Fizika fani haqida

Fizika fani haqida

O'quvchilarga / Fizika
Fizika fani haqida - rasmi

Material tavsifi

Fizika fani haqida Reja: 1.Fizika fani. Fizikaviy tadqiqot usullari, gipoteza, nazariya, amaliyot. 2.Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika va texnika. 3.Fizikaviy kattaliklar va ularning о'lchov birligi. Fizikaviy birliklarning xalqaro sistemasi. 1.Fizika fani. Fizikaviy tadqiqot usullari, gipoteza, nazariya, amаliyot. Fizika grekcha «Physis» sо'zidan olingan bо'lib, tabiat maonosini bildiradi. Fizika fani boshqa fanlar kabi bizni о'rab olgan moddiy dunyoni-materiyaning obyektiv xossalarini о'rganadi. Materiya tushunchasi oboyektiv reallikni ifodalaydigan falsafiy kategoriya bо'lib, bu obyektiv reallikni inson о'z sezgilari bilan idrok qiladi, undan nusxa oladi va aks ettiradi. Materiya bizni sezgi organlarimizga bog'liq bо'lmagan holda yashaydi. Materiya ikki kо'rinishda-modda (elementar zarralar-elektron, proton, neytron v. b., atom va molekulalar, ionlar, fizik jismlar) va fizik maydonlar (gravitatsion, kuchli, kuchsiz, elektronmagnit) shaklida bо'ladi. Fizika materiya harakatining eng umumiy kо'rinishlarini va ularni bir-biriga aylanishlarini о'rganadi. Masalan, Yer va osmon jismlarining xammasi ximiyaviy jixatdan sodda yoki murakkabligidan qatoiy nazar fizika kashf qilgan butun dunyo tortishish qonuniga bо'ysunadi. 'amma tabiatda bо'ladigan jarayonlar fizika aniqlagan qonungaenergiyaning saqlanish qonuniga bо'ysunadi. Fizika barcha tabiat fanlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bо'lgan tadqiqot uslublarini ishlab chiqadi va zarur asboblar yaratishga imkon beradi. Masalan, mikroskopning biologiya fani taraqqiyotidagi, spektral analizning kimyodagi, rentgen analizning tibbiyot taraqqiyotidagi, teleskopning astronomiyadagi ahamiyati kattadir. Stoletovni fotoeffekt hodisasi ustida olib borgan ishlari hozirgi zamon televideniyasi va avtomatikasining taraqqiyotida keng qо'llanilmokda. Fizika fanining qishloq xо'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishdagi roli ham kattadir. 1778 yili Komov Dehqonchilik haqida degan kitobida shunday deb yozgandi: Dehqonchilik deyarli boshqa fanlar qatori butun fizika bilan chambarchas bog'liqdir, uning о'zi ham amaliy fizikaning bir qismidir. Qishloq xо'jalik о'simliklarining hayot faoliyati jarayonlari о'simlik rivojlanayotgan muhitning fizik sharoitlariga: yorug'lik, issiqlik, temperatura, namlik, bosim va h.k. larga bog'liq bо'ladi. Bu sharoitlarni о'rganish fizikaning vazifalaridan biri hisoblanadi. Fizik qonunlar tajribalardan olingan ma'lumotlarni umumlashtirish natijasida topiladi. Fizik qonunlar fizik hodisalar orasidagi obyektiv ichki bog'lanishni va fizik kattaliklar orasidagi real munosabatlarni ifodalaydi. Tabiatdagi mavjud jismlarning vaziyatini, xususiyatlarini va harakatlarini о'rganishda hamda ular bilan bog'liq bо'lgan jarayonlarni tasvirlashda qо'yilgan maqsadning mohiyatiga kо'ra fizikada har xil soddalashtirilgan о'xshatmalardan (modellardan) foydalaniladi, ya'ni mavjud obyektlarni ularning ideallashgan nusxasi-modeli bilan almashtiriladi. Shu maqsadda fizikaning mexanika bо'limida moddiy nuqta, mutlaq nuqta (absolyut) qattiq jism, uzluksiz (yaxlit) muhit deb ataladigan mexanikaviy о'xshatmalardan (modellardan) foydalaniladi. О'rganilayotgan sharoitda geometrik о'lchamlari va shakli hisobga olinmaydigan hamda massasi bir nuqtaga tо'plangan deb qaraladigan har qanday jism moddiy nuqta deb ataladi. Moddiy nuqta tushunchasi ilmiy abstraksiya hisoblanadi. Bu tushunchani kiritganda biz asosiy e'tiborni о'rganilayotgan hodisaning bosh mohiyatini aniqlab beruvchi tomonlarga qaratib, boshqa xususiyatlar (jismning geometrik о'lchamlari, tarkibi, ichki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.42 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:18 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.42 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga