Ozbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi buxoro davlat universiteti Organik va fizkolloid kimyo kafedrasi H.T. Avezov Q.G'. Avezov M.A. Tursunov FIZIK KIMYO FANIDAN LABORATORIYA MASHG'ULOTLARI 5 440 400 - kimyo ta'lim yo'nalishi talabalari uchun uslubiy qo'llanma Buxoro-2007 Ushbu uslubiy qo'llanma 5440400 - kimyo ta'lim yo'nalishi talabalarga mo'ljallangan bo'lib, fizikaviy kimyo fanidan qisqa nazariy tushunchlar va mavzuga oid laboratoriya ishlari hamda olingan nazariy bilimlar va ko'nikmalarni tekshirish uchun nazorat savollari keltirilgan. Uslubiy qo'llanma BuxDU organik va fizkolloid kimyo kafedrasining 2007 yil 27 fevraldagi (8-bayonnoma) majlisida hamda Tabiiyot fakultetining 2007 yil 25 aprelda o'tkazilgan Ilmiy kengashida (9-bayonnoma) ko'rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan. SO'Z BOSHI Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta'lim - tarbiya sohasidagi islohotlar o'qitish jarayoni samaradorligini oshirish va uni yanada yaxshilashga qaratilgan bo'lib, talabalarni kerakli darslik, o'quv hamda uslubiy qo'llanmalar bilan ta'minlash shu muammolar yechimini topishning asosiy bosqichi hisoblanadi. Ma'lumki, kimyo yo'nalishlari uchun nazariy bilimlarni mustahkamlash, olingan bilimlarning asosi sifatida laboratoriya mashg'ulotlari muhim o'ringa ega. Fizikaviy kimyo fanidan ayni kunda laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish ko'pchilik hollarda moddiy-texnik jihatdan ancha qiyinchilik tug'diradi. Usbu uslubiy qo'lanmada organik va fizkolloid kimyo kafedrasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda laboratoriya ishlarini bajarilishi uchun uslubiy ko'rsatmalar berilgan. Har bir laboratoriya ishini bajarishdan oldin talabalarga bilimlarini yanada chuqurlashtirishga yordam beradigan nazariy ma'lumotlar berilgan. Ish oxirida hisobotni yozish va nazorat savollari keltirilgan. Uslubiy qo'llanmani ko'rib chiqib, o'z fikrlarini bildirgan organik va fizkolloid kimyo kafedrasi professor o'qituvchilari: kafedra mudiri, prof. B.B. Umarov va katta o'qituvchi B.X. Ibotovlarga mualliflar minnatdorchilik bildiradi. Uslubiy qo'llanma borasidagi barcha taklif va mulohazalar mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Mualliflar Erigan moddaning molekulyar massasi va elektrolitning dissotsilanish darajasini eritmaning muzlash haroratidan foydalanib aniqlash (Krioskopiya) A. Mol massani aniqlash. Ma'lumki, eritmalar odatda toza erituvchining muzlash haroratiga nisbatan pastroq haroratda muzlaydi, bunda eritmaning muzlash harorati uning konsentratsiyasi va erituvchining tabiatiga bog'liq bo'ladi. Suyultirilgan noelektrolitlar eritmalari uchun bu bog'liqlik quyidagi tenglama bilan ifodalanadi : t0 - t1 = t = K * C (1) bu yerda t0- erituvchining muzlash harorati, t1- eritmaning muzlash harorati, t-eritma muzlash haroratining pasayishi, K - proporsionallik koeffitsiyenti, C - erituvchidagi erigan moddaning mol miqdori, molyal konsentratsiya. K - koeffitsiyent har bir erituvchi uchun doimiy kattalik hisoblanadi va u krioskopik (grekcha «krios»- muz) doimiylik yoki muzlash haroratining molyar pasayishi deb ataladi. Krioskopik doimiylikning qiymati erituvchida erigan moddaning miqdori 1 mol bo'lganda, t ga teng. Quyida ba'zi erituvchilarning krioskopik doimiyligi keltirilgan: Erituvchi muzlash haroratining molekulyar pasayishi Km faqat uning kimyoviy tabiatiga bog'liq va eritma konsentratsiyasi hamda eritilgan moddaning ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
940.88 KB
Ko'rishlar soni
423 marta
Ko'chirishlar soni
61 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
940.88 KB
Ko'rishlar soni
423 marta
Ko'chirishlar soni
61 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:17 ]
Arxiv ichida: docx