O'zbеkistоn Rеspublikаsi Хаlq Tа'limi Vаzirligi Muqimiy nоmidagi Qo'qоn Dаvlаt Pеdаgоgikа Instituti «Kvant fizikasi» fanidаn lаbоrаtоriya ishlаrini bаjаrish bo'yicha uslubiy ko'rsаtmаlar ( va KHK o'qituvchilari uchun uslubiy qo'llanma) Qo'qоn 2008 y Ushbu uslubiy ko'rsatma Qo'qon DPI uslubshunoslik komissiyasining 2008 yil may oyidagi yig'ilish qarori bilan ma'qullangan va institut Kengashining 4.07.2008 yil 11 -sonli qarori bilan chop etishga tavsiya etilgan. Mualliflar: f.m.f.d.dots.I.M.Kokanbayev fizika kafedrasi o'qituvchisi M.Yuldasheva Taqrizchi: f. -m.f.n. katta o'qituvchi B.Mamadaliyev. Qo'qon Temir yo'llar KHK ning oliy toifali o'qituvchisi Sh.Kimsanboyev. So'z boshi O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta'lim samaradorligini oshirishda o'qitishning ilg'or yangi pedagogik texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etishga alohida e'tibor berilgan. Xalq Ta'limi Vazirligining 2008 yil 7 - martdagi 2008 yilda uzluksiz ta'lim tizimini mazmunan moderinizatsiyalash va ta'lim - tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko'tarish bo'yicha tadbirlarning ijrosini ta'minlash to'g'risidagi 60 - sonli buyrug'i asosida tuzilgan 2008 - 2012 yillarga mo'ljallangan dasturda axborot texnologiyalari va komp'yuterlar asosida ta'lim berish va o'quv - uslubiy majmualar yaratishga aloxida o'rin ajratilgan. Hozirgi kunda akademik litsey va kasb -hunar kollejlarida har bir fan uchun DTS ga mos holda o'quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash zaruriyati AL va KHK fan o'qituvchilaridan talab qilinayotgan bilim va malakalar mazmuniga qo'yilgan talablar hajmini ham ortib borayotganligini ko'rsatadi. Fizikani o'qitishda kompyuter texnologiyalarni dars jarayoniga qo'llay oladigan yuqori malakali fan o'qituvchilariga uslubiy ko'rsatmalar orqali yordam berishga kirishganimiz hozirgi kunning zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablaridan kelib chiqadi. Ushbu uslubiy qo'llanma AL va KHK o'qituvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, kvant fizikadan 5 ta laboratoriya ishlarini kompyuter dasturlaridan foydalanilgan holda kompyuterda bajarish uchun mo'ljallangan. Shu boisdan biz quyida fizikani o'qitishda laboratoriya mashg'ulotlarini kompьyuter texnologiyalaridan foydalanib bajarish haqida o'z tavsiyalarimizni bermoqdamiz. Kompyuter texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llash o'qituvchidan ushbu soha bo'yicha yuqori malaka va ko'nikmalarni talab etishi bilan bir qatorda fizikaning ko'pgina bo'limlaridagi fizik hodisalarni talabalarning to'la tasavvur qilishi va fizika fanini o'zlashtirishda yuqori darajada samara berishiga yordam beradi deb hisoblaymiz. Fizika laboratoriyasining vazifalari. Laboratoriya ishining asosiy vazifasi maxsus jihozlangan xonalar -laboratoriyalarda, amaliy vazifalarni bajarish asosida nazariya va amaliyot bilan aloqani o'rnatilishdan iborat. Talabalar o'lchov asboblari, eksperimental texnika apparatlari, qurilmalari bilan ihlash malakasiga ega bo'ladilar va o'rganilayotgan xodisa va jarayonlarni ma'nosini tushunnadilar, shuning uchun: Fizika laboratoriyasida mashg'ulotlar fizikadan o'qitilayotgan o'quv modellarini chuqurlashtirishga yordam berishi kerak ma'ruza vaqtidagi ko'rsatishlarda ko'p xollarda xodisaning faqat sifat tomoniga e'tibor beriladi. Laboratoriya mashg'ulotlari jarayonida tajriba qo'yilayotganga talabalarning o'zlari tomonidan xodisani xarakterlovchi parametrlardan har birining kattaligi o'lchanadi, fizik kattaliklarni o'lchash natijalari asosida ular orasidagi bog'lanish o'rnatiladi. Masalan, Aylanma ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.47 KB
Ko'rishlar soni
332 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:33
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.47 KB
Ko'rishlar soni
332 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:33 ]
Arxiv ichida: docx