Anomal xulq - atvor psixogenetikasi

Anomal xulq - atvor psixogenetikasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Anomal xulq - atvor psixogenetikasi - rasmi

Material tavsifi

Anomal xulq-atvor psixogenetikasi REJA: 1. Anomal bolalar toifalari. 2. Anomaliyalarning kelib chiqish sabablari 3. Aqli zaif o'quvchilarga ta'lim - tarbiya berish va o'rganishning o'ziga xosligi. Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq ko'radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og'riq, issiq. hid va ta'mni his etadi. Tevarak atrofdagi borliqni bilish - sezish va idrok qilishdan. Ya'ni voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi. Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko'rish va ko'zdan kechirish. tinglash va eshitish. buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, kuzi kurayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanib boradi. Bola turli taassurotlar olib turishi - buyumlarni ko'rishi. ushlab bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak.Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchuri zarur shartdir. Sensor qobiliyatlarning o'z vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Bola nutqining o'z vaqtida va tug'ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruhiv jarayon: idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta'sir kursatadi. Bolalar nutqi rivojlanishga boshlashi bilan kattalar so'zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi. Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola xar kuni ko'rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga o'z munosabatini bildiradi. kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo'layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo'lgan munosabati - bulaming hammasi bola ma'naviy qiyofasining shakllanishiga ta'sir etadi. Bolaning xoh ona qornida, hoh tug'ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo'lgan ma'lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya'ni jismoniy yok: ruhiy nuqson'lar. kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Anomal bolalarning turli xil toifalari Eshitish va nuqsonlari bor bolalar Ruhan sust rivojlangan bolalar Og'ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar Ko'rish nuqsonlari bor bolalar Kur-kar-soqov bolalar Oligofren (debil, imbetsil, idiot bolalar) harakat-tavanch a'zolarida kamchiliklari bo'lgan bolalar Eshitish va nuqsonlari bor bolalar Nutq - murakkab ruhiy faoldiyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman, barkamol bo'lib o'sishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo'lib, atrofdagilarga taqlid etish yo'li bilan rivojlanib boradi. Og'zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizator bilan mahkam bog'langan holda ishlaydi. Eshituv analizatorining rivojlanishi esa ko'p jihatdan talaffuzga bog'liq. Bola nutqining o'sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi o'z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so'zlarning tuzilishi, tovush tarkibini farqlay bilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.74 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.74 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga