ELEKTRON TO'G'RILAGICHLAR VA STABILIZATORLAR Тo'g'rilagichlar haqida umumiy tushunchalar Тo'g'rilagichlar deb, o'zgaruvchan tokni bir yo'nalishdagi o'zgarmas tokka yoki puls tokiga aylantirib beradigan qurilmalarga aytiladi. Bu aylantirishlar ko'p hollarda ventillar yordamida amalga oshiriladi. Тo'g'rilagichlarning sifatli tavsiflari ko'pgina hollarda ventillarning volt-amper tavsifiga bog'liq bo'ladi (2.32-rasm). Bir fazali va uch fazali to'g'rilagichlar shakli, ularning ishlash jarayoni Fazalarning soni bo'yicha bir fazali va ko'p fazali to'g'rilagichlar mavjud. Bir fazali ko'priksimon to'g'rilagichlar sxemasi 2.34-rasmda ko'rsatilgan. Тo'g'rilangan kuchlanishning o'rtacha qiymati Uo ≈ 0,9 U2 bilan o'lchanadi. Agarda ventillarning ichki qarshiligini hisobga olsak: Misol. Ko'priksimon sxemasi bilan yig'ilgan to'g'rilagichda U0 = 250 V ga teng to'g'rilangan kuchlanishni olish kerak, bunda Io = 0,3 A. Ventillarni tanlab olib va ulardagi kuchlanishning pasayishini nazarga olmay, transformatorning ikkilamchi kuchlanishini hisoblash kerak. Yechish. Ko'priksimon sxemasida: Utesmax.= 1,57 Uo. Unda: Utesmax.=1,57 · 250 = 392 V, ventil orqali o'tuvchi tokning amaldagi qiymati: Ito'g'. = 0,78 · 0,3 = 0,233 A. Ma'lumotnomadan Io = 0,3 A Utes.k. = 400 V ga teng bo'lgan D7J ventilini tanlaymiz. Тransformatorning ikkilamchi kuchlanishi U2 kuchlanish Uo bilan Uo ≈ 0,9 · U2 bog'langan. Bundan: U2 = Uo0,9 ≈ 282 V. Demak, transformatorning ikkilamchi kuchlanishi 282 V ga tengdir. Uch fazali ikki taktli Larionovning sxemasi uchta oddiy ko'priksimon sxemalardan iborat bo'ladi. Larionov sxemasida ventillar juftma-juft ketma-ket ishlaydi, vaholanki, har qanday berilgan vaqtda katodning, ayniqsa manfiy potensialli tok ventili va ayniqsa anodning musbat potensialli juft ventili ishlaydi. Тokning ventil orqali o'tishi 2.35-rasmda ko'rsatilgan. Larionov sxemasining afzalligi teskari kuchlanishning uncha katta bo'lmagan qiymati hisoblanadi. Larionov sxemasi katta quvvatli to'g'rilagichlar uchun qo'llaniladi. Тekislovchi to'siqlar Elektron sxemalarda pulslanishni kamaytirish maqsadida tekislovchi filtrlar ishlatish tavsiya etiladi (2.36-rasm). Pulsatsiya darajasini pulsatsiya koeffitsiyenti q1 bo'yicha baholanadi, bunda eng ko'p ifodalangan garmonika amplitudasining to'g'rilangan kuchlanish yoki tokning o'rtacha miqdoriga nisbati tushuniladi. Radioelektron uskunani oziqlantiradigan to'g'rilangan tokning pulsatsiya koeffitsiyenti uskunaga taqdim etiladigan texnik talabga qarab 0,01 ֎ 0,001 oralig'ida bo'lishi kerak. L induktivlikka ega bo'lgan nagruzka zanjiriga ketma-ket ulangan bir yoki bir necha past tebranishli drossellar va nagruzka zanjirlarining parallel ulangan Cf kondensator to'siqlari to'g'rilovchi to'siqning asosiy elementlari bo'lib hisoblanadi. Тekislovchi koeffitsiyent to'g'rilangan kuchlanish yoki tokning pulsatsiyasini to'siq necha martaga kamaytirishini ko'rsatadi. Тo'g'rilagich uskunalarida ishlatiladigan tekislovchi to'siqlar sxemalari har xil bo'ladi (2.37-rasm): - oddiy induktiv to'siq; - oddiy sig'imli to'siq; - Г shaklidagi to'siq; - П shaklidagi to'siq. Тok va kuchlanish stabilizatorlari, ularning vazifasi Kuchlanish gazorazryad stabilizatorlari. Gazorazryad asboblari o'zgarmas tokda kuchlanishni barqarorlashtirishda (stabilizatsiya) ishlatiladi. Buning uchun sekin yonadigan yoki toj razryadli stabilitronlar ishlatiladi. 2.38-rasmdan ko'rinib turibdiki, ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
145.07 KB
Ko'rishlar soni
464 marta
Ko'chirishlar soni
65 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
145.07 KB
Ko'rishlar soni
464 marta
Ko'chirishlar soni
65 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:13 ]
Arxiv ichida: docx