Yorug'lik interferensiyasi Reja: 1.Yorug'likning interferensiyasi. 2.Difraksion hodisasi. Gyuygens prinsipi. 3.Difraksion panjara va difraksion spektr. 4.Yorug'likning qutblanishi. Tabiiy va qutblangan yorug'lik. Yorug'likning turmalinda qutblanishi. Qutblagichlar. 1.yorug'likning interferensiyasi. Sovun pufaklari yoki suv sirtiga to'qilgan moy yo'pka pardasining kamalak rangli toblanishidan iborat bo'lgan yorug'likning rangli toblanishidan iborat bo'lgan yorug'likning rangli interferensiyasi manzarasini har birimiz ko'ndalak hayotda qo'rganmiz. Ingliz olimi Tomas Yung (1773-1829) yupqa pardalarning har xil rangli toblanish sababini biri pardaning tashqi sirtidan, ikkinchisi esa ichki sirtidan qaytgan 1 va 2 yorug'lik to'lqinlarining qo'shilishidir, degan genial fikrni maydonga tashladi. Bitta tushuvchi nurlan hosil bo'lgan 1 va 2 nurlarga o'zaro kogerent nurlar deyiladi. Kogerent nurlar deb, bir hil yoki o'zgarmas fazalar farqi bilan tarqalayotgan yorug'lik to'lqinlaridan tashkil topgan nurlarga aytiladi. Shunday qilib, yorug'lik interferensiyasini quyidagicha ta'riflash mumkin. yorug'likning interferensiyasi deb, o'zaro kogerent nurlarning qo'shilishi natijasida yorug'lik to'lqinlarining fazoning turli nuqtalarida yo kuchayish yo susayish hodisasiga aytiladi. Interferensciyaning kuchayish va susayish o'zaro kogerent yorug'lik to'lqinining faza yoki iul farqiga bog'liqdir. Agar qo'shilayotgan ikki kogerent yorug'lik to'lqinlarining fazalar farqi juft larga yani 2m ga yoki yo'l farqi juft yarim to'lqin uzunliklariga ga teng bo'lganda, to'lqinlar bir hil fazalar bilan ustma-ust tushishi sababli natijalovchi amplituda ikkilangan bo'ladi va interferensiyaning kuchayishi quyidagi formuladan aniqlanadi: yoki (137) Agar qo'shilayotgan ikki kogerent yorug'lik to'lqinlarining fazalar farqi tok larga, yani (2m+1) ga yoki yo'l farqi tok yarim to'lqin uzunliklarga ga teng bo'lganda, to'lqinlar qarma-qarshi fazada qo'shilishi sababli natijalovchi amplitudasi nolga teng bo'ladi va interferensiyaning susayishi kuzatiladi. Shunday qilib, interferensiyaning susayishi quyidagi formuladan aniqlanadi: yoki (138) O'zaro kogerent nurlar tarqatuvchi manbalarga kogerent manbalar deyiladi. Tajribalar shuni ko'rsatdiki, hatto bir-birining aniq nuqtasi bo'lgan ikki yorug'lik manbai ham o'zaro kogerent manbalar bo'laolmas ekan. Fransuz olimi Jan Frenel birinchi marta kogerent nurlarni olish metodini ishlab chiqdi. Bu metodga asosan, bitta yorug'lik manbaidan chiqayotgan nurlar o'zaro kogerent nurlardan iborat bo'lar ekan. Shuning uchun kogerent nurlar sun'iy yo'l bilan, masalan, bir manbadan chiqayotgan yorug'likni ikkiga ajratib, hosil qilinadi. Frenel tavsiya qilgan interferension manzarani hosil qilishning ayrim usullarini qarab chiqamiz. 2.Difraksion hodisasi. Gyuygens prinsipi. Difraksiya deb, to'lqinlarning kichik to'siq yoki tirqishga tushganda uning geometrik soya tomoniga tarqalish hodisasiga aytiladi. Difraksiya hodisasini suv sirtida tarqalgan to'lqinlarda yaqqol kuzatish mumkin. Suvda tarqalayotgan to'lqin biror to'siqqa etib borganda undan qisman qaytib, qolgan qsmi esa uning chetidan o'tib harakatini davom ettiradi. Bunda to'siqning o'lchamiga qarab qiyidagi manzara hosil bo'ladi. Agar to'siqning o'lchami l to'lqinning to'lqin uzunligi dan juda katta, yani bo'lsa, to'siqning tiniq soyasi hosil bo'ladi. Agar to'siqning o'lchami l to'lqinning to'lqin ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.13 KB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.13 KB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:32 ]
Arxiv ichida: docx