ELEKTRON KUCHAYTIRGICHLAR Kuchlanish, tok va quvvatni kuchaytirish turlari Kuchaytirgichlar deb, uning yordamida berilgan (mumkin bo'lgan) buzish darajasida elektr signallarini kuchaytirib berishi mumkin bo'lgan uskunaga aytiladi. Quvvat kuchaytirish uskunasini oziqlantiruvchi (oziqlanish manbayi) elektr toki manbayining energiyasi hisobiga kuchayadi. Kuchaytirish asbobini umumiy ko'rinishda faol to'rt qutbli qilib tasvirlash mumkin (2.41-rasm). U zanjirga elektr signallarini Ukir. kuchaytirish uchun mo'ljallangan ikkita chiqish zajimi va kuchaygan signalni Uchiq. olish uchun va uni yuklanish (nagruzka) zanjiriga berishga mo'ljallangan 2 ta chiqish zajimiga ega. Nagruzkani majmuaviy Zn qarshilik deb tasavvur qilish mumkin. Manba faol to'rt qutbli kuchaytirgichning ichida joylashgan. Kirish signalining turlari bo'yicha: a) garmonik tebranishli; b) impuls; d) o'zgarmas tok kuchaytirgichlari farqlanadi (2.42-rasm). Undan tashqari, faza sezgir kuchaytirgichlar va operatsion kuchaytirgichlar bo'ladi. 2.42-rasmda kuchlanishning signal turlari keltirilgan. Kuchaytirish miqdorining turlari. Kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlari bo'ladi. Shuni esda saqlash kerakki, quvvatni kuchaytirish hamma kuchaytirgichlarning asosiy xususiyatidir, lekin ulardan bir xillari eng ko'p kuchlanishni, boshqalari tok bo'yicha, uchinchilari quvvat bo'yicha kuchaytiradi. Shu sababli ularni mos ravishda kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlari deyiladi. 2.43-rasmda kuchlanishning chastotalari tasvirlangan. Spektr chastotasi bo'yicha garmonik tebranishlarni kuchaytirgich yordamida kuchaytirilishi: a) past chastotali kuchaytirgichlar (30ч100 Hz dan 5ч20 kHz gacha) radioaloqada, ovozli kinoda, televideniye orqali ovoz uzatishda, ovoz yozishda ishlatiladi; b) keng polosali kuchaytirgichlar (1 dan o'nlab mHz largacha) elektron ossillograflarda, televizorlarning ko'rish kanallarida va boshqalarda ishlatiladi; d) rezonans kuchaytirgichlar (30 kHz dan 300 mHz gacha va undan yuqori) radiopriyomniklarda, televizorlarda, radioloka- tsion stansiyalarda va boshqalarda radiosignallarni topa oladigan kuchaytirgichlar sifatida ishlatiladi. Kuchaytirish asbobining kuchaytirish koeffitsiyenti uning asosiy parametri bo'lib hisoblanadi. Kuchlanish bo'yicha kuchaytirish koeffisiyenti quyidagicha aniqlanadi: Ku = Uchiq. Ukir. , bu yerda: Uchiq. , Ukir. - mos ravishda kuchaytirgichning chiqish va kirish kuchlanishi. Тok bo'yicha kuchaytirish koeffitsiyenti quyidagicha topiladi: Ki = Ichiq. Ikir. , bu yerda: Ichiq. - kuchaytirgich chiqishiga ulangan nagruzkadagi tok; Ikir. - kuchaytirgich kirishidagi tok. Quvvat bo'yicha kuchaytirish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: Kp = Pchiq.Pkir. , bu yerda: Pchiq. - nagruzka chiqarayotgan faol quvvat; Pkir. - kuchaytirgichning kirish zanjiridagi ishlatiladigan quvvat. Kuchaytirish texnikasida logarifmik birlik - detsibel ishlatiladi. Shuni aytib o'tishimiz lozimki, inson eshitish organi signallar darajasini 1 db ga o'zgarganligini sezishi mumkin. Kuchaytirgichning dinamik doirasi quyidagi ko'rinishga ega va D harfi bilan ifodalanadi: Odatda kuchaytirgichning dinamik doirasi detsibellarda baholanadi: Past chastotali kuchaytirgichlar dinamik doirasi 40ч60 db dan ko'p bo'lmaydi. Amplituda tavsifi deb, o'rtacha tovush chastotalarida olingan kuchaytirgich chiqish kuchlanishining Uchiq. kirish kuchlanishiga Ukir. bog'liqligiga aytiladi (2.44-rasm). Kuchaytirgichlardagi teskari aloqa Kuchaytirgichlarda teskari aloqa deb, chiqish zanjiridagi signalning kirish zanjiriga ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
85.08 KB
Ko'rishlar soni
378 marta
Ko'chirishlar soni
44 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
85.08 KB
Ko'rishlar soni
378 marta
Ko'chirishlar soni
44 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:13 ]
Arxiv ichida: doc