Fizik kattaliklar va ularni o'lchash

Fizik kattaliklar va ularni o'lchash

O'quvchilarga / Fizika
Fizik kattaliklar va ularni o'lchash - rasmi

Material tavsifi

Fizik kattaliklar va ularni o'lchash. Reja. 1. Fizik kattaliklar 2. Birliklar tizimi 3. Ulchamliklar 4. Fazo va vaqt 5. sanoq tizimi. Fizik hodisaning o'lchash yoki hisoblash mumkin bo'lgan xarak-teristikasi fizik kattalik deyiladi. Moddiy nuqta harakatida bosib utilgan yul uzunligi ikki nuqta orasidagi to'g'ri chiziqli traektoriyadan iborat. Kesmaning uzunligi to'g'risida mulohaza yuritaylik. Bir necha kesmaning uzunliklari orasidagi miqdoriy bog'lanishni topish uchun kesmalardan birini birlik sifatida tanlash va boshqa kesmalarni ana shu birlik kesma bilan taqqoslash kerak. Umuman xar bir fizik kattalik uchun alohida birlik tanlash mumkin. Lekin Gauss mustaqil va ixtiyoriy tarzda tanlab olingan uch fizik kattalikni o'lchov birliklari orqali mexanikadagi barcha kattaliklar birliklarini ifodalash mumkinligini kursatdi. U mustaqil birliklar sifatida uzunlik, massa va vaqt birliklarini tanlab olishligini aytdi. Masalan, to'g'ri chiziqli tekis harakat qilayotgan moddiy nuqta uchun tezlikni V = st formula orqali topish mumkin. Shuning uchun tezlikning birligi uzunlik birligining vaqt birligiga nisbati tarzda aniklanadi. Xakikatdan tezlikni kmsoat, ms , sms kabi birliklarda o'lchashga odatlanganmiz. Bayon etilgan usulda bir-birlari bilan moslashtirilib hosil qilingan birliklarning to'plami birliklar sistemasi deb ataladi. Birinchi sistema 1881 yilda kabul qilingan SGS sistemasidir: unda asosiy birliklar sifatida santimetr, gramm, sekund tanlab olingan 1919 yilda asosiy birliklar sifatida metr, tonna, sekund bo'lgan MTS sistema kabul qilingan .U sobiq Sovet ittifoqida 1933-1955 yillar davomida kullani-ldi. Asosiy birliklar sifatida metr, kilogramm sekund bo'lgan MKS sistema xam kullanilgan. Bu uchala sistemaning asosiy birliklari uzunlik, massa va vaqtning birliklaridir. Texnikada esa metr, kilogramm-kuch, sekund asosiy birliklar tarzida kabul qilingan sistema keng tarkalgan. Bundan tashqari, yuqorida kayd qilingan sistemalarga taalukli bo'lmagan bir kator birliklardan xam foydalanilgan. Nixoyat , 1960 yil oktyabrida xalqaro sistema kabul kilindi. U Sistema internatsionalnaya so'zlarining bosh xarflari bo'yicha SI ( Es-i deb ukiladi) tarzida belgilanadi. Bu standartga asosan , fan texnika va xalq xujali-gining barcha sohalarida hamda o'qitish jarayonida SI ni qo'llash afzalrokdir. sobiq ittifoq Davlat standartining 1981 yil 19 martdagi 1449 -sonli karoriga asosan o'zaro iqtisodiy Yordam Kengashining ( ST SEV 1052-78 ) Metrologiya, Fizik kattaliklarning xalqaro birliklari sistemasi (SI ) ni kiritdi. Shuning uchun barcha mulohazalarni SI birliklari bo'yicha olib boramiz. SI da ettita asosiy va ikkita qo'shimcha birliklar mavjud. xalqaro SISTYeMA (SI) DAGI ASOSIY VA qo'shimcha BIRLIKLAR Biz kelgusida o'rganadigan mexanika bo'limida vaqt, uzunlik, massa birliklari asosiy birliklar ,ulardan boshqalari esa hosilaviy birliklar hisoblanadi. Asosiy birliklar bilan hosilaviy birliklar orasidagi munosabatni ifodalovchi shartli formulalar o'lchamlik formulasi deyiladi. SI sistemasidagi aosiy kattaliklarni shartli belgilar bilan belgilaylik: uzunlik- L, vaqt - T , massa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.76 KB
Ko'rishlar soni 414 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.76 KB
Ko'rishlar soni 414 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga