Reja: Maktabgacha yosh davri - ijtimoiy hayot me'yorlarini egallay boshlash davri. Ijtimoiylashuv omillar - bola rivojlanishiga ta'siri. Ijtimoiy jarayonida muhitning o'rni. BOLALIK - INSONNING IJTIMOIY HAYOT ME'YORLARINI EGALLAY BOSHLASH DAVRI Shaxs tug'ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o'rganishning iloji yo'q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillarajratib ko'rsatiladi. Biologik omillar .Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o'xshashlik, xususiyatlarning o'tishi tushuniladi. Irsiyatga ko'ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his tuyg'u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o'tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. SHuningdek irsiyat bo'yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xusuiyatlari ham o'tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko'zda tutadi. Psixologik ma'lumotlarga ko'ra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo'la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bo'lishi uning hayot, ta'lim-tarbiya jarayonlariga bog'liq. Ota-onadan bolaga o'tuvchi bir qator kasalliklar mavjud-qon kasalligi, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika o'rganadi. Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli bo'lib tug'ilayogan bolalar soni ko'paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og'ir kechadi. SHuning uchun ularga o'qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug'ullanishadi. Bu bolalar o'z tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. SHuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy subyektga aylanishi, uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir bo'ladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi. Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko'p qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. CHunki aynan bolalikda asosiy ijtimoiy me'yorlar o'zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o'zlashtiradi. Agar bola tug'ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta'lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko'ngilochar maskanlarda kechadi. YOsh ulg'aygan sari ijtimoiy muhit hududi kengayib boradi. Bola qanchalik ko'p muhitlarni o'zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o'zi uchun qulay bo'lgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
238.13 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
238.13 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: pptx