Korxonalarda statik elektr toki, elektromagnit maydoni va issiqlik nurlanish manbalari. maqsad: Ishlab chiqarishda hosil buladigan statik toklarning ishlovchilarga ta'sirini o'rganish va ulardan himoya qilish. Reja: Magnit maydonidan saqlanish. Elektromagnit maydonining tavsifi. O'zgaruvchi elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta'siri. Elektromagnit maydonining normalari. Muhofaza usullari. Statik elektr bir jinsli va ko'p jinsli o'tkazmaydigan moddalarning ishqalanish maydalanish hamda okish, tok o'tkazmaydigan suyuqliklar (erituvchilar) okishi jarayonlarida zaryadlarning parchalanishi (bo'linish i) natijasida, shuningdek elektr induksiyasi hisobiga paydo bo'ladi. Sanoatdagi korxonalarda texnologik jarayonlarda izolyatsiyalovchi suyuqliklar kuvurlarda 0,7 … 1,0 ms dan katta tezlik bilan harakatlanganda, kukunsimon moddalar havo yoki gaz okimida harakatlansa statik elektrning xavfli potentsiallari paydo bo'ladi. Tuplanib kolgan elektr zaryadlarning xavfli oqibatlarini oldini oluvchi tadbirlarga kuyidagilar kiradi: bir yerda saqlanadigan yonuvchan va portlovchan moddalar miqdorini kamaytirish; apparatlarga portlamaydigan saklagichlar urnatish; tok o'tkazuvchi kismlarni yerga ulash; havoni namlantirish; tok o'tkazadigan pollar ko'rish. Magnit maydonidan saqlanish. hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida yuqori chastotalarga ega bo'lgan magnit maydonlaridan har xil texnika ishlarida, masalan metallarni qizdirib toblash, eritish yog'och mahsulotlarini elimlash va boshqa ishlarda keng foydalanilmokda. Bunday vositalar bilan texnik operatsiyalarni bajarishning kulayligi ortikcha issiqlikning ajralmasligi va ortikcha uskunalarga bo'lgan ehtiyojning kamayishi bu usulning keng kulamda kullanish imkoniyatlarini yaratmokda. Bundan tashqari bu usul ish sharoitini yaxshilash va ish joylarida havoning tozaligini ta'minlanganligi sababli sanitariya - gigiyena tomonidan birmuncha kulayliklar tugdiradi. hozirgi vaqtda radio va elektron qurilmalarni keng kulamda qo'llanilishi, radiotelemetriya, radionavigatsiya va boshqa elektromagnit tebranishlarga asoslangan apparaturalarni keng kulamda kulanishi, radio apparaturalar bilan kupchilik ishchilarning muloqotda bo'lishiga olib kelmokda. Shuning uchun xam hozirgi vaqtda elektromagnit tebranish to'lqinlaridan muxofazlanish chora - tadbirlarini amalga oshirish takozo kilinmokda. Keyingi vaqtlarda elektromagnit to'lqinlari inson organizmiga xatarli ta'sir ko'rsatishi aniklandi. Bu ta'sirning xatarli tomoni shundaki, inson bu nurlar ta'siriga tushganligini sezmaydi. Elektromagnit maydonining tavsifi. Elektromagnit maydoni malum kuchlanishdagi elektr maydoni Ye (Vm) va magnit maydoni N (Am) vektorlari orqali ifodalanadi. harakatlanuvchi elektromagnit to'lqinlarining Ye va N vektorlari xar vaqt o'zaro perpendikulyar bo'ladi. o'tkazuvchi muhitda tarkalayotganda ular o'zaro quyidagi bog'lanishga ega bo'ladi: bunda: - elektromagnit tebranishlarining aylanma chastotasi; - ekran moddasining solishtirma o'tkazuvchanligi; - bu moddaning magnit o'tkazuvchanligi, k - sunish koeffitsiyenti; z - nurlanayotgan ekran yuzasidan aniklanayotgan nuqtagacha bo'lgan masofa. Elektromagnit to'lqinlari vakumda yoki havo muhitida tarkalayotgan bulsa, Ye=377 N bo'ladi. Elektromagnit to'lqinlarning tarqalishi maydondagi energiyani kuchirish bilan boglangan. Elektormagnit maydondagi energiya oqimining zichligi vektori I (Vtm2) (intensivligi) - «Umov-Poynting vektori» deb ataladi va kuyidagicha ifodalanadi: Elektromagnit maydoni nazariyasiga asosan o'zgaruvchi elektr yoki magnit maydoni manba yaqinida ikki zonaga bulinadi: yaqin zona yoki induksiya zonasi ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.69 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.69 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:34 ]
Arxiv ichida: docx