Vodorod atomining ionlashtirish energiyasi

Vodorod atomining ionlashtirish energiyasi

O'quvchilarga / Fizika
Vodorod atomining ionlashtirish energiyasi - rasmi

Material tavsifi

Vodorod atomining ionlashtirish energiyasi Ionlashtirish energiyasi. Agar atom tashqaridan energiya qabulqilsa, elektronning energiyasi ortadi va o'z orbitasidan yuqori bo'lgan orbitaga o'tadi. Agar elektronga tashqaridan berilgan energiya yetarlicha katta bo'lsa, elektron n= bo'lgan orbitaga o'tadi, ya'ni atomdan uzilib chiqadi. Natijada atom bir elektronini yo'qotib ionlashadi, musbat ion hosil bo'ladi. Demak, asosiy holatda bo'lgan atomdan elektronni uzib chiqarib atomni ion holiga o'tkazish uchun zarur bo'lgan energiya ionlashtirish energiyasi deyiladi. Z=1 va n=1 bo'lgan asosiy holatdagi vodorod atomi uchunionlashtirish energiyasi formula orqali aniqlanadi: (4.73) ifoda vodorod atomi uchun ionlashtirish energiyasini nazariy hisoblash formulasidir. Bu formula bilan hisoblangan ionlashtirish energiyasi Yeion qiymati, uning tajribada hisoblangan qiymati bilan mos keladi. bunda Eion va Ebog' lar bir xil bo'ladi. Atomning energiya chiqarmaydigan (nurlanmaydigan) holatlari stasionar holatlar deyiladi. Atomning n=1 bo'lgan eng kichik energiyali holati uning asosiy holati deyiladi. Atom asosiy holatda uzoq vaqt davomida bo'lishi mumkin. atomning n=2,3,4, larga tegishli holatlari uning uyg'ongan holatlari deyiladi. Uyg'ongan holatlarning har birida atom energiyasi atomning asosiy holati energiyasidan katta bo'ladi. Uyg'onish energiyasi. Elektronning asosiy holatdan uyg'onganholatga o'tkazish uchun atomga berilishi zarur bo'lgan energiya uyg'onish energiyasi (Euyg') deyiladi. Masalan, vodorod atomi uchun uyg'onish energiyasi Euyg'=Ebog'-Eion, (4.74) n=2 bo'lgan birinchi uyg'ongan holat uchun Euyg'=-3,40 eV-(-13,6 eV)=10,2 eV. Bu energiya qiymati n=2 bo'lan holatga tegishli uyg'onish energiyasidir (birinchi uyg'ongan holat). Bog'lanish energiyasi. Bog'lanish energiyasi uyg'ongan holatdabo'lgan atomdan elektronni uzib chiqarish uchun zarur bo'lgan energiyadir. Masalan, n=2 bo'lgan birinchi uyg'ongan holatdagi atomdan elektronni uzib chiqarish uchun 3,40 eV energiya kerak. Demak, birinchi uyg'ongan holat bog'lanish energiyasi 3,40 eV. Agar atom asosiy holatda bo'lsa, bu holatdagi bog'lanish energiyasi ionlashtirish energiyasiga teng bo'ladi, ya'ni Eion=Ebog'=13,6 eV. Agar holat ko'rsatilmasdan bog'lanish energiyasi haqida gapirilsa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.15 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.15 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga