Ayiruv organlarining yosh xususiyatlari, teri tuzilishi va funksiyalari, gigiyenasi

Ayiruv organlarining yosh xususiyatlari, teri tuzilishi va funksiyalari, gigiyenasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Ayiruv organlarining yosh xususiyatlari, teri tuzilishi va funksiyalari, gigiyenasi - rasmi

Material tavsifi

Ayiruv organlarining yosh xususiyatlari, teri tuzilishi va funksiyalari, gigiyenasi Reja: Siydik va tanosil a'zolar tizimi odamda tuzilishi va vazifasi xilma-xil, lekin rivojlanish nuqtayi nazaridan bir-biriga bog'liq ikki: siydik ajratish va tanosil a'zolari tizimini o'z ichiga oladi. Ularning chiqaruv nayi erkaklarda bitta umumiy - siydik chiqaruv nayini hosil qilsa, ayollarda alohida bo'lib, qin dahliziga ochiladi. Siydik a'zolari tizimi qondan siydik ajratuvchi (buyrak), siydikni buyrakdan olib ketuv chi (buyrak kosachalari, buyrak jomi, siydik nayi), siydikni to'plov chi (qovuq) va organizmdan chiqarib yuboruvchi (siydik chiqaruv nayi)dan iborat. Buyrak Buyrak(ren) bel sohasida umurtqa pog'onasining ikki yon tomonida qorin bo'shlig'ining orqa devorida qorinpardaning orqasida joylashgan juft a'zo U loviyasimon shaklga, to'q qizil rangga ega. Katta yoshdagi odamda buyrakning uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6 sm, qalinligi 4 sm, og'irligi 120- 200 g bo'ladi. Katta odam buyragining yuzasi silliq. Unda qavariq oldingi yuzasi, yassi orqa yuzasi, yuqorigi uchi, pastki uchi, qavariq lateral chekkasi, botiq medial chekkasi tafovut qilinadi. Medial chekkasining o'rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik nayi, vena va limfa tomirlari chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga botib kirgan buyrak bo'shlig'iga o'tib ketadi Buyrakni kesib ko'rganimizda (133-rasm) u ikki xil moddadan: tashqi 0,4-0,7 sm qalinlikdagi po'stloq moddadan va 2-2,5 sm qalinlikdagi mag'iz moddadan iborat. Buyrakning po'stloq moddasi qiz g'ish rangda bo'lib, buyrakning tashqi qavatini hosil qiladi. Buyrakning qon tomirlari. Buyrak qon tomirlaridan sutka davomida 1500-1800 litr qon o'tadi. Buyrak arteriyasi buyrak darvozasida oldingi va orqa tarmoqqa bo'linadi. Oldingi tarmoq buyrak jomini oldidan o'tib, to'rtta segment arteriyasiga bo'linadi. Orqa tarmoq buyrak jomining orqasidan o'tib, orqa segmentga tarqaladi. Segment arteriyalari yonma-yon piramidalar o'rtasida joylashgan bo'laklararo arteriyalarga bo'linadi. Buyrakning po'stloq va mag'iz moddalari chegarasida bo'laklararo arteriyalar piramidalar asosining ustida yotgan ravoqsimon arteriyalarga bo'linadi. Ravoqsimon arteriyalardan po'stloq moddasiga ko'p sonli bo'lakchalararo arteriyalar chiqadi. Bo'lakchalararo arteriyalardan chiqqan kapillyar koptok chalariga kiruvchi arteriola kapillyarlarga bo'linib, qon tomir kapillyarlaridan iborat koptokchani hosil qiladi. Koptokchadan diametri kiruv chi arterioladan kichik bo'lgan kapillyar koptokchalaridan chiquvchi arteriola chiqadi. Koptokchadan chiqqanidan keyin bu arteriola kapillyarlarga bo'linib, buyrak naychalarini o'raydi va ulardan vena kapillyarlari hosil bo'ladi. Buyrak orqali esa organizmdan ortiqcha suv, tuzlar, mineral moddalar to'qima va hujayralarda modda almashinish qoldiqlari, siydik kislota, mochevina, kreotinin va iste'mol qilingan dori qoldiqlari ajraladi.Buyrak faoliyati faqat qoldiq moddalarni tashqariga chiqarib tashlashdan iborat emas. Bundan tashqari bir necha hayotiy muhim vazifalarni bajaradi: Siydik va uning xususiyatlari. Siydik och-sariq rangli tiniq suyuq lik. U 95 % suv va 5 % ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga