Begonalashish psixologik fenomen sifatida Reja: Kirish Sotsial garmoniya va uning mohiyati. Begonalashishning psixologik mohiyati Begonalashishning sodir bo'lishida shaxs xususiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish Yuksak informatsion-texnologiyalar asri bo'lmish XXI asr inson omiliga etiborning kuchayishi bilan ham tavsiflanadi. Zero, o'z ruhiy kechinmalarini boshqarish, yaqinlari bilan samimiy sog'lom munosabatlarda bo'lish istagi oddiy fuqarolarda kun sayin ortib bormoqda. Bu borada etibor talab jihatlardan biri - bu muomala, o'zaro ta'sir va o'zligini o'zgalarga namoyon eta olish qobiliyatidir. Jamiyatning gullab yashnashi ko'p jihatdan jamiyat a'zolari o'rtasidagi iliq ijtimoiy psixologik muhitning mavjudligi bilan belgilanadi. Ammo jamiyatdagi o'zgarishlar, yangilanishlar ayrim holatlarda insonlar o'rtasidagi munosabatlarda uzoqlashish, o'z-o'zi bilan bo'lish, boshqalarga bog'liqlikdan qutilishga (begonalashishga moyillikning ortib borishi) harakat qilish kabi vaziyatlarga sabab bo'lmoqda. Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o'ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o'zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Yani, bu cheksiz olamda biz o'zimizni o'zgalarsiz, o'z manfaatlarimizni o'zgalar manfaatisiz tasavvur qila olmaymiz. Zero, mustaqil davlatimizning siyosati Inson manfaatini himoya qilish, uning uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun har bir fuqaro ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilishi va undan maromida foydalib, turmush normalariga buysungan holda jamiyatda o'zining munosib o'rnini egallab, fuqarolik burchini ado etishga tayyor bo'lishi darkor. Zero, mustaqillik yillarida yosh avlod kundalik muomalasi va turmush tarzining jamiyat normalariga mosligi ularda sog'lom g'oya va dunyoqarashning shakllanishiga real zamindir. Shu tufayli insonlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni his etish muammolarini tadqiq etish hozirgi kunda dolzarb muammo bo'lib qolmoqda. Sotsial garmoniya va uning mohiyati. Yer kurrasida davlatlararo, millatlararo, shaxslararo munosabatlarning kengayishi, kommunikativ aloqa tarmog'ining avj olishi tufayli ijtimoiy hodisalarning yoyilishi tobora engillashib bormoqda. Bular ijtimoiy psixologik fenomenlar sifatida taqlid (imitatsiya), yuqish, ta'sirga berilish, panika, ovoza, mish-mish kabilarda o'z aksini topib, ommaviy tusga ega bo'lib bormoqda. Ular quyidagi shakllarga egadirlar: moda (zamonaviy libos), qo'shiq (zamonaviy pop, rep shou), raqs (aerobika qabilidagi tana a'zolarining harakatlari), muomala (muloqot maromi) manerasi, shaxslararo munosabatda nutqning ifodalanishi (qo'pollashib borishi) kabilar. Bizningcha, ijtimoiy hodisa moslik, mutanosiblik, uyg'unlik, yani garmoniya ekanligi munosabati bilan mamlakatlar bo'ylab yoyilish tezligi juda yuqori suratga ega. Jahon yoshlari o'rtasida ko'p jihatdan o'zaro o'xshashlik mavjud bo'lganligi sababli, ularning har qaysisida iliq tuyg'u, xayrixohlik, samimiyat, intilish hislarini uy g'otadi, o'z ma'naviy dunyosiga aylantirish ehtiyoji tu g'iladi, hislarning amaliy ifodasi yuzaga kelgunga qadar voqelikning yangi ko'rinishlari, turlari, shakllari, variantlari paydo bo'ladi, natijada inson uzluksiz harakatlar doirasiga kirib qoladi, umrboqiy lazzatlanish tuy g'usi bilan ruhiy kechinmalari ko'lami kengayadi. Yoshlarning moda, kuy, raqs kabilarning o'ziga tortishi jihatidan qaysi qitada yashashidan qati nazar umumiylik, o'xshashlik borligi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.22 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.22 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:30 ]
Arxiv ichida: docx