Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar bilan taraqqiyotdagi ahamiyati. Fizikaning rivojlanish tarixidan ma'lumotlar. Reja: 1.Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar bilan bog'liqligi Fizikaning rivojlanish tarixidan ma'lumotlar. 2. Sharq allomalarining tabiatni o'rganish ilmiga qo'shgan hissalari. 3. O'zbekistonda fizika taraqqiyoti sohasida olib borilayotgan ishalar. 4. Fizik kattaliklar. Birliklar sistemasi. O'quvchi bilishi kerak: Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizikaning rivojlanish tarixidan ma'lumotlar, Sharq allomalarining fizika fanining rivojlanishida tabiatni o'rganishda qo'shgan hissalari. O'zbekistonda fizika taraqqiyoti sohasida olib borilayotgan ishlar. Fizik kattaliklar. Birliklar sistemasi. Mavzuning maqsadi: Fizika fanining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida o'quvchilarga ma'lumot berish. Bundan tashqari fizika fanini rivojlantirishda Sharq va O'rta osiyo olimlarining qo'shgan hissasini aytib o'tish. Fizik kattaliklar haqida tushuncha berish. Mavzuning bayoni: 1. Fizika tabiat hodisalarining eng sodda va shu bilan birga eng umumiy qonunlarini, materiyaning xossalari, tuzilishi va uning harakat qonunlarini o'rganadigan fandir. Fizika so'zi yunoncha «phusis»-tabiat so'zidan olingan bo'lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik bilimlarining asosida yotadi. Shuning uchun ham uni uzoq vaqt tabiat falsafasi ham deb ataganlar. Tajribaviy materiallarning ko'payishi, ularning ilmiy umumlashtirilishi va tekshirish usullarining takomillashtirilishi natijasida, tabiat falsafasidan- astronomiya, ximiya, biologiya, geologiya va boshqa tabiiy fanlar, jumladan fizika ham ajralib chiqqan. Shuning uchun ham fizikaning boshqa tabiiy fanlar bilan chegarasi shartli bo'lib vaqt o'tishi bilan, o'zgarib boradi. Inson bilimining chuqurlashuvi bu fanlar orasida yanada chambarchas bog'lanish mavjudligini ko'rsatdi. Buning natijasi sifatida esa -astrofizika, fizikaviy ximiya, biofizika, geofizika kabi fanlar vujudga keladi. Materiya makon (fazo) va zamonda (vaqtda) mavjuddir. Tabiatdagi barcha jarayonlar ma'lum ketma-ketlikda va ma'lum vaqtda davom etadi. Vaqt-tabiat hodisalarining ketma-ketligini va chekli davom etishini ko'rsatsa, fazo jismlarning bir-birlariga nisbatan joylashuvini ko'rsatib, ular orasidagi masofani aniqlaydi. O'z navbatida fazo va vaqtning xususiyatlari tabiatdagi jarayonlarni ma'lum qolipda saqlab turuvchi saqlanish qonunlariga tayanch bo'lib xizmat qiladi. Bularning hammasi fizikani falsafa bilan naqadar chuqur bog'lanib ketganligining nisxonasidir. Fizika-tajribaviy fan bo'lib, uning qonunlari tajriba natijalariga asoslanadi. Tajriba ma'lum qonunlarni tekshirish va yangi natijalarni aniqlash uchun o'tkaziladi. Nazariya esa, topilgan natijalarga tayanib tabiat qonunlarini shakllantiradi, ma'lum hodisalarni tushuntiradi va bazan yangi hodisalarni bashorat qiladi. O'rganilayotgan obyektlarning turiga qarab fizika: yadro fizikasi; elementar zarralar fizikasi; atom va molekulalar fizikasi; qattiq jismlar fizikasi, plazma fizikasi va hakozolarga bo'linadi. O'rganilayotgan jarayonlar va materiya harakatining shakliga qarab: moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi; yaxlit muhit mexanikasi, termodinamika va statistik mexanika elektrodinamika, tortishish nazariyasi, kvant mexanikasi, kvant maydon nazariyasi kabi bo'limlarga bo'linadi. Texnika-fanga asoslangan va ishlab chiqarish unumdorligini oshirishiga yordam beruvchi, inson tomonidan yaratilgan barcha qurilmalar va vositalar ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.32 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.32 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:16 ]
Arxiv ichida: doc