Amaliyotchi psixologning faoliyat sohalar Reja: Maslahat berish jarayonida ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar. Oilaga psixologik yordam va ota-onalar guruhlari bilan ishlash. Oilalar bilan psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarning o'ziga xosligi. Ota-ona va o'qituvchilarning muloqot uslubini shakllantirish bo'yicha tavsiyalar. Maslahat berish jarayonida ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar. Psixolog maslahat berish jarayonida ota-onalar bilan bir necha marta aloqada bo'ladi: birinchi marta uchrashganda qisqa suhbat tarzda, bolaning rivojlanishi tarixi bo'yicha butun tafsilotlari bilan batafsil suhbatlashilganda va oxirgi marta tekshiruv natijalari bo'yicha yakunlovchi suhbatda. Bu uchrashuvlarning har biri umumiy va maxsus vazifalarga ega bo'lib, ularni o'tkazishning o'z xususiyatlari mavjud. Psixologning ota-onalar bilan, bolaning qarindoshlari, o'qituvchilari, tarbiyachilari va yaqin kishilari bilan olib boriladigan ishlarni ham o'ziga xos xususiyatga egadir. Psixolog-maslahatchiga bola tarbiyasi bo'yicha murojaat qilgan shaxslar bilan o'zaro munosabatning ba'zi umumiy tomonlariga to'xtalib o'tamiz. Maslahat berishda muvaffaqiyatning dastlabki majburiy sharti tekshirilayotgan bolaning ota-onasi (yoki o'qituvchilari) bilan psixolog ishonchli va ochiqchasiga munosabatni yarata olish kerak. Ishonchli munosabatda aslida maslahat bilan murojaat qilgan kishilarning bolaga nisbatan havotirlanishlarini tan olish va hurmat qilish yotadi. Maslahatchining ota-onalarga bolaning qiyinchiliklarini yo'qotishga chin dildan qiziquvchi sifatida, uni tushunuvchi va chuqur biluvchi shaxs sifatida munosabatda bo'lishi ular bilan ishonchli aloqa o'rnatishda juda ham yordam beradi. Bunday munosabat ota- onalarning harakatlarini to'g'ridan-to'g'ri yoki kinoya bilan tanqid qilish, ularning pedagogik chuqur bilimga egaligi haqida shubhalanishga qarama-qarshidir. Teskari aloqaning bu kabi barcha zarur turlari tekshiruv unda ham maxsus shaklda foydalanishni talab qiladi. Dastlabki uchrashuvda harakatini qo'llab-quvvatlamaslik haqidagi har qanday luqma ham, ularda kuchli himoya reaksiyalarini vujudga keltiradi va muammoni hap tomonlama ochiqchasiga muhokama qiladigan yo'llarni yopib qo'yadi. Shu bilan birga ota-onalar bilan birinchi va ikkinchi uchrashuvlarda maslahat berishning maqsad, vazifalarini tushuntirishga e'tibor berish zarur. Shuni hisobga olish zarurki, Respublikamiz sharoitida, psixologik xizmat endigina tashkil topayapti va aholining amalda psixologik yordam olish tajribasi yo'q, ko'pchilik ota-onalarda psixologik xizmat haqida noto'g'ri tasavvurlar paydo bo'lgan (maslahat berish jarayonining murakkabligi va ko'p vaqtni olganligi uchun noto'g'ri baholash, tayyor tashxis (diagnoz) olishga ehtiyoj va boshqalar). Shuning uchun ota-onalar bilan dastlabki uchrashuvlardagi muhim vazifalardan biri bola muammolarini birgalikda va har tomonlama tahlil qilishga tayyorlikni (ustanovkani) shakllantirish, tekshiruvning maqsadlarini, maslahat berish ishining vazifalarini tushuntirishdan iborat. Bolaga boshqa mutaxassislarga maslahat uchun yo'llanma berish ham maxsus tushuntirishni talab qiladi. Maslahat berish ishining har bir bosqichida psixolog muammoni har tomonlama qarab chiqishi va o'zining qiziqarli munosabati balan ota-onalarni og'ir hissiyotlardan ozod qilishga intilishi, muammoning ijobiy tomonlariga e'tiborni qaratishi, uni hal qilish yo'llarini faol izlashi zarur. Ota-onalar tuzatish dasturini o'tkazish jarayonida uchraydigan to'siqlar, qiyinchiliklar, asoratlar haqida ogohlantirilishi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.11 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.11 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc