Bola bilan muloqot qilishning etikasi Bola bilan muloqot qilishning etikasi: o'smirning qay darajada ijtimoiylashganligini aniqlash uchun, u bilan faqatgina tabiiy, ishonchli munosabatlarni o'rnatish zarur. O'smirning hayotida ushbu munosabatlarning paydo bo'lishi uning vaziyatini o'zgarishiga shu bilan bir qatorda uning resotsializatsiyasi - tiklanishi va boshqa aloqalarni ko'rsatishi mumkin; suhbat olib borilayotgan bolaning hissiy holatini his qila bilish. Masalan, bolaga jarohat etkazishi mumkin bo'lgan shaklda ma'lumotni qabul qilmaslik; bolalarga nisbatan chuqur qiziqish va buning oqibati sifatida ular bilan munosabatda chidamlilik; bolaning intilishlari va xulq-atvorini his qila bilish, o'zining bolalikdagi tajribasiga tayangan holda, uni o'zidek qabul qila olish qobiliyati; bolalar va o'smirlar xulqi bilan bog'liq bilimlarga ega bo'lish: bolaning rivojlanish xususiyatlari va qonuniyatlarini bilish; xulq-atvorning yosh va individual xususiyatlarini etiborga olish; mos ijtimoiy ta'sir orqali xarakterning turli qirralari va xulq-atvor modellarini taqqoslay olish mahorati; agar bolaning jamiyat bilan (oila, maktab va b.) aloqalari buzilgan bo'lsa, u bilan aloqa o'rnatishning birgina usuli - u yashayotgan muhit, yani ko'cha. Suhbatni o'tkazishda quyidagi qoidalarga rioya qiling: NIMA?, QAYeRDA?, QAChON? va QANDAY QILIB? savollarini bering; birinchi uchrashuvda NIMA UChUN tarzidagi savollarni berishdan tiyining (masalan, Nima uchun sizning otangiz bunday qildi? Nima uchun Siz o'zingizni bunday his qildingiz? Nima uchun Siz o'z ota-onangizga bu haqida aytib bermadingiz? va b.). Bola balki bu haqida o'ylab ham ko'rmagandir va bu tariqa savol uni o'zini noqulay his qilishiga olib kelishi mumkin. Balki javobni bilar va u o'zida ichki qarshiliklarni his etib, bu haqida gapirishni istamas. Bola o'zi xohlamagan ma'lumotlarni berishi hamda bunday savol uni keyingi uchrashuvga kelishdan bosh tortishiga olib kelishi mumkin; birinchi uchrashuvda bola bera olishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarnigina so'rang - uning his tuyg'ulari va nafsoniyati bilan ehtiyotkorona munosabatda bo'ling. Dastlabki suhbat o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 1. Aloqa o'rnatish. Aloqa o'rnatish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilinishi zarur: faol tinglash; pozitsiya, pozani boshqa insonga nisbatan moslashtirish; samimiylik; boshqa insonga, uning noverbal reaksiyalariga yo'naltirilgan diqqatlilik; suhbatga yo'naltirilgan etibor. Tinglash - suhbatdoshga shunchaki o'z etiborini qaratish emas, balki o'zini haqiqatan ham uni tinglab, to'g'ri tushunayotganligingizga ishonch hosil qilishi uchun harakat qilish. 1. Tinglayotgan bolaning ro'parasiga o'tiring. Bolani haqiqatan ham to'liq tinglashingiz uchun, uni albatta ko'rib turishingiz kerak. Bundan tashqari, u ham sizni ko'rib turishi lozim. Shuning uchun hamsuhbatni tinglab turib, uning yonida emas, balki ro'parasida o'tirish maqsadga muvofiqdir. Eng asosiysi - hamsuhbatlar bir-birining yuzini ko'rib turishi lozim. 2. Ochiq bo'ling. Chalishtirib turilgan oyoq va qo'llar o'z o'rnida himoyalanuvchi pozitsiyadan dalolatdir. Yaxshisi, qulayroq o'tirib olib, qo'l va oyoqlarni chalishtirmay, o'zingizni erkin tutib o'tirganingiz maqul. ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.91 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:31
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.91 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:31 ]
Arxiv ichida: ppt