa bu yuza fikran о'tqazilgan kanal, daryo yuzalari bо'ylab tutashtiriladi. Keyinchalik yerning shakli va kattaligi qator olimlar tomonidan aniqlandi. Ayniksa ishonarli ma'lumotlar F.N.Krasovskiy va A.A.Izotovlar tomonidan olingan. Ularning hisobiga kura yer shakli uch о'qli ellipsoid aylanasiga Yaqin va uning kichik (qutbiy) о'qi aylanish о'qi hisoblanadi. Yerning ekvatorial radiusi 6378,2 kmqutbiy radiusi esa 6356,9 km. Yerning yuzasi 510 100 934 km2 ga teng. Kо'rsatib о'tilgan ma'lumotlarga kо'ra Yer planetasining shakli geoid va uch о'qli ellipsoid aylanasiga ega emasligi, uning asl shaklini aniqlash olimlar oldidagi muammo ekanligini kо'rsatadi. Kishilarning amaliy faoliyati uchun yer sharining tuzilishi 1400 metr chuqurlikgacha о'rganilgan. Hozirgi vaqtda tog' qazilmalari (shaxtalar) ning chuqurligi 3,5-4,0 kilometrni tashkil qiladi (Xindiston va Janubiy Afrika konlari). Dunyodagi eng chuqur bо'rg' quduqlari Kola yarim oroli (Murminskiy obl.) da joylashgan va uning chuqurligi 12,262 km, Alshaxin (Katar) neft konida quduq chuqurligi 12,29 km va Odobtumore (Rossiya) konida quduq chuqurligi 12,345 km ni tashkil qilgan. Ayrim yakka bо'rg'ulash quduqlarining chuqurligi 8,0-9,5 kilometrga yetgan. Quduqlarning о'rtacha chuqurligi 4-5 kilometrdan oshmaydi, yoki yer radiusidan 100 marotaba kichikdir. Yerning qolgan (katta) chuqurliklardagi tuzilishi va tarkibi esa bilvosita usullar-seysmologik, gravimetrik astronomik, geodezik va geofizik usullar yordamida о'rganilgan. Geofizik ma'lumotlarga kо'ra Yer shari bir necha konsentrik qobiqlarga bо'linadi. Yer pо'stini bevosita о'rganilishi mumkin bо'lgan tо'rt tashqi geosferaga bо'lish mumkin (atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosferalar) hamda seysmik tо'lqinlar tarqalish tezligining keskin о'zgarishiga qarabqator ichki sferalarga bо'linadi. Litosfera qalinligi va tarkibi jihatidan turli-tuman bо'lgan Yerning ichki sferasidir. Yer pо'sti pastdan mantiya bilan yuqoridan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati docx
Fayl hajmi 242.79 KB
Ko'rishlar soni 0 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:29 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati docx
Fayl hajmi 242.79 KB
Ko'rishlar soni 0 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga