Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qishga bo'lgan ijobiy munosabatlarni shakllantirishning psixologik mezonlari M u n d a r i j a Kirish3 I- Bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining darsga ijobiy munosabatlarini shakllantirishning psixologik - pedagogik adabiyotlardagi talqini8 1.1. O'quvchilarning o'qish faoliyatidagi mustaqilligi muammosi psixolog olimlar talqinida8 1.2.Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qishga ijobiy munosabatlari psixologlar tadqiqotlaridagi tahlili22 1.3. Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'quv mustaqilligini o'rganishning ilmiy - metodik jihatlari27 II-Bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qishga ijobiy munosabatlar nomoyon bo'lishining o'ziga xos xususiyatlari33 2.1.Pedagogik munosabat - o'quvchilarni darsga ijobiy munosabatlarini shakllantirishning bosh omili sifatida33 2.2.Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning darsga ijobiy munosabatlarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari43 2.3.O'quvchilarning darsga ijobiy munosabatlarini shakllantirish borasida o'qituvchilari bilan olib boriladigan amaliy - psixologik ishlar ahamiyati50 Xulosa56 Adabiyotlar ro'yxati58 Ilovalar60 Kirish Milliy istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli tub islohatlarning provard maqsadi, shubhasiz, yosh avlodning shaxs bo'lib kamol topishi uchun zarur shart - sharoitlarni yaratishdan iborat. Prezidentimiz ham ko'plab asarlari, ma'ruza va nutqlarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan hamda ta'lim oluvchining o'quv faoliyatini mazmuniy va uslubiy jihatdan takomillashtirishga qartilgan amaliy chora - tadbirlarning muhim pedagogik natijasi mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan barkamol avlodni voyaga yetkazish ekanligini takidlab o'tganlar. Jumladan, Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori nomli ma'ruzalarida ular shunga alohida urg'u bergan edilarki, O'qituvchining bosh vazifasi o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko'pincha yaxshi tushunamiz, lekin, afsuski, amalda tajribamizda unga rioya qilmaymiz. Prezidentimiz mustaqil fikrlash qobiliyatini ilmiy asosli ravishda komil insonning asosiy alomatlaridan biri sifatida tavsiflaydilar. Vaholanki, mustaqil fikrlash shaxsning bunyodkor faoliyatida natija berishi, avvalo, o'qishga ijobiy munosabati fazilatining amaliy xulq - atvordagi ifodasi qanday darajada bo'lishiga bog'liq. Tashqi xulq - atvorda o'qishga ijobiy munosabati fazilatining namoyon etilishi esa nafaqat kognitiv, balki, avvalo, shaxs sifatidagi taraqqiyot xususiyatlari bilan bog'liq bo'ladi. Shunday ekan, ta'lim jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish barobarida bunday qobiliyatni faoliyatda ifodalashga o'rgatish, buning uchun tegishli ko'nikmalarni shakllantirish talab qilinadi. Mavzuning dolzarbligi. ta'lim jarayoni o'z mohiyatiga ko'ra o'quv faoliyatining tashkil etilishi va boshqarilishini nazarda tutar ekan, unda bu faoliyat doirasidagi tashqi xulq - atvorda o'qishga ijobiy munosabati fazilatini shakllantirish hamda rivojlantirish bo'yicha imkoniyatlar ko'lami kengdir. Biz o'quvchining o'qishga ijobiy munosabat fazilatini shakllantirish deganda, o'quv faoliyati mazmunini tashkil etuvchi aqliy va amaliy harakatlarni o'qituvchi va ota - onaning bevosita ta'siri va sezilarli yordami bilan unga bildirilgan ishonch asosida oldida turgan vazifalarni bajara olish xususiyatini tushunish o'rinli, deb hisoblaymiz. Garchand bunday turdagi mustaqillik - o'qishga ijobiy munosabat fazilati shaxsining umumiy ijtimoiy xulq - atvori, mehnat faoliyatidagi tashabbuskorligi, ijodiy yondashuvi, mas'uliyat darajasini to'g'ridan to'g'ri belgilab ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
96.01 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
96.01 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: doc