Avtomatik rostlash sistemalari

Avtomatik rostlash sistemalari

O'quvchilarga / Fizika
Avtomatik rostlash sistemalari - rasmi

Material tavsifi

Avtomatik rostlash sistemalari. 1. Asosiy tushuncha va qoidalar 2. Avtomatik rostlash sistemasining tuzilishi 3. Utish jarayonlari Asosiy tushuncha va qoidalar. Texnologik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko'ra avtomatlashtirishni kuyidagilarga ajratish mumkin : avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish. Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma'lumotlarni avtomatik ravishda kabul qilish va qayta ishlash uchun kerakli bo'lgan sharoitlarni ta'minlaydi. Avtomatik rostlash - texnologik jarayonlarni tegishli parmetrlarini avtomatik ravishda belgilangan qiymatlarda ishlashini ta'minlaydi. Avtomatik boshqarish - texnologik operatsiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv obyektiga nisbatan buladigan ta'sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iboratdir. Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarini joriy etish demakdir. Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishni vazifasi rostlagich yordamida rostlanuvchi obyektdagi kerak bo'lgan texnologik sharoitni avtomatik ravishda saqlash , agar bu sharoit buzilsa uni qayta tiklashdan iboratdir. Avtomatik sistemalar bir-birlari bilan malum ketma-ketlikda boglangan bo'lib xar biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat. Avtomatik rostlash sistemasining tuzilishi. 1 rasmda ARS ning funksional sxemasi keltirilgan. ARS da rostlanuvchi kattalikni hozirgi va berilgan qiymatlari ayirmasi ulchanadi va tengsizlik ishorasiga ko'ra rostlagich obyektga nisbatan rostlovchi ta'sir ishlab chikarib tengsizlikni yukotadi. Rostlanuvchi obyektni chiqishiga datchik urnatiladi. Datchik rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymatini kabul qilib, uni rostlash sistemasidagi keyingi zvenolarga uzatish uchun kulay bo'lgan signalga uzgartiradi. Zadatchik uzining chiqishida rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatiga proportsional signal ishlab chiqarishga mo'ljallangan qurilmadir. Signal avtomatik rostlagichning chiqishidan ijro etuvchi mexanizm kirishiga keladi. Rostlagichning komanda signalini uzidagi rostlovchi organning tegishli signaliga uzgartiruvchi qurilma ijro etuvchi mexanizm deyiladi. Funksional belgilarga ko'ra avtomatik rostlash sistemasidagi elementlarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin : Sezgir elementlar (datchiklar) Solishtirish elementlari topshiriq beruvchi elementlar (zadatchiklar) Uzgartiruvchi elementlar Kuchaytirgichlar Tuzatuvchi elementlar Ijro etuvchi elementlar Stablizatorlar hisoblash elementlari Istemol kiladigan energiya turiga ko'ra avtomatik rostlash sistemasi elementlari elektrik, pnevmatik, gidravlik, mexanik va kombinatsiyalashgan bo'ladi. ARS berilgan topshiriq o'zgarishiga ko'ra quyidagi guruhlarga bulinadi : Stabillovchi avtomatik rostlash sistemalari Dasturli avtomatik rostlash sistemalari Kuzatuvchi avtomatik rostlash sistemasi Optimal rostlash sistemasi Moslashuvchi avtomatik rostlash sistemasi. 1.Stabillovchi avtomatik rostlash sistemalari. Bunda rostlanuvchi kattalikning qiymati doimiy bo'ladi. Bu sistemalarda avtomat rostlagichning vazifasi rostlanuvchi kattalikning muayyan, mutlako doimiy qiymatida saqlash va texnologik jarayonni stabillashdir. Bu holda texnologik reglament talablariga ko'ra rostlanuvchi kattalikning qiymati doimiy bo'ladi. hozirgi paytda stabillovchi ARS lar juda keng tarkalgan. 2. Dasturli avtomatik rostlash sistemasida oldindan malum bo'lgan qonunga ko'ra uzgaradigan qiymatli rostlanuvchi kattalik mavjud bo'ladi. Bu sistemada rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati rostlagich zadatchigi orqali malum qonun bo'yicha ishlab chikariladi. 3. Rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati ixtiyoriy ravishda uzgarayotgan kattalikning nisbatidan aniklansa, bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.61 KB
Ko'rishlar soni 384 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.61 KB
Ko'rishlar soni 384 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga