Suyuqliklar mexanikasi

Suyuqliklar mexanikasi

O'quvchilarga / Fizika
Suyuqliklar mexanikasi - rasmi

Material tavsifi

suyuqliklar mexanikasi. Uzilmaslik tenglamasi. Bernulli tenglamasi. Kovushoklik. suyuqlikning laminar va turbulent okishi. Uzilmaslik tenglamasi. suyuqlikning harakatlanishini okish deb, harakatlanayotgan suyuqlik zarralarining to'plamini oqim deb yuritiladi. oqimdagi xar bir zarra muayyan paytda aniq v tezlikka ega. Lekin suyuqlikning xar bir individual zarrasi harakatini kuzatishdan kura boshqacharok yul tutgan makul. Buning uchun oqim chiziqlari tushunchasidan foydalaniladi. oqim chizigi suyuqlik ichidagi shunday xayoliy chiziqki, uning xar bir nuqtasiga o'tkazilgan urinma chiziq urinish nuqtasi orqali o'tayotgan suyuqlik zarrasi oniy tezligining yo'nalishiga mos bo'ladi. oqim chiziqlarining manzarasi uzgarmaydigan xoldagi suyuqlikning harakatini barqaror harakat yoki statsionar oqim deb ataladi. Statsionar oqimdagi oqim chiziqlari suyuqlik zarralarining traektoriyasi sifatida xam xizmat qiladi. suyuqlik oqimining statsionar harakatini tekshirish uchun uni xayolan oqim naylariga ajratiladi va xar bir oqim nayidagi harakat urganiladi. oqim nayi deganda suyuqlik oqimining shunday xayoliy kismi tushiniladiki, uning yon sirtlari oqim chiziqlaridan tashkil topgan bo'lishi kerak. Bunday nay ichidagi suyuqlik zarralari undan tashqariga chika olmaydi va nay tashqarisidagi zarralar uning ichiga kira olmaydilar. oqim nayining S1 va S2 kesimlaridan 1s davomida statsionar ravishda oqib o'tayotgan suyuqlik massalari va o'zaro teng bo'lishi kerak (aks holda, yani bo'lgan holda suyuqlikning okishi nostatsionar bo'lib koladi). Shuning uchun Sikilmas suyuqliklar uchun natijada quyidagi ko'rinishiga keladi: , ifoda sikiluvchan suyuqliklar uchun, esa sikilmas suyuqliklar uchun uzilmaslik tenglamasidir. Bernulli tenglamasi. Ideal suyuqlikning oqim tezligi va bosimi orasidagi bog'lanishni aniklaylik. Buning uchun ideal suyuqlik barqaror oqimi ichida kundalang kesimi etarlicha kichik bo'lgan oqim nayini xayolan ajrataylik. oqim nayining kesimidagi suyuqlik tezligi va bosimini mos ravishda va bilan, kesimidagilarni esa va xarflari bilan belgilaylik. va kesimlar markazlarining biror gorizontal satxdan balandliklari mos ravishda va bulsin. va kesimlar bilan chegaralangan oqim nayi ichidagi suyuqlik massasining vaqt davomidagi tulik energiyasining o'zgarishini aniklaylik. Shu vaqt davomida suyuqlikning tekshirilayotgan massasi oqim nayi buylab ung tomonga siljib koladi va vaqtning oxirida va kesimlar bilan chegaralangan xajmni egallaydi. Rasmdan ko'rinishicha, tekshirilayotgan suyuqlik massasining va kesimlar orasidagi kismi energiya o'zgarishiga xech qanday xissa kushmayotganligi uchun vaqt davomidagi o'zgarishni kuyidagicha tasavvur qilish mumkin: va kesimlar orasidagi massali suyuqlik tulik energiyaga ega bo'lgan vaziyatdan va kesimlar orasidagi xajmni egallagan tulik energiyali vaziyatga utib kolgandek bo'ladi. Natijada tekshirilayotgan suyuqlik massasining va kesimlar bilan chegaralangan vaziyatdan va kesimlar bilan chegaralangan vaziyatga kuchishi tufayli uning tulik energiyasi miqdorga uzgaradi. Energiyaning bu o'zgarishi, mexanik energiyaning saqlanish qonuniga asosan, tashqi kuchlarning bajargan ishiga teng bo'lishi lozim. Mazkur holda ish bajaradigan tashqi kuchlar - oqim nayining tekshirilayotgan kismiga suyuqlik tomonidan ta'sir etuvchi bosim kuchlaridir. oqim nayining yon devorlariga ta'sir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 73.76 KB
Ko'rishlar soni 302 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:35 Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 73.76 KB
Ko'rishlar soni 302 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc, docx
Tepaga