Neft va gaz hosil bо'lish nazariyalari

Neft va gaz hosil bо'lish nazariyalari

O'quvchilarga / Fizika
Neft va gaz hosil bо'lish nazariyalari - rasmi

Material tavsifi

3.Neft va gaz hosil bо'lish nazariyalari 3.1 Neft va gaz hosil bо'lishdagi organik gipoteza Har bir foydali qazilmaning hosil bо'lishini mavjud fakt va tajribalarga asoslangan holda tо'g'ri talkin qilish katta nazariy va amaliy ahamiyatga molik ishlardandir, zero shuning natijasidagina mahsulotning kelib chiqish omillari chuqur о'rganilib, hamda uning manbalarini qidirib topish va ishga tushirish muammolari tug'ri hal kilinadi. Tog' jinslari bag'rida yashiringan tabiiy boyliklarni, jumladan neft va gazni axtarish, ularning zahiralarini chamalash va hisoblash va shunga qarab ularni qazibchiqarish va halq hо'jaligiga xizmat qildirish birinchi darajali ahamiyatga molik masalalardan bо'lib, shu masalani tо'g'ri hal qilishiga uning paydo bо'lish masalalarini ayniksa izchillik bilan о'rganishni talab qiladi. Mashhur olim I.M.Gubkin bu masalaga juda katta ahamiyat berib, Neft xaqidagi bilim asarida qо'yidagicha yozadi. Neftning kelib chiqishiga karatilgan nazariy masalaning ahamiyati shundaki, masalani tо'g'ri hal qilish va yer bag'rida kechadigan jarayonlarni tо'g'ri tushunishga olib keladi va neft uyumlari hosil bо'lish jarayoni urganiladi. Bu holat bizning tabiatni dialektik nuktai nazardan tо'g'ri tushunimiz, tabiatdagi kechadigan jarayonlarni tо'g'ri talkin qilishimiz, undagi uzluksiz jarayonlarni tafakkur qilishimiz va hatto fantastik fikrlarni inkor qilishimiz mumkin. Neft, gaz va kondensatni tabiatda hosil bо'lishini tо'g'ri aniqlash biz uchun nafaqat nazariy ahamiyati bor balki, uning juda katta amaliy ahamiyati ham mavjuddir. Biz bu masalani tо'g'ri hal kilsak yer bag'rida kechadigan jarayonlar xaqida tо'g'ri tasavvurga ega bо'lamiz va uning uyumlari, tuzilma shakllari bilan hamda litologik hususiyatlari bilan tanisha olamiz va natijada qayerdan, qandayjoylardan neftni izlash mumkin degan savolga javob topamiz, uni qidirishni maqsadga muvofik usullarini tavsiya kilamiz. Darhaqiqat neft va gazning yer bag'rida yotish jarayonlarini tо'g'ri tushunganimizda hamda aniq tasavvur qilganimizdagina uni qidirish ishlarini va nihoyat uni qazib olish ishlarini tо'g'ri tashkil kilamiz. Bu masalani juda keng qо'lamga ega ekanligini hamda juda serqirra va chuqur muammo ekanligini tafakkur qilgan neftchi olimlar unga, uni о'rganishiga katta ahamiyat berganlar va bu borada butun dunyo miqyosida kо'plab tadqiqotlar qilingan va kilinmokda. Albatta bu masalani hal qilish juda ham murakkab va turli yechimlarni о'z ichiga olgan muammolar majmuasidan iboratdir. Birinchi bо'lib bu masalani ilmiy asosda о'rganishga uringan olim M.V.Lomonosovdir. О'sha davrda u neft va gazni kо'mir va torflardan hosil bо'lganligi xususida fikrni olga sо'rgan edi. Yer bag'ridagi kо'mir va torf о'sha sharoitda (qatlamda) neft va gazga aylanadi deb faraz qilgan. Shundan sо'ng 1876 yilda buyuk olim D.I.Mendeleyev neft va gazning hosil bо'lishi xususida noorganik gipotezasini о'rtaga tashladi. Bu gipoteza fanda karbit gipotezasi nomini olgan. Olimning fikriga, kо'ra tog' hosil bо'lish jarayonida hosil bо'lgan har xil katta kichik yoriklar orkali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati docx
Fayl hajmi 129.85 KB
Ko'rishlar soni 2 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:54 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati docx
Fayl hajmi 129.85 KB
Ko'rishlar soni 2 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga