Tasavvur qiling, jamoat transportida ketayapsiz. Bir bola tinmay yig'layapti, onasidan muzqaymoq olib berishini talab qilayapti. Onaning «Uyda eysan, bu yerda qoshiqcha yo'q, qo'ling ham toza emas» degan gaplari qulog'iga kirmaydi. Butun transport bolakayni ovutishga tushib ketadi, kimdir «voy, ana samolyot» deb chalg'itmoqchi, yana birov qand-qurs tutqazgan. Kimdir avtobusdan tushib bolani ovutishni tavsiya qiladi. Lekin bolakay xarxashaning avjini olayapti, oxiri dodlab yerga yotib olishgacha bordi. Ona nima qilishni bilmaydi. Tanish manzarami? Xarxasha qilmaydigan erkatoy bormi? Yo'q. Kichkintoylar ichlarida kechayotgan tuyg'ularni to'liq anglab, o'zlashtira olmaydilar, shu sababli salbiy hislar ularda to'planib borib, oxiri yig'i, xarxasha tarzida chiqib ketadi. Bu tabiatan bolalarga berilgan imkoniyatdir. Ammo xarxashaning ham turlari ko'p. Kimdir haftada, oyda bir, yana birov esa kunda bir necha marta jazavaga tushib yig'laydi. Pedagog va nevrologlar bolalar jazavalarining tarbiyaga va asab tizimiga bog'liq ikki turini farqlaydilar. Birinchisi, pedagogikaning obyekti, ya'ni tarbiya vositasida bartaraf etiladigan hodisa bo'lsa, ikkinchisi asab kasalligi bo'lib, uni shifokor bilan bamaslahat davolash kerak. Nima qilish kerak? Agar bola uchun biron narsaga hozir, shu joyda erishish hamma narsadan muhim bo'lsa, u hech qanday tushuntirishlaru izohlarni qabul qilmaydi. Istagini talab qilib yig'lashi, jazavaga tushishi mumkin. Unga aytganini olib bersangiz, darrov ovunadi. Bu bola tarbiyasidagi qusur natijasidir. Kichkintoy rad javobi nimaligini bilmay o'sayapti, bir marta jazavaga tushib niyatiga etgani uchun buni endi qurol qilib olgan. Shunday paytlari ota-ona qat'iyatini namoyon etib, dilbandini rad javoblarni qabul qilishga o'rgatishi kerak. Shunchaki «yo'q, bo'lmaydi» deyish yoki nimanidir aql bilan tushuntirishga urinish befoyda. U hozir buni qabul qilmaydi. Yaxshisi, chalg'ituvchi usullardan foydalanish kerak. Masalan, uning elkasidan ushlab, quchoqlab, shirin so'zlar aytish, yaxshi narsalarni va'da qilish yoki istayotgan narsasi o'rniga boshqa narsa berish. Agar aytganini qilaversangiz, jazava uning uchun odatga aylanib qoladi. Bu, demak, aql bilan qilinayotgan xarxasha va uning davosi tarbiyadir. «NEGA YIG'LAYVERASAN??» Yana shunday xarxasha borki, bola uni kunda bir necha bor qiladi, nimaga yig'layotganini tushunmaysiz yo tushunsangiz-da, bu sabab o'zini yerga urib yig'lashga arzimasligidan hayron qolasiz. Hech qanday ovutish, hatto istaganini muhayyo qilish ham ish bermaydi. Bola bunday jazavadan keyin tezda charchab qoladi. Bu kichkintoyning asab tizimidagi buzilishlardan dalolatdir. Hozir ko'pchilik chaqaloqlar asab tizimida muammolar bilan tug'ilmoqda. Tibbiyotning rivojlanganligi, erta tashxislash va zamonaviy davo choralari tufayli kasalliklarning aksari bolalikdayoq davolanayapti. Faqat ota-ona sezgir bo'lishi va vaqtida shifokorga murojaat etishi kerak. Bordi-yu, bunday qilinmasa, kelajakda kichkintoyning asab tizimidagi funksional buzilishlar (emosional beqarorlik, serhavotirlik, boshqalar bilan muloqotda muammolar)ni yuzaga keltirishi mumkin. Katta bo'lgani sayin ruhiy rivojlanishda orqada qolish, til kech chiqishi, nutq ravon bo'lmasligi, duduqlanish kuzatiladi. Odatda, ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.6 MB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.6 MB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: pptx