ТEXNIKA XAVFSIZLIGI Elektr uskunalari, apparatlari va mexanizmlari bilan ishlaganda juda ehtiyot bo'lish kerak. Biror falokat sodir bo'lmasligi uchun texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim. Elektr toki inson tanasidan o'tganda, unda titrash hosil qiladi va uni kuydirib yuboradi, chunki elektr tokining bir sekunddagi tebranishi 50 Hz ga, inson yuragining tebranishi esa bir sekundda 1,16 Hz ga teng. U tokni ushlaganda unga yana 50 Hz qo'shiladi, ya'ni 51,16 Hz ga aylanadi. Bunday tebranish inson tanasini sekundlar ichida ishdan chiqaradi. Inson uchun 0,02 A xavfli. 0,1 A tok esa o'limga olib keladi. Inson tanasining qarshiligi ishlagan vaqtda 600 dan 100 Om gacha o'zgarishi mumkin. Kishi elektr tokidan saqlanish uchun uni himoya qiladigan yerga ulagichlardan, shuningdek, tok o'tkazmaydigan qo'lqoplar, oyoq ostiga rezina gilamlar va elektr uskunalarni bekitib turadigan qurilmalardan foydalanishi kerak. 1.85-rasmda qurilmalarning nol simlarini va ularning korpuslarini yerga ulash usuli ko'rsatilgan. Elektr uskunalari, apparatlari va mexanizmlarining temir qopqoqlarini yerga ulash majburiy hisoblanadi. Bu qoidani buzganlar O'zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari oldida javobgar hisoblanadilar. 100 V dan yuqori kuchlanish elektr tarmoqlarida zazemleniyani himoya qilinadi, pastki kuchlanish elektr tarmoqlar 380220 V da nolni himoya qilinadi. Elektr tokidan jabrlanganga birinchi tez yordamni o'sha yerning o'zida ko'rsatish kerak. Jabrlanganga o'z vaqtida to'g'ri yordam berish katta ahamiyatga ega. Birinchidan, elektr tokini tez o'chirish kerak, buning uchun dastalari izolatsiyalangan asbob bilan kuchlanish bor sim uziladi. Agarda, jabrlanganda hayot belgilari bo'lsa yoki u nafas olayotgan bo'lsa, sun'iy nafas oldirishni boshlash kerak. Shu bilan birga, tez yordamni chaqirish lozim. ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.27 KB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.27 KB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: docx