Gorizantal, vertikal va burchak ostida otilgan jismning harakati

Gorizantal, vertikal va burchak ostida otilgan jismning harakati

O'quvchilarga / Fizika
Gorizantal, vertikal va burchak ostida otilgan jismning harakati - rasmi

Material tavsifi

Gorizantal, vertikal va burchak ostida otilgan jismning harakatini o'rganish. Ishning maqsadi: 1. Jismning harakat trayektoriyasi uning gorizontga nisbatan harakatining boshlang'ich momentida qanday burchak ostida harakatlana boshlanganiga bog'liqligini o'rganish. 2. Harakatlarning mustaqillik prinsipiga asoslanib egri chiziqli harakatlarni o'rganish. Kerakli asbob va qurilmalar:Ballistik to'pponcha,o'lchov tasmasi,laboratoriya shtativi va boshqa aslahalar. Nazariy qism Jismlar gorizontal vertikal va ma'lum burchak ostida otilishi mumkin. Ularning bunday harakatlari vaqtida jismga ta'sir etadigan kuchlar va ularning teng tashkil etuvchisining yo'nalishi turlicha bo'lishi mumkin. Burchak ostida otilgan jism harakatini murakkab deb qarab uni AC chiziq bo'yicha υ0 tezlik bilan harakatlanuvchi tekis harakatga BC chiziq bo'ylab harakatlanuvchi tekis tezlanuvchan harakatga ajratish mumkin. Demak yuqoridagi mulohazalarimizdan quyidagini hosil qilish mumkin: . , chunki burchak . U holda va . Demak, . Shunday qilib o'rganilayotgan holatda jismning boshlang'ich tezligi yuqoridagi ifodadan topiladi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki jism turli xil burchak ostida otilganida uning ko'tarilish balandligi va harakatlanish yo'li ham turlicha bo'lishi mumkin. Shularni tajribada qarab o'tamiz. Qurilmaning tuzilishi va ishlashi Tajriba o'tkaziladiga qurilmaning sxematik ko'rinishi rasmda keltirilgan. Rasmda ko'rsatilgan ballistik to'ppomcha qurilmaning asosi hisoblanadi. To'pponcha a spiral shaklidagi prujinadan iborat bo'lib uning ichidan tepki vazifasini bajaruvchi b sterjen o'tgan. Jismning otilish burchagini ko'rsatuvchi taxtacha to'pponcha korpusining bosh qismiga qotirilgan. To'pponchaga yana qisqich orqali jismning otilish burchagini rostlashga mo'ljallangan o'niq kanalli metal o'zak ham mahkamlangan. Ballistik to'pponcha va uning tayanchga mahkamlaydigan qisqichi Otiladigan jism to'pponcha stvoliga tushiriladi va tepki vazifasini o'tivchi ilgak yordamida prujina siqiladi. Ilgakni 90º burchakka burib kesikka tushiriladi. To'pponchaning ustiga o'z o'qida erkin 45º burchakka burial oladigan kesikli tepki o'rnatilgan. Tepki chap tomonga burilganida uning kesigida joylashgan ilgakni surib to'pponcha kesigidan chiqaradi. Shunda erkin sterjen uchi prujinaning. Elastiklik kuchi hisobiga oldinga qarab keskin harakatlanadi va sharchani zarb bilan tortadi. Shar shu kuch hisobiga otiladi. Shar borib tushadigan stol yuziga bir varaq oq qog'oz quyiladi va yuzi nusxalovchi qog'oz bilan qoplanadi. Bu esa sharcha tushgan joyida qog'ozda belgi qoldirishiga imkon beradi. To'pponcha qisqichga shunday mahkamlanganki bunda u turli burchaklarda o'rnatilganida ham sharchaning markazi siljimay qoladi. Shunday qilib uchish masofasini o'lchashga hisob boshi hamma vatq o'zgarmaydi. Sharning uchish balandligi va uzoqligini o'lchashda ikki tomoni santimetrlarga bo'lib qo'yilgan uzunligi 150 sm bo'lgan o'lchov tasmasidan foydalaniladi. Ballistic to'pponchali qisqich stolning chetiga vint yordamida mahkamlanadi va to'pponcha sterjeni stol bo'yicha yo'nalgan holda o'rnatiladi. To'pponcha burchak o'lchagich yordamida 45º burchak ostida o'rnatiladi. Uning kanaliga shar tushiriladi va prujina siqiladi. Asbobni tekshirib ko'rish uchun sinov o'tkaziladi. Shar tushgan joy belgilanib olinadi va shu joyga oq qog'oz quyilib uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 739.3 KB
Ko'rishlar soni 258 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 739.3 KB
Ko'rishlar soni 258 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga