O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI O'zbekiston MILLIY UNIVYeRSITYeTI Fizika fakultetI MAVZU: FIZIKANING PAYDO BO'LISh TARIXI HAQIDA Bajardi: Ergasheva M. Tekshirdi: Begmatova D.A. Toshkent - 20 y. Reja: Fizika so'zining vujudga kelish tarixi Qadimgi falsafachilarning xronologik dovonlarining jadvali Amaliy fizikaning vujudga kelish tarixi Nazariy fizikaning vujudga kelish tarixi 5. Xulosa. FIZIKANING PAYDO BO'LISh TARIXI HAQIDA Prezidentimiz I.Karimovning «Tarixini bilmagan xalqning kelajagi yo'q» degan so'zlari, bu nafaqat, tom manodagi biz tushunadigan xalq tarixi to'g'risida aytilgan. Bu so'zlar bir xil manoda istalgan fan sohasi - xox ijtimoiy, xox siyosiy, xox tabiiy yoki texnikaviy soha bo'lsin barchasiga tegishlidir. Umuman olganda xar qanday soha bilimdoni- tadqiqotchisi o'zidan avval qanday yutuqlarga erishilgani haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lishi, o'zidan avvalgi avlodlarning erishgan natijalariga tanqidiy nuqtai nazaridan baho berish va keyingi bosqich faoliyatini belgilab olishi lozim. Bu ishlar jamiyat rivoji, fan texnika rivoji uchun muhim ahamiyatga ega u kishilikning bir joyda depsinib turib qolish holatidan saqlaydi. Insoniyat o'zi yashayotgan olam to'g'risidagi bilimlarni to'satdan va tayyor tugallangan holda ololmaydi. Oddiy, misol: Nyutonning qonunlari degan nom bilan ataluvchi hozirgi maktab o'quvchisiga ham tanish bo'lgan harakat qonunlarini tushunish minglab yillarni talab qilgan. Yana ko'p yuz yillar davomida bu qonunlarning xar doim ham xar qanday holatlar uchun ham qo'llab bo'lmasliginii tushunildi. Yani juda katta tezlikdagi va juda kichik o'lchamdagi zarrachalar harakatiga bu qonunlarni qo'llab bo'lmasligi aniqlandi. Insoniyat bilmaslikdan bilishga bo'lgan uzoq va mashaqqatli masofani bosib o'tdi. Bunda u unchalik aniq va to'liq bo'lmagan bilimlarni aniq va to'liq tushunchalar bilan almashtirib bordi. Malumki, hech bir ish yo'q joydan boshlanmaydi, balki xar bir yangi avlod o'zidan avvalgi o'tganlar to'xtagan joydan ishni boshlaydi va o'zi amalga oshirgan ishlarni keyingi keluvchilarga topshiradi. Bu yerda I. Nyutonning quyidagi so'zlarini eslash muxum ahamiyat kasb etadi. - Agar men boshqalarga nisbatan uzoqni ko'ra olgan bo'lsam, buning sababi, men buyuk kishilarning elkalarida turganligim uchundir. Darhaqiqat, Yevklid va Arximedlarsiz Nyuton, Nyutonsiz Eynshteyn yoki Bor, Xorazmiy va Forobiysiz Beruniy yoki Ibn Sino, Umar Xayyom va Umar Chag'moniysiz Ulug'bek, bularsiz Qozizoda Rumiy yoki Ali qo'shchi bo'lmas edi. Yani, xar bir avlod o'zidan avval o'tganlar merosini o'rganib, ular qoldirgan ishlar zaminida fan va texnikaning kelgusi rivojini amalga oshiradi. Xar qanday fanning asosiy vazifasi shu fan shug'ullanayotgan sohada amalda bo'lgan qonunlarni ochishdan iborat bo'lganligi kabi fizika tarixi fanining xam vazifasi fan rivojlanishini boshqaruvchi qonunlarni yaratishdan iborat. Yuzaki qaraganda bunday qonunlarning bo'lishi mumkin emasdek ko'rinadi. Oldindan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Arximed, Nyutonlarning dunyoga kelishini bilib bo'lmaydi, olimlar fikri va tafakkurini boshqarib bo'lmaydi. Tashqaridan bir ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
758.06 KB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
758.06 KB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:21 ]
Arxiv ichida: docx