Statik aniqmas masalalar

Statik aniqmas masalalar

O'quvchilarga / Fizika
Statik aniqmas masalalar - rasmi

Material tavsifi

Statik anikmas masalalar. Nazariy mexanikada nomalumlar soni tenglamalar sonidan oshmaydigan statik aniq masalalar o'rganiladi. hayotda esa statik anikmas masalar ham ko'p. Statik aniqmas masalalarda nomalum reaksiyalar (zo'riqishlar) soni muvozanat tenglamalar sonidan ko'p bo'ladi. Masalan: 41-shakl. Bir tekislikda yotuvchi tekis masalalar uchun tenglamalar soni 3 ta bo'lsa, keltirilgan misollarda reaksiya kuchlari soni 5 ta (41-shakl,a), ikki marta statik anikmas. Masalalar faqat reaksiya kuchlari soni bilan emas ichki zo'riqishlar soni bilan ham statik aniqmas bo'ladi (42-shakl, a). Shakldagi ramani fikran vertikal tekislik bilan kessak xar bir gorizontal sterjendagi 3 tadan ichki zo'riqishdan 6 ichki zo'riqish bo'lgani uchun ham masala 6 marta statik aniqmas, (41-shakl,b) da keltirilgan rama ichki zurikishlar hisobiga statik anikmas, jami 8 marta statik aniqmas. Statik aniqmas sistemaga kiritilgan xar bir oddiy sharnir masala statikmaslik darajasini bittaga kamaytiradi. Sharnirlar oddiy yoki murakkab bo'lishi mumkin. Ixtiyoriy ikki elementni tutashtiruvchi sharnir oddiy sharnir deyiladi. Sistemaning m ta elementini tutashtiruvchi murakkab sharnir m-1 ta oddiy sharnirga ekvivalent bo'ladi. Masalan. Agar bir sharnirga 5 ta element o'zaro birikkan bo'lsa, u 4 ta oddiy sharnirga ekvivalent bo'ladi (42-shakl, b). Statik aniqmas sistemani statik aniq sistemaga aylantirish uchun olib tashlash kerak bo'lgan ortiqcha bog'lanishlar (zo'riqishlar) soni sistemaning statik aniqmaslik darajasini belgilaydi. Sistemaning statik aniqmaslik darajasi n qo'yidagicha aniqlanadi n = 3k-sh (130) (130) formulada k- sharnirsiz sistemaning yopiq konturlari soni, sh- sistemadagi oddiy sharnirlar soni. Statik aniqmas sistemadan ortiqcha bog'lanishlar olib tashlanib , asosiy sistema hosil qilinadi. Asosiy sistema statik aniq bo'lishi bilan birga geometrik o'zgarmas bo'lishi shart. Agar sistema holatining (formasining) o'zgarishi , uning elementlari deformatsiyasi hisobiga ro'y bersa sistema geometrik o'zgarmas deyiladi, aks holda sistema geometrik o'zgaruvchan bo'ladi. 42-shakl. Nazorat savollari. Qanday sistemalar statik aniqmas deyladi? Statik aniqmaslik darajasi qanday hisoblanadi? 3. Geometrik o'zgaruvchan va o'zgarmas sistemalarni tushuntiring. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 92.76 KB
Ko'rishlar soni 680 marta
Ko'chirishlar soni 99 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 92.76 KB
Ko'rishlar soni 680 marta
Ko'chirishlar soni 99 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga