Yadro kuchlari Reja: Yadro kuchlari Atom yadrolarining massa defekti. Yadroning bog'lanish energiyasi. Yadro reaksiyalari. 1.Yadro kuchlari. Atom yadrosining o'ta barqarorligi yadro ichida tortishish xarakteriga ega bo'lgan qudratli yadro kuchlari bilan tushuntiriladi. Masalan, geliy yadrosi 2He4 ni alohida protonlar va neytronlarga ajratish uchun geliy atomining to'liq ionlashish energiyasidan bir necha ming marta ortik energiya sarflash kerak. Yadro kuchlarining xususiyatlari tajribada yahshi o'rganilgan bo'lib, ular quyidagilardan iboratdir. 1)Nuklonlar orasidagi masofa r=(1-2)∙10- oraligida yadro kuchlari mavjud bo'lib, r3∙10-15 bo'lganda amalda yadro kuchlari nolga teng bo'ladi. 2)Yadro kuchlari ta'sir yadrosining kichik bo'lishi, nuqlonlar faqat qo'shni nuqlonlar o'zaro ta'sirlasha olishini bildiradi. 3)Yadrodagi nuqlonlar o'zaro juda yaqin joylashganligi uchun, yengil va ogir atomlar yadro moddasining zichligi deyarli bir hil bo'lib, kgm ga teng. 4)Yadro kuchlari kvant harkteriga ega bo'lib, nuqlonlar o'zaro mezonlar deb ataluvchi uchinchi zarrachalar bilan boglangan. Bu zarrachalarni nuqlonlar doim almashtirib turadi. Shuning uchun yadro kuchlarini almashinuvchi kuchlar deb ataladi. 1935 yili yapon fizigi K.Yukava -mezonlarini nazariy kiritgan bo'lib, u 1947 yili eksperimetda tasdiqlangan. -mezonning tinchlikdagi massasi elektronning massasidan 270 marta katta bo'lib, ular uch hil: musbat (), manfii () va neytral () turlari mavjuddir. Yadrodagi nuqlonlar doimo mezonlarni yutib va chiqarib turishi sababli yadro kuchlari hosil bo'ladi. 2.Atom yadrolarining defekti. Yadroning bog'lanish energiyasi. Atom yadrosidagi nuqlonlar yadro kuchlari bilan o'zaro kuchli bog'lanishga ega. Binobarin, yadrolar o'ta barqaror sistemadir. Atom yadrosidagi nuqlonlar orasidagi bu bog'lanishni o'zish uchun malum energiya miqdorini sarflash (yoki ish bajarish) kerak. Yadroni tashkil qilgan nuqlonlarni butunlay ajratish uchun zarur bo'lgan eneprgiyaga yadroning bog'lanish energiyasi deyiladi. Yadroning bog'lanish energiyasi qancha katta bo'lsa, yadro shuncha barqaror bo'ladi. Agar protonlar va neytronlar birikib yadro hosil qilsa, ularning o'zaro bog'lanishiga ekvivalent bo'lgan energiya ajraladi. Binobarin, Eynshteinning maxsus nisbiylik nazarijasiga binoan atom yadrosining massasi uni hosil qilgan erkin protonlar va neytronlar massalarining yig'indisidan kichikroq bo'lishi kerak, yani: (159) bunda Z -protonlar soni, N -neytronlar soni, mp -proton massasi, mn -neytron massasi. (159) dan massalar ayirmasi: (160) Bu kattalikka yadro massasi defekti (massaning yetishmasligi) deb ataladi. Bu yadroning defekti ga mos kelgan Wb bog'lanish energiyani Eynshteyn tenglamasi bilan aniqlanadi. (161) Bundagi neytronlar soni N=(A-Z) bo'lgani uchun (161) ni yana quyidagi ko'rinishda yozish mumkin: (162) bunda A yadroning massa soni, yani yadrodagi nuqlonlar soni. Atom yadrosining Wb bog'lanish energiyasi nuqlolar soni A ga proporsional ravishda osha borib, yadroning barqarorligini xarakterlab bera olmaydi. Yadroning bitta nuqloniga mos kelgan bog'lanish energiyasiga yadroning solishtirma bog'lanish energiyasi deyilib, u quy idagiga teng: (163) 3.Yadro reaksiyalari. sun'iy radioaktivlik. Yadro reaksiyasi deb, ikki ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.04 KB
Ko'rishlar soni
243 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.04 KB
Ko'rishlar soni
243 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:27 ]
Arxiv ichida: docx