Bilish jarayonlari va professional faoliyat

Bilish jarayonlari va professional faoliyat

O'quvchilarga / Psixologiya
Bilish jarayonlari va professional faoliyat - rasmi

Material tavsifi

Bilish jarayonlari va professional faoliyat Reja: 1. Bilish jarayonlari va ularning umumiy xususiyatlari 2. Bilish jarayonlari va ularning qisqacha tasnifi 3.Professional faoliyat Bilish jarayonlari Bilish jarayonlari - bu shunday psixik jarayonlarki, ular shaxsga o'zini o'rab turgan atrof-muhitning ma'lum va muhim xususiyatlarini anglashga, tushunishga va ular ustida o'ziga zarur xulosalar chiqarib, o'z xulq-atvorini rejalashtirishga imkon beradi. Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va hodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va hodisalar bizda har bir alohida sharoitda o'ziga xos hissiy-kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo'lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo'qligini birovlardan so'ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o'zi o'qiyotganligini boshqalardan so'ramaydi. Bunday ishlar o'z-o'zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kechasi bilan mutoaala qilib, o'rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko'proq qiziqtiradi va siz Xotiram ustida ishlashim kerak degan xulosaga kelasiz. Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma'lum ma'noda boshqariladigan jarayonlar bo'lib, agar siz o'z imkoniyatlaringizni kengaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo'lsangiz, bu jarayonlarga oid ma'lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak. Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o'zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o'rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo'lib o'rgana boshlaganlar. Bilish jarayonlari - sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog'liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o'zi qiyin. Masalan, ko'rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko'ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko'rgan yoki o'qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to'g'risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo'ladi. Hattoki, tasodifan qo'limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham oddiy oh-vohga o'xshash hissiyotlardan tashqari, o'sha narsaning bu yerda qanday paydo bo'lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi. Insonning sezgisi, idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, xayoli, his-tuyg'ulari va irodasi psixik jarayonlar deb ataladi. Sezgi - odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa va hodisalar ta'sir ko'rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalarning aks ettirilishidan iborat bo'lgan eng sodda psixik jarayondir. Sezgi, asosan, eksteroseptorlar, interioseptorlar hamda proprioseptorlardan tashkil topadi. O'z navbatida ularning har bir tarmoqlanish xususiyatiga ega hisoblanadi . Fanda, asosan, eng ko'p o'rganilgan tarmoq - bu ekstroseptorlar sanalib, ularga ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm-maza bilish hamda teri-tuyish sezgilari kiradi. Idrok - ayni choqda sezgi organlarga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarning aks ettirilishidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.89 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.89 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga