Elektromagnit induksiya hodisasi va uning qo'llanilishi Reja 1.Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey ishlari. 2.O'zinduksiya hodisasi 3.O'zaro induksiya Tayanch iboralari Induktivlik,induktivlikningbirligi, g'altakning induktivligi,o'zinduksiya, o'zaro iduksiya, salenoid induktivligi, kontur, elektr yurituvchi kuch,transformator,avtotransformator, magnit maydon energiyasi, Lents qonuni,R-reostat. Daniyalik fizik Ersted 1820-yilda tokning magnit ta'sirini aniqlagandan keyin, ingliz fizigi Faradey bu kashfiyot bilan tanishgan va shunday xulosaga keladi:madomiki, berk o'tkazgich bo'ylab oqayotgan tok magnitni harakatga keltirar ekan, magnitning harakatlanishi ham berk o'tkazgichda tok hosil qilish kerak va bu hodisaning to'g'riligini Faradey 1931 - yilda ko'p tajribalar asosida tasdiqlaydi. U magnit maydonda sim o'ramli g'altak va galvonometrdan iborat berk kontur ilgarilanma harakat qilganda yoki burilganda, shuningdek, qo'zg' kontur ma'lum vaqt davomida o'zgaruvchan magnit maydonda turganida konturlargatok hosil bo'lishi aniqlandi. Magnit maydonning o'zgarishi tufayli berk konturda hosil bo'lgan tok induksion tok, hodisaning o'zi esa elektromagnit induksiya hodisasi deb ataladi Induksion tokni hosil qiluvchi elektr yurituvchi kuch induksion elektr yurituvchi kuch (induksiya - EYUK) deb ataladi. Endi biz Faradeyning tok hosil bo'lishining shartlarini aniqlashga doir tajribalarni ko'rib chiqamiz. 1.Agar magnit kontur ichiga kiritilsa yoki konturdan chiqarilsa, berk konturga tok induksionallanadi, magnit g'altakka yaqinlashtirilganda yoki magnit g'altakka yaqinlashtirilganda ham galvonometr strelkasi bir tomonga og'adi (g'altak ichidagi magnit oqimi orta boradi), magnitni g'altakdan uzoqlashtirsak yoki g'altakni magnitdan uzoqlashtirsak (magnit oqimi kamayib boradi) strelka boshqa tomonga og'adi, ya'ni magnit induksiya oqimining ortishi yoki kamayishi bilan induksion tok yunalishi oldingi holatdan o'zgaradi. Buni 1- a va b rasmlardan ham Г Г А) Г Г Б) Demak, magnit induksion oqimining o'zgarishi natijasida induksion tok hosil bo'lar ekan. Magnit qancha kuchli , uning harakati qancha tez va g'altakdagi sim o'ramlari soni qancha ko'p bo'lsa, shuncha induksion tokning kuchi ham shuncha katta bo'ladi. Agar magnitni berk g'altak yaqiniga yoki hatto g'altak ichiga joylashtirsak ham magnit qo'zg'almaganda induksion tok hosil bo'lmaydi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, berk konturda induksion tokni hosil qilsh uchun birgina magnit mavjud bo'lishigina etarli bo'lmay, balki magnit maydon o'zgarishi kerak ekan. 2-tajriba:Ikki g'altakni yonma-yon qo'yib, ikkinchi g'altakning uchlarini galvonometrga ulab, birinchi g'altakning uchlarini tok manbaiga ulasak, birinchi g'altakdagi tok kuchini R-reostat bilan o'zgartirib, ya'ni (2-rasmdagidek), yoki kalit yordamida zanjirga ulab uzib turilsa (2-b rasm) ikkinchi g'altakda induksion tok hosil bo'lganini ko'ramiz. R K Б Б Г Bu ikkala holda ham ikkinchi g'altakni kesib o'tuvchi magnit induksiya oqimi o'zgaradi, chunki birinchi g'altak zanjirida tok o'zgaradi. 3-tajriba: Bir g'altakni ikkinchi g'altak ichiga joylashtirsak unga yaqinlshishni yoki uzoqlashishni yoki uzoqlashishni ko'rish mumkin.(3-rasm) Katta diametri g'altakka galvonometr ulab, berk zanjir hosil qilaylik. Kichik diametrli g'altakka ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.22 KB
Ko'rishlar soni
301 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.22 KB
Ko'rishlar soni
301 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:11 ]
Arxiv ichida: docx