Suyuqlik va gazning harakati

Suyuqlik va gazning harakati

O'quvchilarga / Fizika
Suyuqlik va gazning harakati - rasmi

Material tavsifi

Suyuqlik va gazning harakati Reja: 1.Suyuqliklar harakatini xarakterlovchi kattaliklar. 2.Bernulli qonuni. 3.Ichki ishqalanish (yopishqoqlik). 1.Суюқликлар ҳаракатини характерловчи катталиклар. Suyuqlik (yoki gaz) qatlamlarining nisbiy harakatida bu qatlamlar orasida biror katlamlarning harakatini sekinlashtiruvchi va boshqa biror qatlamlarning harakatini tezlashtiruvchi kuchlar hosil bo'ladi. Suyuqlikning bir qatlami ikkinchisiga tasir qiladigan kuch ichki ishqalanish kuchi yoki yopishqoqlik kuchi deyiladi. Ichki ishqalanish kuchining kattaligiga qarab moddalar yopishqoq va yopishqoqmas moddalarga bo'linadi. Suyuqlik (gaz) unda jismlarning harakatlanishiga to'sqinlik qiluvchi kuch qarshilik kuchi deyiladi. Qarshilik kuchi jismning shakliga, ko'ndalang kesimining yuzasiga, jism harakatlanaiotgan suyuqlikning (gazning) harakat tezligiga va jinsi turiga bogliq bo'ladi. Jumladan, havodagi qarshilik kuchini aerodinamik qarshilik deyiladi. Malum tezlikkacha (kritik tezlik deiiladigan tezlikkacha) suyuqliklarning qatlamlari bir-biriga nisbatan sirpanadi, yani oquvchi suyuqlik (gaz) qatlamlarining nisbii harakati buzilmaydi. Bunday oqim qatlamli yoki laminar oqim deyiladi. Oqim tezligi kritik tezlikdan ortib ketganda sirpanayotgan qatlamlarning o'zaro tasiri suyuqlik (gaz) zarralarining nisbiy joylashishini o'zgartiradi, uyurmalar hosil bo'ladi. Bunday harakat uyurmali yoki turbulent harakat deyiladi. Agar suyuqlik oqayotgan trubaning tarmoqlari bo'lmasa, u holda trubaning ihtiyoriy kesimidan o'tayotgan suyuqlik miqdori bir hil bo'ladi; aks holda uzoq muddat suyuqlik oqqanda bazi joylarda suyuqlik to'planib qolgan, bazi joylarda esa oqim uzilgan bo'ladi. Shunga muvofiq, ishqalanish bo'lmaganda vaqt birligi ichida bir joydan oqayotgan suyuqlik hajmi vaqt birligi ichida ikkinchi joyda oqayotgan suyuqlik hajmiga teng bo'ladi, yani . Bunday shartni qanoatlantiradigan oqim stasionar oqim deiiladi. Bundan stasionar oqimda suyuqlikning harakatlanayotgan zarralarining tezligi truba kesimining yuziga teskari proporsional bo'lishi kelib chiqadi. 2.Bernulli qonuni. Biz bayon qilgan bu fikrlarning hammasi suyuqliklarga ham, gazlarga ham birday tegishli. Oquvchan suyuqlikda statik bosim va dinamik bosim bo'lishini farq qilish kerak. Qo'zgalmas suyuqlikning truba devorlariga berayotgan bosimi statik bosim bo'ladi, dinamik bosim esa suyuqlikning oqish tezligiga bogliq bo'ladi. Statik va dinamik bosimlar yigindisi to'la bosim deyiladi. Suyuqlikning statik bosimi uning tezligi nolga teng bo'lgandagi to'la bosimga teng bo'lishi tabiiy; bu bosimni manometr bilan o'lchanadi. Suyuqlik trubaning tor qismidan keng qismiga o'tganida go'yo tusiqqa duch kelgandek o'z harakatini tormozlaydi, shuning uchun uning siqilish darajasi ortadi. Aksincha, suyuqlik keng qismdan tor qismga o'tganida tezlik ortadi va siqilish kamayadi. Trubadan oqayotgan suyuqlikning tezligi qaerda katta bo'lsa, o'sha erda uning bosimi kichik bo'ladi. Suyuqlikning tezligi bilan bosimi orasidagi bu boglanish Bernulli qonuni deb ataladi. Trubaning kesimi uning biror joyida toraysa, u joyda suyuqlikning oqish tezligi ortadi, binobarin, bosim kamayadi. Oqimning suruvchi (tortuvchi) kuchi paydo bo'ladi, bu hodisadan pulvirizator, karbyurator, diffuziya nasosi va boshqa qurilmalarda foydalaniladi. Endi samolyot qanotining ko'tarish kuchi qanday hosil bo'lishini ko'raylik. Oqim tomondan qanotga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.73 KB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.73 KB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga