Fotoelektron asboblar

Fotoelektron asboblar

O'quvchilarga / Fizika
Fotoelektron asboblar - rasmi

Material tavsifi

FOTOELEKTRON ASBOBLAR Тashqi va ichki fotoeffektli fotoelementlar Fotoelektron asboblar deb, yorug'lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirish sodir bo'ladigan asboblarga aytiladi. Yorug'lik oqimining fotoelektron asbobga ta'siri xususiyatiga ko'ra, ichki va tashqi fotoeffektli asboblarga bo'linadi. Ichki fotoeffektli asboblarda foton ta'sirida zaryad tashuvchilarning (elektronlar va teshiklar) generatsiyalanishi sodir bo'ladi. Тashqi fotoeffektli fotoelektron asboblarda esa foton ta'sirida fotoelektron emissiya yuzaga keladi. Ichki fotoeffektli fotoelektron asboblarga: fotorezistorlar, fotogalvanik elementlar, fotodiodlar, fototranzistorlar va fototiristorlar; tashqi fotoeffektli fotoelektron asboblarga: elektrovakuum va gaz to'ldirilgan fotoelementlar hamda fotoelektron ko'paytirgichlar kiradi. Lampali fotoelementlarning tuzilishi, ishlash tartibi, asosiy tavsiflari va parametrlari Elektrovakuumli fotoelement shisha ballon bo'lib, unda 10-6 mm simob ust. atrofida bosimli vakuum hosil qilingan va unga ikkita elektrod - fotokatod K va anod A joylashtirilgan. Shisha ballon ichki yuzasining yarmiga, ya'ni ichki yarimsferaga katod qo'yiladi. Katod materiali sifatida kislorod bilan aktivlashtirilgan seziy ishlatiladi, ba'zida surmali-seziyli katod (SbCs3) tayyorlanadi. Katodning uchini shisha ballonning yon qismida joylashtiriladi. Elektrovakuum fotoelementlarning volt-amper tavsiflari If = f (Ua) shuni ko'rsatadiki, fototok boshida kuchlanishning ko'payishi bilan tez o'sib boradi, so'ng yorug'lik oqimi F-const bo'lganda, deyarli o'zgarishsiz qoladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin (2.26- rasm). Тo'yingan kuchlanish sodir bo'lganda, fotokatod bilan nurlanuvchi barcha elektronlar anod yuzasiga yetadi va keying tokning juda kichik o'sishi kuchlanishning o'sishi bilan elektrostatik emissiyaning ta'siriga asosan sodir bo'ladi. Yorug'lik oqimining o'sishi bilan (F3F2F1) volt-amper tavsifi yuqoriga ko'tarila boradi, chunki vaqtning birligida fotokatod bilan nurlangan elektronlarning soni ko'payib boradi. Fotoelementlar signalizatsiya sxemalarida, fototelegraflarda, ovozli kinolarda ishlatiladi. 2.27-rasmda fotoeffektli fotoelementlarning xarakteristikasi keltirilgan. Fotoelektron ko'paytirgichlar Fotoelektron ko'paytirgich tashqi fotoeffektli elektrovakuum fotoelementlarning xili hisoblanadi. Fotoelektron ko'paytirgichlar rus injeneri L.A.Kubetskiy tomonidan 1930-yilda ixtiro qilingan. Fotoelektron ko'paytirgich deb, shunday fotoeffektli fotoelementga aytiladiki, unda fototok kuchayishi ikkilamchi elektron emissiyadan foydalanish yo'li bilan amalga oshiriladi (2.28-rasm). Fotoelektron ko'paytirgichlarning kamchiligi vaqt o'tishi bilan sezgirligining pasayishi (qarishi) hisoblanadi, undan tashqari ularga katta kuchlanishli manba talab qilinadi (2300 V gacha). Fotorezistorlar Yorug'lik ta'siri ostida elektr o'tkazuvchanligi o'zgaradigan asboblarga fotorezistorlar deyiladi. Fotorezistorlarda material sifatida selen, talliy, svines, vismut, kadmiy va boshqa yarimo'tkazgichlar ishlatiladi. Yarimo'tkazgichni yoritishda o'tkazuvchi maydondan o'tadigan elektronlar soni va elektr o'tkazuvchanligi ortadi. Yorug'lik tavsifi, volt-amper tavsifi, spektral tavsifi fotorezistorlarning asosiy tavsiflari hisoblanadi. Fotorezistorlar integral sezgirligining yuqoriligi sababli, ular avtomatika va telemexanikaning ba'zi bir qurilmalarida keng ishlatiladi (2.29-rasm) Quyosh fotoelementlari va fotodiodlar, ularning ishlatiladigan sohasi Ventilli fotoelementlarda yorug'lik energiyasi to'g'ridan to'g'ri elektr energiyasiga aylanadi, shuning uchun ularga begona tok manbalari kerak bo'lmaydi. 1954-yildan boshlab ventil fotoelementlari quyosh batareyalarini yasashda ishlatilmoqda. Bunday quyosh batareyalarini Yerning sun'iy yo'ldoshlarida muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda. O'zbekistonda bunday batareya Тoshkent viloyatining Kumushkon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 129.65 KB
Ko'rishlar soni 498 marta
Ko'chirishlar soni 96 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 129.65 KB
Ko'rishlar soni 498 marta
Ko'chirishlar soni 96 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga