1 -modul. NEFT VA GAZGNOLOGIYASINING UMUMIY ASOSLARI 1 - ma'ruza. FANGA KIRISH VA ASOSIY TUSHUNCHALAR 1.1. Neft va gaz konlari geologiyasi fani va uning mazmuni O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng neft va gaz sanoatini rivojlantirish davr taqazosiga aylandi. 1991-2005 yillarda Respublikada neft va gazkondensatini olish 2,8 marta oshdi. «O'zbekneftegaz» xolding konmpaniyasi XXI asrga Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar orasida yoqilg'i energetika resurslarining yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri sifatida qadam qo'yib, hozir yiliga 60 mlrd. kub.m hajmda tabiiy gaz va 7 mln.tonna neft qazib olinishini ta'minlamoqda. Bunday natijaga geologik-razvedka ishlaridagi yutuqlar, loyihalash nazariyasining rivoji, neft-gaz va gazkondensat konlarini ishlatish tajribasining kun sayin ortib borishi natijasida erishilmoqda. Bunda tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash ham katta ahamiyatga ega albatta. SHu nuqtai nazardan qaralganda, neft va gaz resurslarini ko'paytirish faqat ochilgan neft va gaz konlari sonini ko'paytirib borish hisobigagina bo'lmay, balki ishlatilayotgan neft va gaz konlaridan qazib olinishi mumkin bo'lgan mahsulot hajmini oshirish, ya'ni ishlanayotgan konlardagi qatlamlarda neft va gazning nobud bo'lishini keskin kamaytirish hisobiga bo'lishi kerak. 1 chi davri. Uglevodorod (UV) uyumlariga statik hamda tabiiy geologik obyektlar sifatida qaralishi shart. Neft va gaz uyumlariga bunday munosabatda bo'lishdan maqsad uyumning xalq xo'jaligidagi qiymatini asoslab berish va uni ishlab chiqarish loyihalari uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni olishdan iborat. Bunday ma'lumotlar quduq ishlashining texnologik sxemasi yoki loyihasida qatlamlardagi mahsulot zahirasini hisoblash va ularning potentsial mahsuldorligini baholash asosida olinadi. 2 chi davri. UV uyumlariga dinamik holatida deb qarash lozim, chunki ularni ishlatish davrida chiqarish quduqlari tubi tomon neft, gaz va suv harakatlansa, suv haydash quduqlarida esa yuqoridan pastga, ya'ni quduq tubi tomon harakatlanish jarayoni boshlanadi. Bunday holatda obyektni dinamik xususiyatlariga faqat uyumning tabiiy geologik xossalari (ya'ni ishlatish sistemasi)gina emas, balki uning xarakteri ham ta'sir etadi. Bunday parametrlar konni ishlatish usullarini loyihalashtirish jarayonida aniqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, ishga tushirib yuborilgan neft va gaz uyumi ikki komponentdan - geologik (uyumning o'zi) va texnik (uyumni ishlatish uchun loyihalashtirilgan texnik vositalar sistemasi) komponentdan iborat bo'ladi va ular bir-biridan ajratib bo'lmaydigan yaxlit sistemani hosil qiladi. Bunday yaxlitlik geologik-texnik majmua deb ataladi (GTM). 3 chi davri. UV uyumiga xalq xo'jaligi obyekti sifatida qarash lozim, chunki GTMning texnik komponentlarining tavsifi (quduqlar oralig'idagi masofa, quduqlarni joylashtirish, quduq tubidagi bosim va sh.k.) geologik komponentlar xususiyatlari va tavsiflari (uyumning ichki tuzilishi, jinslar va flyuidlarning xossalari va sh.k.) orqali aniqlanadi, ya'ni uyumning ishlatish sistemasining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari geologik sharoitlar bilan chambarchas bog'liqdir. UV uyumini yuqorida qayd qilingan uch nuqtai nazardan tadqiq qilish uchun tegishli ma'lumotlar talab etiladi, binobarin, bunday ma'lumotlarga ega bo'lish uchun ...

Joylangan
26 Mar 2025 | 12:05:55
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
pdf
Fayl hajmi
1.62 MB
Ko'rishlar soni
1 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:54
O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Joylangan
26 Mar 2025 [ 12:05 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
pdf
Fayl hajmi
1.62 MB
Ko'rishlar soni
1 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:54 ]
O'zgarish: pdf fayl yangilangan