Adibatik jarayon

Adibatik jarayon

O'quvchilarga / Fizika
Adibatik jarayon - rasmi

Material tavsifi

Termodinamikaning qonunlari va uning izojarayonlarga tadbiqi. Adibatik jarayon

Termodinamikaning qonunlari va uning izojarayonlarga tadbiqi. Adibatik jarayon Reja. Тermodinamikaning I qonuni. Тermodinamikaning I qonunini turli jarayonlarga tadbiqi. Adiabatik jarayon. Тermodinamikaning II qonuni. Masalalar yechish. O'quvchi bilishi kerak: Termodinamikaning birinchi qonuni. Izoxorik jarayon. Izotermik jarayon. Adiabatik jarayon. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Ikkinchi tur perpetuum mobail. Termodinamika ikkinchi qonunining amaliyotga tadbiqi Termodinamika birinchi qonunining amaliyotga tadbiqi. Mavzuning maqsadi: O'quvchilarga Тermodinamikaning I qonuni va uning turli jarayonlarga tadbiqi. Adiabatik jarayon. Тermodinamikaning II qonuni haqida bilimlar berish. Mavzuning bayoni: 1. Termodinamikaning birinchi qonuni. Buning uchun qizdirilayotgan choynak misolini ko'raylik. Choynak olayotgan issiqlik miqdori Q ichidagi suvning qizishiga ,ya'ni suvning ichki energiyasi ortishiga va suv bug'lari choynak qopqog'ini ko'targanda tashqi kuchlarga qarshi (qopqoqning og'irlik kuchi) bajariladigan A ishga sarflanadi. Bu jarayon uchun energiyaning saqlanish va aylanish qonuni ko'rinishga ega bo'ladi. Bu termodinamikaning birinchi qonunining matematik ko'rinishidir. Jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini orttirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi. Agar jismga issiqlik miqdori berilayotgan bo'lsa, Q musbat, agar jismdan issiqlik miqdori olinayotgan bo'lsa Q manfiy ishora bilan olinadi. Shuningdek agar jism tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo'lsa A ish musbat , tashqi kuchlar jism ustida ish bajarayotgan bo'lsa A ish manfiy bo'ladi. Termodinamikaning birinchi qonuni birinchi tur abadiy dvigatel (lotincha «perpetuum mobile») yasash mumkin emasligini ko'rsatadi. Birinchi tur perpetuum mobilega asosan teng miqdorda energiya sarflamas-dan ish bajara oladigan mashina ko'rish haqida fikr yuritiladi. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni bo'lgan termodinamikaning birinchi qonunida esa: Tabitda ro'y beradigan barcha jarayonlarda energiya o'z-o'zidan paydo ham bo'lmaydi yo'qolmaydi ham, faqat bir ko'rinishdan boshqasiga aylanishi mumkin, deb qayd etiladi. Endi termodinamikaning birinchi qonunining ba'zi jarayonlarga tadbiqini ko'raylik. 2. Izoxorik jarayon. Ideal gazning hajmi o'zgarmay (V=const) uning bosimi va temperatura o'zgaradi.Agar gazning hajmi o'zgarmasa tashqi kuchlarga qarshi ish bajarilmaydi, ya'ni A=0.Unda termodinamikaning birinchi qonuni Q= ko'rinishni oladi. Demak ideal gazga berilayotgan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini o'zgartirishga boshqacha aytganda temperaturaning ko'tarilishiga sarflanadi. Izobarik jarayon. Ideal gazning bosimi o'zgarmas(P=const), uning hajmi va temperatura o'zgaradi.Bunda gazga berilgan issiqlik miqdorining bir qismi uning ichki energiyasini orttirishga, bir qismi esa tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi. Q = Izobarik jarayonda gaz bajargan ish Izotermik jarayon.Ideal gazning temperatura o'zgarmas (T=const), uning hajmi va bosimi o'zgaradi. Agar gazning temperaturasi o'zgarmasa, demak uning ichki energiyasi ham o'zgarmaydi .Bunday jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni Q=A ko'rinishga ega bo'ladi. Adiabatik jarayon. Atrof muhit bilan issiqlik miqdori almashmasdan ro'y beradigan jarayonga adiabatik jarayon deyiladi. Adiabatik jarayonga tez ro'y beradigan jarayonlar misol bo'ladi. Misol uchun gaz tez siqilganda bajaralgan ish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.78 KB
Ko'rishlar soni 329 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.78 KB
Ko'rishlar soni 329 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga