Elektrotexnika qurilmalari va zanjirlari Elektr zanjirlari elementi va parametrlari

Elektrotexnika qurilmalari va zanjirlari Elektr zanjirlari elementi va parametrlari

O'quvchilarga / Fizika
Elektrotexnika qurilmalari va zanjirlari Elektr zanjirlari elementi va parametrlari - rasmi

Material tavsifi

Elektrotexnika qurilmalari va zanjirlari. Elektr zanjirlari elementi va parametrlari. Insoniyat elektr va magnit hodisalarining oddiy ko'zatuvchisi bo'lishdan to uning sun'iy energiya manbalarini yaratgunicha oradan ko'p davr o'tdi. Birinchi elektr mashina 1650 yilda, kuchlanishning birinchi elektroximiyaviy manbasi esa 1799 yilda yaratildi. XIX asrning birinchi yarimlariga kelib nazariy va amaliy elektrotexnika birmuncha rivojlana boshladi. Ana shu davrlarda tokning issiqlik ta'siri, elektr va magnit maydonlari orasidagi bog'lanish, elektrodinamik hodisalar kashf etildi. XIX asrning 50-60 yillarida esa o'zgarmas tok dvigatellarini yasash ustida izlanishlar qizib ketdi. Shuningdek, katta quvvatli o'zgaruvchan tok manbalarini yaratish va elektr energiyasini o'zoq masofalarga uzatish borasidagi injenerlik ishlari avj olib ketdi. Bu davr elektrotexnika taraqqiyoti ikkinchi bosqichining boshlanishi bo'lib, bunda sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan elektrotexnikaga asos solindi. Bu davrda elektrotexnika bilan bir qatorda elektroavtomatika, telegrafiya, telefoniya ham rivojlana boshladi. O'zgaruvchan tok energiyasini o'zoq masofalarga uzatish masalasi transformatorlarni yasash nazariyasini ishlab chiqishga olib keldi. XIX asrning oxirlariga kelib rus injeneri M. O. Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali o'zgaruvchan tok hosil qilishni va uning asosiy iste'molchisi bo'lmish uch fazali asinxron dvigatelni kashf etdi. Hozirgi kunda esa butun dunyodagi elektr dvigatellarning asosiy qismini asinxron dvigatellar tashkil etadi. XX asr elektrotexnika sohasida muhim davr hisoblanadi. Bu davr radio va yarim o'tkazgichlar texnikasining paydo bo'lishi, televideyniyaning kashf etilishi, avtomatika va telemexanikaning taraqqiy etishi, mikroelektronika va energetikaning sanoatining misli ko'rilmagan darajada o'sishi, integral sxemalarning va atom energiyasining kashf etilishi hamda taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liqdir. XXI asr boshlanganiga ko'p bo'lmasada elektrotexnika sohasida bir qancha yutuqlar qulga kiritildi. Xususan sayyoramiz energiya zahiralaridan samarali va tejamli foydalanish maqsadida noan'anaviy energiya manbalari bo'lgan Quyosh, shamol, Geotermal va bioenergiya manbalari rivojlanishiga erishildi. Bu tur energiya manbalari zahirasining tugamasligi va ekologik jihatdan zararsizligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bu sohada Respublikamizda ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Elektrotexnika keng ma'noda elektr va magnit hodisalaridan amaliy maqsadda foydalanish usullarini o'rganadigan fandir. Elektrotexnika ko'pincha, masalalar kompleksini o'rganadi va bir qator sohalarga bo'linadi. Elektrotexnikaning muhim sohalaridan biri elektroenergetika bo'lib, u elektr energiyasini boshqa turdagi energiyalardan ishlab chiqarish, energiyani o'zoq masofalarga uzatish, uni iste'molchilar orasida taqsimlash, hamda elektr energiyasini energiyaning boshqa turlari -mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa energiyalarga aylantirish masalalarini ko'rib chiqadi. O'zbekiston energetika tizimida umumiy o'rnatilgan quvvat 11,3 mln. kVt bo'lib, 37 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarda yiliga 55 mlrd. kVt ·soat dan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Respublika energetika tizimining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi qariyb 228 ming km. ni tashkil qiladi. Bundan 220 kV ligi 5,5 ming km, 500 kV ligi 1,7 ming km. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 69.57 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 69.57 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga