Elеktrоstatik maydondagi dielеktriklar

Elеktrоstatik maydondagi dielеktriklar

O'quvchilarga / Fizika
Elеktrоstatik maydondagi dielеktriklar - rasmi

Material tavsifi

Elеktrоstatik maydondagi dielеktriklar Rеja 1. Dielеktriklаrning turlаri. Qutblаnish zаryadlаri. Bir jinsli bo'lmаgаn qutblаnish. 2. Dielеktriklаrning qutblаnishi. 3. Elеktr siljish vеktоri. Dielеktrik singdiruvchаnlik. Dielеktriklаr uchun elеktrоstаtikаning аsоsiy tеnglаmаsi. Gаuss tеоrеmаsi. 4. Sеgnеtоelеktriklаr vа ulаrning tехnikаdа qo'llаnilishi. «Dielеktrik-dielеktrik» vа «o'tkаzgich-dielеktrik» chеgаrаsidаgi chеgаrаviy shаrtlаr. 5. Dielеktrikdаgi elеktrоstаtik mаydоn enеrgiyasining zichligi. Elektr maydonda dielektriklar. Elektr siljish vektori. Elektr zaryadini uzatmaydigan, tarkibida erkin zaryadlari bo'lmagan moddalar dielektriklar deyiladi. Dielektriklarning elektr o'tkazuvchanligi metallarga nisbatan 1015-1020 marta kam bo'ladi. Dielektriklar struktura tuzilishiga ko'ra, qutbli va qutbsiz dielektriklarga bo'linadi. Tashqi elektr maydoni bo'lmaganda, musbat va manfiy zaryadlarining markazi umumiy bo'lgan molekulalardan tashkil topgan moddalar qutbsiz dielektriklar deb yuritiladi. Qutbsiz dielektriklarga olmos, benzol, azot, vodorod, oltingugurt va shunga o'xshash moddalar misol bo'ladi. Tashqi elektr maydoni bo'lmaganda ham, musbat va manfiy zaryadlarining markazi siljigan, ionli bog'lanishga ega bo'lgan nosimmetrik molekulalardan tashkil topgan moddalar qutbli dielektriklar hisolanadi. Qutbli dielektriklarga (NaCl), (KCl), (KRr), tuzlar, kvars (SiO2), korund (Al2O3), rutil (TiO3), kabilar misol bo'ladi. Tashqi elektr maydoniga kiritilgan qutbsiz dielektrik modda atom molekulalari tarkibidagi musbat va manfiy zaryadlar markazlari siljib, qutblanish hosil qiladi. Natijada jism sirtida bog'langan zaryadlar vujudga keladi. Qutbli dielektriklar ham tashqi elektr maydoni bo'lmaganda neytral bo'ladi, chunki molekulalar dipol momenti jism hajmida tartibsiz yo'nalgan. Elektr maydonida qutbli dielektrik modda molekulalariga maydon kuchlari oriyentatsion (yo'nalishga ega bo'lgan) kuchlar momenti bilan ta'sir etib, noldan farqli qutblanish hosil qiladi (4.1-rasm). (4.1) dipol momentini hisobga olib: (4.2) Moddalarning qutblanishini hisobga olish uchun qutblanish vektori tushunchasi kiritiladi. Hajm birligidagi dipol momenti vektorining algebraik yig'indisiga son jihatidan teng kattalik qutblanish vektori deb yuritiladi. (4.3) Bir jinsli elektr maydoniga joylashtirilgan, yuzasi-S, qalinligi d-bo'lgan dielektrikni kuzatamiz. 4.1-rasm Tajribalar ko'rsatishicha, (4.4) -moddaning tabiatiga bog'liq bo'lgan o'zgarmas kattalik bo'lib, dielektrik qabul qiluvchanlik deyiladi. Qutblanish tufayli elektr maydon kuchlanganlik chiziqlari dielektrik chegarasida qisman uziladi. Maydon kuchlanganligi tashqi (erkin zaryad maydoni) va qutblanish tufayli vujudga kelgan bo'glangan zaryadlar (ichki maydon) kuchlanganligi vektorining yig'indisidan iborat bo'ladi (4.2-rasm) 4.2-rasm Superpozitsiya prinsipiga asosan: Ostrogradskiy-Gauss teoremasiga muvofiq: -bog'langan zaryadlarning sirt zichligi ta'rifiga ko'ra, dielektrik qatlam hajmidagi dipol momenti demak, bog'langan zaryadlar sirt zichligi qutblanish vektoriga son jihatidan teng degan xulosa kelib chiqadi. Buni hisobga olib, moddaning maydoni kuchlanganligini (4.5) (4.6) (4.6) dagi () ni - bilan belgilanadi va dielektrik kirituvchanlik deb ataladi. (4.7) -elektr maydon kuchlanganligining dielektrik modda ichida qanchaga kamayganligini bildiradi. -moddalarning ximiyaviy tabiati, qutblanish darajasi hamda temperaturasiga bog'liq. Temperatura ortishi bilan dipol momentlari elektr maydonida tartibsiz joylashib, qutblanish darajasini, shunindek dielektrik kirituvchanlikni ham kamaytiradi. Shunday qilib, elektr maydon kuchlanganligi, vakuumda dielektrik chegarasiga o'tganda yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 158.05 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 158.05 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga