Neft, gaz va qatlam suvlarining fizik-kimyoviy xossalari

Neft, gaz va qatlam suvlarining fizik-kimyoviy xossalari

O'quvchilarga / Fizika
Neft, gaz va qatlam suvlarining fizik-kimyoviy xossalari - rasmi

Material tavsifi

II-Ma'ruza. Neft, gaz va qatlam suvlarining fizik-kimyoviy xossalari 2.1.Neft, gaz va suvning tarkibi va xossalari 2.2.Tabiiy gazning asosiy xossalari va tarkibi 2.3.Neftning fraksion tarkibi va undagi qo'shimchalar 2.4.Neftning asosiy xossalari 2.5.Tabiiy gazni qatlam va yer usti sharoitlaridagi tarkibi va fizik xossalari REJA Tayanch iboralar: mexanik gazlar, metanli (parafinli), naftenli va aromatik uglevodorodlar, suyuq holda, qattiq holatda, gaz holatdagi uglevodorodlar, neftning zichligi, yengil, og'ir neft, gazga to'yinganlik, geotermik pag'ona 2.1.Neft, gaz va suvning tarkibi va xossalari Neft va tabiiy gazlarning kimyoviy tarkibi va xossalarini bilish ularning yer osti tog' jinslari qatlamlarida hosil bo'lishini to'g'ri talqin qilish hamda ulardan turli xildagi tayyor va qayta ishlash uchun xom-ashyo mahsulotlarni olish uchun muhim hisoblanadi. Neft sanoati rivojlanishining dastlabki bosqichlarida neftdan olingan kerosin, surkov moylari va boshqa turdagi neft mahsulotlari tarkibi aniq bo'lmagan. Olimlar tomonidan neft tarkibi o'rganilishi natijasida uning asosan uglerod va vodoroddan iborat ekanligi aniqlandi. Shuning uchun neft uglevodorodlar aralashmasi deb qarala boshlangan. Neft va neft mahsulotlarining tavsifnomalarini o'rganish uchun dastlab ularning zichligi va fraksion tarkibi aniq haroratlar oraliqlarida aniqlanilgan. Uning tarkibidagi benzin, kerosin va moylarning miqdori o'rganilgan. Har xil neft konlarida bu fraksiyalarning o'zaro nisbatlari turlicha bo'ladi va fraksiyalar sifati esa ularning amalda qo'llanilishi darajasi bilan belgilanilgan. Neft va uning mahsulotlari tarkibi dastlab Rossiyada (1860-1870 yillarda) keyinchalik esa AQShda (1880 yillardan so'ng) o'rganila boshlangan. Bu sohada ayniiqsa ulug' rus olimi D.I. Mendeleyevning xizmatlari katta bo'lgan. Neft uglerod va vodorodning murakkab birikmalaridan iborat va uning tarkibida taxminan uglerod miqdori 83-86%, vodorod miqdori 12-14%, oltingugurt S, kislorod O va azot N miqdori 1-3%, ba'zi hollarda oltingugurt miqdori 3-5% gacha bo'ladi. Massa bo'yicha uglevodorodlarning umumiy miqdori 97-98% ni tashkil etadi. Neftning tarkibi tabiiy gazning tarkibiga ko'ra juda murakkabdir. Neftda ko'p sonli suyuq va unda erigan holda barcha turdagi qattiq uglevodorodlar mavjud. Neft tarkibi asosan parafin, naften va aromatik uglevodorodlarning aralashmalaridan iborat. Neft va gazning tarkibida bo'lgan barcha uglevodorodlarning molekulalarini tuzilishiga ko'ra uchta asosiy guruhga bo'linadi: 1. Parafinli uglevodorodlar (alkanlar), umumiy formulasi ; 2. Naftenli uglevodorodlar (siklanlar), umumiy formulasi ; 3. Aromatik uglevodorodlar (arenlar), umumiy formulasi . Neftning asosiy qismini yuqorida keltirilgan har uchala guruhdagi uglevodorodlarning murakkab aralashmasi tashkil etadi. Uglevodorodlar molekulalarining tuzilishi ularning kimyoviy tarkibi va fizik xossalarini belgilaydi. Shuningdek, qazib olinayotgan neft va gaz tarkibida turli xildagi mexanik gazlar, metallar va ularning uglevodorodli birikmalari uchraydi. Neft tarkibi ko'plab metanli (parafinli), naftenli va aromatik uglevodorodlardan iborat bo'lganligi uchun ularning agregat holatlari ham turlicha bo'ladi. Metanli uglevodorodlar С5H12 dan C16H34 gacha oddiy haroratlarda suyuq holda bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 170.13 KB
Ko'rishlar soni 13 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:55 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 170.13 KB
Ko'rishlar soni 13 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga