O'zbеkistоn Rеspublikаsi Хаlq tа'limi vаzirligi Muqimiy nоmidagi Qo'qоn Dаvlаt Pеdаgоgikа Instituti Umumiy fizikа kursining «Оptikа» bo'limidаn lаbоrаtоriya ishlаrini bаjаrish uchun uslubiy ko'rsаtmа Qo'qоn 2010 Ushbu uslubiy ko'rsatma Fizika va astronomiya yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, Muqimiy nomidagi Qo'qon DPI uslubshunoslik komissiyasining 2010 yil 1-sonli qarori bilan chop etishga tavsiya etilgan. Muallif: I.М.Kokanbayev fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Taqrizchi: M.Meliboyev fizika-matematika fanlari nomzodi, katta o'qituvchi №9 Lаbоrаtоriya ishi Fotometriya qonunlarini o'rganish Yorug'lik nurlovchi har qanday jism yorug'lik manbai hisoblanadi. Lekin odamning ko'zi har qanday to'lqin uzunligidagi yorug'likni seza olmaydi. Shuning uchun ham yorug'lik nurlarini ikkiga: ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lgan yorug'lik va ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lmagan (infraqizil va ultrabinafsha nurlar) yorug'likka ajratilib o'rganiladi. Ko'z bilan bevosita ko'rish mumkin bo'lgan, to'lqin uzunligi 0,4.10-6 ch 0,72.10-6 metr intervalida o'zgaruvchi murakkab nurlanish oq yorug'lik deb ataladi. Bu yerda ko'z bilan bevosita ko'rish mumkin bo'lgan yorug'lik nurlari va shuningdek, ularga tegishli yorug'lik qonunlarini o'rganish haqida gap ketadi. Oq yorug'lik asosan yetti xil rangli nurdan: binafsha, ko'k, havorang, yashil, sariq, qirmizi va qizil rangdagi nurlardan tashkil topgan bo'ladi. Bu nurlarning ko'zga ta'siri turlicha bo'ladi. Optikada oq yorug'lik tarkibidagi barcha yorug'lik nurlarining ko'zga qay darajada ta'sir etishini harakterlash uchun ko'runuvchanlik funksiyasi deb ataluvchi kattalik kiritilgan. Ko'runuvchanlik funksiyasi V () o'lchamsiz kattalik bo'lib, u quvvatlari WYa va Wbo'lgan monoxromatik manbalardan birday masofada turgan sirtga tik tushayotgan yorug'lik oqimlarining bir xil yoritilganlik hosil qilishiga asosan aniqlanadi, yani (1) bu erda WYa - yashil rangdagi () yorug'lik tarqatuvchi manbaning nurlanish quvvati, W- ixtiyoriy to'lqin uzunlikdagi yorug'lik tarqatuvchi manbaning nurlanish quvvati. formuladan ko'rinishicha, ko'rinuvchanlik funksiyasining son qiymati infraqizil va ultrabinafsha nur chegaralarida nolga intilib, u har ikkala chegara tomondan yashil nur tomon orta boradi va =Ya bo'lganda maksimum qiymatga erishadi. Ko'rinuvchanlik funksiyasining to'lqin uzunligiga bog'liqlik grafigi 1-rasmda keltirilgan. Yorug'lik nuri elektromagnit to'lqindan iborat bo'lib, u o'zi bilan manbadan ma'lum miqdorda energiya olib ketadi va biror sirtga tushganda uning energiyasi shu energiya kattaligiga ekvivalent bo'lgan boshqa turdagi energiyaga aylanadi. Bu o'z navbatida yorug'lik nurlanishidagi elektromagnit to'lqinlar olib o'tgan energiya miqdorini aniqlash imkonini beradi. Optikanung yorug'lik energiyasi va u bilan bog'liq bo'lgan kattaliklarni aniqlash bilan shug'ullanadigan bo'limi fotometriya deb ataladi. Fotometriya yorug'lik oqimi Ф, yoritilganlik E, yorug'lik kuchi I, ravshanlik R, yorituvchanlik B va shu kabi yorug'lik manbaini hamda yoritilayotgan maydonni xarakterlovchi fizik kattaliklar asosida ish tutadi. Yorug'lik manbalarining asosiy xarakteristikalari quyidagilar: Yorug'lik oqimi deb, manbadan atrof fazoga birlik vaqt ichida tarqaladigan yorug'lik energiyasiga aytiladi. U odatda, F harfi bilan belgilanadi. Ta'rifga ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
144.3 KB
Ko'rishlar soni
634 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
144.3 KB
Ko'rishlar soni
634 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:22 ]
Arxiv ichida: docx