Boladagi qo'rquv hissini yengish

Boladagi qo'rquv hissini yengish

O'quvchilarga / Psixologiya
Boladagi qo'rquv hissini yengish - rasmi

Material tavsifi

Hayotda hech qanday xatolik bo'lmaydi, qachonki o'zimiz bu xatolikni qilmaguncha Qo'rquv - bu tabiiy his etish jarayonidir. U juda katta kuchga ega bo'lib, bizning hayotga o'z ta'sirini o'tkazadi. Ushbu hissiyot himoya vazifasini bajarib, havf paydo bo'lish paytida ishga tushadi. Kichkintoylarda qo'rquv hissi ongida rivojlanadi, xayolini egallab turgan bir fikr butun bir tanani egallaydi u biror bir insondan yuqtirib olinmaydi - deb ta'kidlaydi psixolog Viktor Boyko. Bolaning qo'rquvlari haqiqiydir! Bolaning qo'rquvlarini hisobga olmagan holda, befarq bo'lmang, ayniqsa ularning ustidan kulmang. Har bir yoshda o'ziga xos qo'rquv turlari mavjud. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'rquv Bir yoshgacha bo'lgan bolalarni baland tovushlar va ovozlar yoki onaning uzoq yo'q bo'lishi qo'rqitadi. Ikkidan uch yoshgacha bo'lgan bolalarni turli ja'zolar, og'riq va shu bilan bog'liq bo'lgan shifokorlar huzuri, shu bilan birga yolg'iz qolish va qorong'ulikda qolish qo'rqitadi. Uch yoshdan so'ng Uch yoshdan so'ng bolaning tasavvur etishi juda keng rivojlanadi, bola o'zi o'ylab topgan yoki xayolida tasvirlab olgan narsalari sababli qo'rqish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Bola qancha katta bo'lsa, uning qo'rquvlari ham shuncha ongli tusni egallay boshlaydi Olti-yetti yoshlik bolalar Olti-yetti yoshlik bolalar momaqaldiroq, balandlik va chaqmoqdan qo'rqishni boshlaydilar. Boladagi qo'rquvni ma'lum, undagi sifatni rivojlantirish usuli sifatida qarang va ularni yengib o'tish va nima sababdan aynan shunday o'zini his etayotganini tushuntirish lozim. Tushuntirish ishlari esa bolaga kelajakda as qotadi. Insondagi qo'rquv hissi Insondagi qo'rquv hissi bu o'zini himoya qilish kabi foydali vazifani bajaradi. Lekin uning me'yordan ortiq ko'payib ketishi havflidir, u bolaning ruhiyatiga ta'sir etadi. Bola qo'rqqanida sizdan yordam qo'lining albatta kelishini aniq bilishi kerak, u nimadan qo'rqayotganini va o'sha tuyg'ulari haqida sizga so'zlab berishi kerak. Tasvirlab, so'zlab berilgan qo'rquv hissiyoti - bu uni yengishdagi yarim yo'l deb aytsa ham bo'ladi. Bola uchun ana shu tuyg'uni his etish juda dahshatlidir, lekin ota-onaning bolani tushunmasligi bu undan ham dahshatliroqdir. Bola o'z ota-onasidan mehr-muhabbatni, qo'llab-quvvatlashni kutib turadi. Ta'qib qiluvchi qo'rquv - u bola bilan sodir bo'lgan konkret holat sababli paydo bo'ladi, so'ng esa shu kabi takroriy holatlar yuzaga kelsa ta'qib etaveradi. O'ylab topilgan qo'rquv (eng ommabop) - u ma'lum holat bilan yuzaga kelmaydi, aksincha bola o'zi u yoki bu yerda eshitgan yoki ko'rgan narsa yoki holatni o'ylab topib, uni tasavvurida rivojlantiradi. Qorong'ulikdan qo'rqish - o'ylab topilgan qo'rquv U bolaning boy tasavvuri bilan bunyod etiladi, bola qorong'ulikni qo'rqinchli va dahshatli narsalar bilan bog'laydi. Masalan suvdan qo'rqish agar bola biron marta cho'qish holati yoki shunga yaqin holat bo'lib o'tgan bo'lsa bo'lishi mumkin. Shunga o'xshash holat yuzaga kelmagan bo'lsa ham o'ylab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.69 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.69 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga